Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi



Download 0,5 Mb.
bet114/119
Sana12.12.2022
Hajmi0,5 Mb.
#884005
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   119
Bog'liq
Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi

II.Kapitalharakatihisobi

7. Kapital kirishi

8. Kapital oqib chiqishi

Kapital harakati balansi qoldig’i

Joriy operatsiyalar va kapital xarakati bilansi qoldig’i

III. Rasmiy ehtiyotlarning o’zgarishi.

Mamlakatning tashqi savdo balansi (to’lov balansi) mazkur davlatning chet ellik sheriklari bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlarning holatini ifodalab, uning


kredit-pul, valyuta, byudjet-soliq, tashqi savdo siyosatini amalga oshirish va davlat qarzlarini tartibga solishi uchun indikator bo’lib xizmat qiladi.
Joriy operatsiyalar hisobi o’z ichiga tovar va xizmatlar eksporti («+» belgisi bilan), import («-» belgisi bilan), investitsiyalardan sof daromad va sof transfertlarni oladi. Tovarlar eksporti va importi o’rtasidagi farq savdo balansini tashkil qiladi.
Tovar eksporti kredit sifatida chiqib, milliy bankda chet el valyutalari zahiralarini vujudga keltiradi. Import esa («debet» grafasida «-» belgisi bilan) mamlakatdagi chet el valyutalari zahirasini qisqartiradi.
Investitsiyalardan sof daromadlar (chet eldan sof omilli daromadlar) kreditli xizmatlardan olinadigan sof daromad hisoblanib, u chet ellarga qo’yilgan milliy pul kapitali hisobiga keladi. Agar chet elga qo’yilgan milliy kapital mazkur mamlakatga qo’yilgan chet el kapitaliga qaraganda foiz va devidentlarning ko’proq xajimini keltirsa, bunda investitsiyalardan olinadigan sof daromad ijobiy, aks holda esa salbiy bo’ladi.
Sof transfertlar xususiy va davlat mablag’larning boshqa mamlakatlarga o’tkazilgan summasini bildiradi (pensiya, sovg’a, chet elga pul o’tkazishlar yoki chet mamlakatlarga insonparvarlik yordamlari). Bunday to’lovlar mamlakatda mavjud chet el valyutalari zahirasini kamaytiradi.
Makroiqtisodiy modelda joriy operatsiyalar hisobi qoldig’i quyidagicha ifodalanadi.



X

- M

=

Xn

=

U

- (s+1+G)

eksport

import




sof




YaIM

Absorbatsiya










eksport










Absorbatsiya - yalpi ichki mahsulotning mazkur mamlakatdagi uy xo’jaliklari, korxonalar va davlatga realizatsiya qilinadigan qismi.


Importga to’lovlar eksportdan olingan daromaddan ortiqcha bo’lsa, bu mamlakatning joriy operatsiyalar bo’yicha balansi taqchilligini bildiradi. Bu taqchillik chet el qarzlari yordamida, yoki aktivlarning bir qismini chet elliklarga sotish yo’li bilan moliyalashtiriladi va bu kapital harakati hisobida aks etadi.
Eksportdan olinadigan daromad importga sarflardan ortiq bo’lsa joriy operatsiyalar hisobi ijobiy qoldiqqa ega bo’ladi.
Kapital harakati hisobida aktivlar bilan amalga oshiriladigan barcha xalqaro bitimlar o’z ifodasini topadi. Bular chet elliklarga aktsiyalar, obligatsiyalar, ko’chmas mulk va h.k. sotishdan olinadigan daromadlar hamda chet eldan aktivlar sotib olish natijasida vujudga keladigan sarf xarajatlar.

Kapital




Aktivlar

Chetdan aktivlar

harakati

=

sotishdan

- sotib olishga

balansi




tushumlar

sarflar

Chet el aktivlarini sotish chet el valyutalari zahiralarini ko’paytiradi, ularni sotib olish esa kamaytiradi. Kapital xarakati hisobi ham taqchillikka va ijobiy qoldiqqa ega bo’ladi.


To’lov balansining taqchilligi Markaziy bank (MB) rasmiy ehtiyotlarini qisqartirish hisobiga moliyalashtirilishi mumkin. Rasmiy ehtiyotlarning asosiylari quyidagilar:



  • chet el valyutalari;

  • oltin;

  • mamlakatning XVFdagi kredit ulushi;

  • qarz olishning maxsus huquqi (SDR) va h.k.

Balans taqchilligi rasmiy ehtiyojlar hisobiga moliyalashtirilganda, ichki bozorda chet el valyutalari taklifi ortadi, milliy valyutalar taklifi esa nisbatan kamayadi va uning ayirboshlash kursi nisbatan o’sib milliy iqtisodiyotga inqirozli ta’sir ko’rsatadi.


Aksincha, to’lov balansining aktiv qoldig’i MB rasmiy valyuta ehtiyotlarining o’sishi bilan birga borganda ichki bozorda chet el valyutalari taklifini kamaytiradi, milliy valyuta taklifi esa nisbatan ortadi va uning ayirboshlash kursi pasayib, iqtisodiyotga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi.
MB tomonidan chet el valyutalarining bunday sotilishi va sotib olinishi rasmiy ehtiyojlar bilan operatsiyalar deyiladi. (Bu MBning ochiq bozordagi operatsiyalari bilan bir xil emas). Rasmiy ehtiyojlar bilan operatsiyalar natijasida joriy hisobdagi qoldiq summasi, kapital harakati hisobi va ehtiyojlar miqdorining o’zgarishi «nol»ni tashkil qilishi zarur.
Mamlakat uzoq davr davomida joriy operatsiyalar bo’yicha taqchillikni bartaraf qilishni kechiktirishi va o’zining rasmiy valyuta ehtiyojlarini to’liq sarflashi, natijasida to’lov balansi krizisi kelib chiqadi. Mamlakatda tashqi qarzlarni to’lash holatida bo’lmaganligi sababli, chet eldan kreditlash imkoniyati mavjud bo’lmaydi.
Iqtisodiyot sub’ektlarining davlat va MB siyosatiga ishonchsizligi to’lov balansi krizisini chuqurlashtiruvchi omil hisoblanadi. Milliy valyuta qadrsizlanishining kutilishi chet el valyutalariga chayqovchilikka qaratilgan talabni rag’batlantiradi. Bu MB ning milliy valyuta qadrsizlanishining oldini olishga qaratilgan harakatini ancha qiyinlashtiradi, chunki uning rasmiy valyuta ehtiyojlari bir vaqtda to’lov balansining taqchilligini moliyalashtirish va chet el valyutalariga o’sib boruvchi chayqovchilik talabini qondirish uchun etarli bo’lmay qoladi. Bunday holda valyutalarning, «xufyona bozori» vujudga kelib, rivojlana boshlaydi.
Respublikamizda davlat byudjeti taqchilligi ijobiy xarakterga egaligi, tashqi savdo aylanmasida ijobiy saldoga erishilganligi (2002 yil 276,4 mln. AQSh dollari miqdorida) va oltin-valyuta zahiralarimizning yildan-yilga ko’payib borayotganligi
«...mamlakatimiz to’lov balansining barqarorligini ta’minlashda mustahkam asos
bo’lib xizmat qiladi va tashqi iqtisodiy sherik sifatidagi O’zbekistonga bo’lgan ishonchni orttiradi»1.

1 Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz. «Xalq so’zi».2000 yil 17 fevral. № 37.



Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish