Bozor muvozanatini ta’minlash. Bunda narx bozordagi talab va taklifga ta’sir ko’rsatish orqali ularni muvozanat holatiga keltiradi. Bozor narxi-bu muvozanatli narx bo’lib, u bozorda talab va takliflarning mos tushganligini bildiradi.
Iqtisodiy regulyatorlik funktsiyasi. Narx bozor iqtisodiyotining asosiy mexanizmidir. Ishlab chiqaruvchilar narx o’zgarishiga qarab ish yuritadilar. U barometr kabi bozor holatini ko’rsatib turadi. Masalan: «A» tovarga bo’lgan talab oshsa narx ham oshadi, bu esa tadbirkorlarni shu tovarni ishlab chiqarishga yo’naltiradi va aksincha.
Do'stlaringiz bilan baham: |