Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar.
Investitsiyalar sarflarning ikkinchi tarkibiy qismi hisoblanadi. Investitsiyalar darajasi jamiyat milliy daromadi hajmiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi; milliy iqtisodiyotdagi ko’plab mutanosibliklar uning o’sish sur’atiga bog’liq bo’ladi. Investitsiyalar mamlakat miqyosida kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ob’ektlari qurish, stanok, uskuna va shu kabi uzoq muddatli foydalaniladigan asosiy kapitallarni sotib olish, ishga tushirish bilan bog’liq sarflarni bildiradi.
Investitsiyalar – asosiy va aylanma kapitalni ko’paytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga pul shaklidagi qo’yilmadir. U pul mablag’lari, bank kreditlari, aktsiya va boshqa qimmatli qog’ozlar ko’rinishida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |