Jahon xo’jaligining tashkil topish bosqichlari va asosiy belgilari.
Jahon xo’jaligini tarixi juda uzoq va murakkabdir. Jaxon xo’jaligini bog’lovchi vositalardan eng birinchisi savdo bo’lgan. Savdo-sotiq tufayli jaxon xo’jaligi doimo rivojlanib, taraqqiy qilib borgan. Jaxon xo’jaligi tarixan dastavval kapitalistik jaxon xo’jaligi sifatida vujudga keldi. Bu davr XIX asr XX asr boshlarini o’z ichiga oladi. Bu davrda jaxon xo’jaligida rivojlangan kapitalistik davlatlar hukmronlik qildilar. Dunyo ikki toifadagi davlatlardan ya’ni mustamlakachilar va mustamlaklardan iborat bo’ldi. 1917 yil Rossiyada Oktyabr inqilobi natijasida ahvol tamomila o’zgardi. Jaxon xo’jaligi Jaxon xo’jaligi ikki ijtimoiy-iqtisodiy sistema xo’jaligidan iborat bo’lib qoldi. Sobiq SSSR ning ikkinchi jaxon urushida Germaniya ustidan g’alaba qilishi natijasida jaxon sotsialistik xo’jaligi sistema qaror topdi. Shu bilan birga mustamlakachilik ham emirilib barxam topdi.
Jahon sotsialistik xo’jaligi 1990 yilga qadar jaxon kapitalistik xo’jaligidan ajralgan holda o’zaro muxoliflikda yashab keldi. Keyingi davr umumjaxon xo’jaligini tan olmay yashash mumkin emasligini tobora yaqqol ko’rsata boshladi. Ayniqsa, insoniyat ustidan yadro quroli xavfini kuchayishi, iqtisodiy tanglik, xalqlarni o’z erki-mustaqilligi uchun intilish, o’zini eng yuqori cho’qqisiga erishdi. Mana shular oqibatida umuminsoniy qadriyatlar har qanday narsadan ustun ekanligi, insonni sog’- salomat qolish muammosi, jaxonshumul umuminsoniy muammolarni xal etish masalasi vujudga keldi. Bularni hal qilish o’zaro muxoliflik bilan yoki yakka-yolg’iz kurash olib borish bilan hal bo’lmasligi barcha insoniyatga ayon bo’lab qoldi. 1985 yilda sobiq SSSR da boshlangan qayta qurish 1991 yilga kelib jaxon sotsialistik sistemasini barbod bo’lishiga va SSSR ni parchalanib ketishiga olib keldi va sobiq SSSR tarkibiga kirgan respublikalar mustaqil davlatga aylandi. 1991 yil 30 dekabr Olma-Ota uchrashuvida sobiq SSSRning 11 respublikasi mustaqil davlatlar hamdo’stligini yaratdilar. O’zbekiston respublikasi ham shu hamdo’stlikka kirishi bilan jaxon xo’jaligiga ham bevosita kirib borishga muvaffaq bo’ldi.
Jaxon xo’jaligi bir necha bosqichga ega.
Jaxon xo’jaligi tarkibi uning tarkibi uning rivojlanishi bosqichlariga qarab o’zgarib bormoqda. Masalan, jaxon xo’jaligining birinchi bosqichi jaxon kapitalistik
xo’jalik tanho hukmronlik qilgan davri bilan xarakterlanadi. Bu davr mustamlakachi davlatlarning xo’jaligi, mustamlaka davlatlar boyligi hisobiga rivojlanganligi bilan xarakterlanadi. Jaxon xo’jaligi rivojlanishining ikkinchi bosqichi 1917 yildan 1990 yillargacha bo’lgan davrni o’z ichiga olib bu davr jaxon xo’jaligini bir-biriga qarama- qarshi ikki xo’jalik ya’ni jaxon kapitalistik xo’jaligi va jaxon sotsialistik xo’jaligi hukmronlik qilganligi bilan xarakterlanadi. 1991 yildan boshlab jaxon xo’jaligi rivojlanishida yangi uchinchi bosqich boshlanadi. Bu bosqich hozirgi umumjaxon xo’jaligining yaxlitligi bilan xarakterlanadi.
Hozirgi davrda jahon iqtisodiy rivojlanishining eng muhim xarakterli xususiyatlaridan biri - turli mamlakatlar va xo’jalik regionlari o’rtasidagi o’zaro bog’liklarning o’sib borishi hisoblanadi.
Jahon xo’jaligida har bir o’zgarishlar (jahon bozoridagi narxlar harakati va alohida mamlakatning eksport imkoniyatidan tortib dunyo iqtisodiyotidagi tarkibiy siljishlar va xalqaro monopoliyalar faoliyatigacha) dunyodagi barcha mamlakatlar manfaatini o’ziga tortadi. Mamlakatning savdo, ishlab chiqarish, valyuta moliya sohalaridagi jahon tamoyillariga bog’liqlik ob’ektiv reallik hisoblanadi. Hozirgi davrda har qanday mamlakatni uning iqtisodi qanday rivojlangan bo’lishidan qat’iy nazar, jahon xo’jaligi aloqalariga jalb qilmasdan uning to’la qonli iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash mumkin emas.
Shu sababli Prezidentimiz I.Karimov «Mamlakatning jahon xo’jalik aloqalarida, xalqaro mehnat taqsimotida keng miqyosda ishtirok etishi ochiq turdagi iqtisodiyotni barpo etishning asosidir»1, deb ta’kidlaydi.
Dunyo bir-biridan maqsadlari, amal qilish mexanizmi bilan farqlanuvchi turli xil ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar, xalqaro guruhlarga bo’lingan. Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlash har xil mezonlar asosida amalga oshiriladi. Yaqin vaqtlargacha bizning adabiyotimiz sotsializm dunyosi, kapitalizm dunyosi va uchinchi dunyo mamlakatlari degan tushunchani singdirib keldi.
Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlashga umumiy asosda yondashib xo’jalik tizimlarining xususiyatlariga mos ravishda davlatlarning uchta guruhini ajratib ko’rsatish mumkin: rivojlangan, bozor iqtisodiyotida rivojlanayotgan va bozor iqtisodi mavjud bo’lmagan mamlakatlar. Rivojlanganlik darajasi bo’yicha ham o’z navbatida uchta guruh farqlanadi: kam, o’rtacha va yuqori rivojlangan mamlakatlar. Shimoliy-Sharqiy Osiyo va Lotin Amerikasidagi yangi industrial mamlakatlar (YaIM), yuqori daromadli neft eksport qiluvchi mamlakatlar (Saudiya Arabistoni, quvayt va boshqalar) eng kam rivojlangan mamlakatlar (EKVI), shu jumladan eng kambag’al mamlakatlar (Chad, Baengladesh, Efiopiya), har xil regional ittifoqlar va internatsional guruhlarga ajratiladi.
Bu barcha turli-tumanlik bir butun yaxlitlikka o’zaro iqtisodiy bog’liqlikning har xil jixatlari orqali tortiladi. Hozirgi xo’jalik aloqalarining chuqurlashib borayotganligi baynalminallashuvining kuchayishi hamda fan-texnika revolyutsiyasining keng qamrovli xarakteri, aloqa va kommunikatsiya vositalarining butunlay yangi roli sharoitida milliy iqtisodiyot o’z-o’zini ta’minlash orqali samarali amal qilish mumkin emas.
1 Karimov I.A. «o’zbekiston buyuk kelajak sari» T.: «o’zbekiston», 1998. 267-bet.
Jahon xo’jalik aloqalarining tez o’sishi shunday davrlarga to’g’ri keladiki, bu davrda ishlab chiqarish omillarining harakati tezlashadi, kapital milliy chegaradan o’sib chiqadi, ishchi kuchi migratsiyasi kuchayadi, xalqaro mehnat taqsimotining shakillanish jarayoni tezlashadi. Bu shundan guvohlik beradiki, xo’jalik aloqalarining baynalminallashuvini ko’p jihatdan ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish mantiqi taqozo qiladi, ya’ni u milliy chegaradan o’sib chiqadi va ob’ektiv ravishda ishlab chiqarishning baynalminallashuvini zarur qilib qo’yadi.
Milliy xo’jaliklar va ular o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar negizida shakillangan jahon xo’jaligi asosida xalqaro mehnat taqsimoti yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |