Ichki va tashqi savdoning o’xshashliklari nimadan iborat? Ularning farqi-chi? Xalqaro savdo qanday ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi?
Nima uchun xalqaro savdoda sun’iy to’siqlar mavjud bo’ladi? Ularning tavsifini bering.
Protektsionistik siyosatning ijobiy va salbiy tomonlari qanday? Ularni taqqoslang.
Xalqaro savdoda iqtisodiy integratsiyaning ahamiyati qandayligi va unda O’zbekistonning ishtirok etishi imkoniyatlarini aniqlang.
Xalqaro valyuta tizimini tushuntiring. Har bir tizim qanday ustunlik va kamchiliklarga ega?
Davlat valyuta kurslarini barqarorlashtirish uchun qanday usullardan foydalanadi? Chet el valyutalariga talab va taklifga qanday omillar ta’sir ko’rsatadi?