1-chizma. Yalpi talab egri chizig’i.
Iste’molchining farovonligi iste’molchi ega bo’lgan barcha moliyaviy aktivlarga (aktsiya va obligatsiya) hamda uy va er kabi ko’chmas mulklarga egaligiga bog’liq bo’ladi. Ularning real qiymatining keskin kamayishi tovar xarid qilishining kamayishiga olib keladi. Iste’molchilik sarflarining qisqarishi natijasida yalpi talab kamayadi. Aksincha moddiy va moliyaviy qimmatliklar real qiymatining oshishi natijasida, narxlarning mavjud darajasida iste’molchilik sarflari o’sadi. Bunga, aktsiya kursining keskin oshishi, xatto narxlar darajasi o’zgarmay qolganda iste’molchi farovonligining o’sishiga olib kelishini misol qilib keltirish mumkin. Uy va er real qiymatining keskin kamayishi, narx umumiy darajasining o’zgarishiga bog’liq bo’lmagan holda iste’molchi farovonligining pasayishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |