22-MAVZU. IQTISODIG’TNING TSIKLLILIGI VA MAKROIQTISODIY BEQARORLIK.
REJA: Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning tsiklligi. Iqtisodiy inqirozlar.
Tarkibiy inqirozlar. Agrar inqirozlar va uning xususiyatlari.
Iqtisodiy tsikl nazariyalari. Tsiklning iqtisodiyotning alohida sohalariga ta’siri.
Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning tsiklligi. Iqtisodiy inqirozlar.
Har qanday mamlakat, shu jumladan industrial rivojlangan mamlakatlar ham iqtisodiy o’sishga, hamda to’liq bandlilik va narxlarning barqaror darajasiga erishishga harakat qiladi, ammo uzoq muddatli iqtisodiy o’sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy beqarorlik davrlari bilan uzulib turadi. Iqtisodiy o’sish ketidan doimo tanazzul kelib turadi. Vaqti-vaqti bilan ob’ektiv qonunlarning o’zgartirib bo’lmaydigan ta’siri ostida takror ishlab chiqarish harakatida uzilishlar paydo bo’ladi va bu uzilish iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo’lishidir.
Iqtisodiytsikldeganda,odatdaishlabchiqarishningbiriqtisodiyholatidan,yokibirinqirozdanikkinchisiboshlangungaqadartakrorlanibturadigan to’lqinsimon harakati tushuniladi. Tsikl inqiroz, turg’unlik, jonlanish,yuksalish fazalarini o’z ichiga oladi. Ana shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazaga o’tish uchun sharoit yuzaga keladi.
Inqirozli jarayonlar ishlab chiqarishning pasayishida namoyon bo’ladi va tsiklning qayd etuvchi ifodasidir. U bir tsiklni nihoyasiga etkazib, yana muqarar ravishda inqiroz bilan tugaydigan, yangisining boshlanishiga asos soladi; inqiroz vaziyatida asosiy kapitalning ortiqcha jamg’arilishi uning hamma funktsional shakllarida namoyon bo’ladi. Inqirozdan keyin turg’unlik keladiki, uning davomida iqtisodiy faollik jonlanishi uchun sharoitlar vujudga kelishi nihoyasiga etadi.
Jonlanish fazasining boshlanishi ozmi-ko’pmi darajada barqaror ishlab chiqarishning kengayishiga o’tishni bildiradi.
Ish bilan ta’minlanish darajasining ortishi va foydalarning tez o’sishi jonlanishning yuksalish bosqichiga o’sib o’tishiga ko’maklashadi. Yangi tsikl yuksalishning boshlang’ich nuqtasi hisoblanadi. Yuksalish fazasida ish kuchiga bo’lgan talabning kengayishi ishsizlikning birmuncha kamayishiga hamda ish haqining o’sishiga olib keladiki, buning oqibatida iste’mol tovarlariga to’lovga qodir talab kengayadi. Pirovard talabning oshishi, o’z navbatida, iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga, bozorni kengaytirishga jadal turtki beradi. Raqobat va foyda ketidan quvish oqibatida nomutanosibliklarning to’planib borishidan iborat zanjirli reaktsiya tezlashadi. Bu bilan yangi inqiroz muqarrar bo’lib qoladi.
Alohida iqtisodiy tsikllar bir-biridan davomiyligi va intensivligi bo’yicha keskin farqlanadi. Shu bilan birga ularning hammasi bir xil fazalarga ega bo’ladi va
har xil tadqiqotchilar tomonidan turlicha nomlanadi. 6-chizmada ko’pchilik iqtisodchilar tomonidan tan olingan iqtisodiy tsikl ko’rsatilgan. Tsiklning eng yuqori nuqtasida, iqtisodiyotda to’liq bandlilik kuzatiladi va ishlab chiqarish to’liq yoki deyarli to’liq quvvat bilan ishlaydi. Tsiklning bu fazasida narx darajasi o’sish tamoyiliga ega bo’ladi, iqtisodiy faollikning o’sishi to’xtaydi.