Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/238
Sana08.01.2022
Hajmi0,61 Mb.
#331957
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   238
Bog'liq
iqtisodiyotnazariyasi uzl 1d55d unlocked

Birinchi yo’nalish 
bevosita «iqtisodiy muvozanatlik» tushunchasining vujudga 
kelish va rivojlantirilishining tarixiy bosqichlari bilan bog’liq bo’lib, bunda mazkur 
tushuncha «umumiy bozor  muvozanati» sifatida talqin qilinishi darajasigacha etib 
keladi. Bu yo’nalishda iqtisodiy muvozanatlikning ko’plab model-lari mavjud bo’lib ular 
turli davrlarda bu muammoga har xil qarashlarni aks ettirgan: 
1. Oddiy takror ishlab chiqarish modeli. (F. Kene tomonidan XVIII asrda 
Frantsiya misolida tushuntirilib berilgan.) 
2.  Oddiy va kengaytirilgan kapitalistik ijtimoiy takror ishlab chiqarish sxemasi. ( 
XIX asrda klassik iqtisodchilar tomonidan asoslab berilgan.) 
3.  Erkin raqobat qonuni amal qilgan sharoitda umumiy iqtisodiy muvozanatlik 
modeli. (L. Valras tomonidan asoslagan.) 
4. «Xarajatlar – mahsulot ishlab chiqarish» modeli. (V. Lontev asos solgan.)  
5. Qisqa davrli iqtisodiy muvozanatlik modeli. (D.Keyns tsiklik rivojlanishni 
tahlil qilish orqali ko’rsatib bergan.) 
Iqtisodiy muvozanat nazariyasiga ilk fikrlar klassik siyosiy iqtisod asoschilaridan 
biri A. Smitning «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risida tadqiqot» nomli 
asarida berilgan bo’lib, unda iqtisodiy munosabatlarning barchasi bozor mexanizmi 
yordamida tartibga solinishi, talab va taklif o’rtasidagi muvozanat faqat bozor 
mexanizmi yoki «ko’rinmas qo’l» yordamida ta’minlanishi ta’kidlab o’tilgan. Uning 
mashhur «Alohida olingan har bir odam faqat o’zini o’ylagan holda, o’zining shaxsiy 
manfaatlari yo’lida qilgan harakatlari ko’rinmas qo’l orqali uning qiziqishi doirasiga 


 
51
mutlaqo kirmagan boshqa maqsadlarga yo’naltiriladi va bu harakat ongli ravishda 
jamiyat manfaatlariga xizmat qilgandagiga qaraganda ko’proq samara beradi» - degan 
fikri hozirgi kunda ham o’z dolzarbligini yo’qotmagan
1
. Ammo, u iqtisodiy 
muvozanatlikni ta’minlash jarayonlariga davlat ishtirokini mutlaqo inkor etgan. 
Iqtisodiy muvozanat nazariyasini rivojlantirishga o’z hissasini qo’shgan 
namoyondalardan biri bu - J.S.Milldir. U o’z asarida «Jamiyat ortiqcha puldan o’z kuchi 
bilan qutula olmaydi, shu sababli yagona yo’l narxning o’sishi bo’lib, faqat shu yo’l 
bilan talab va taklif o’rtasidagi muvozanatlikni ta’minlash mumkin»- deb ko’rsatadi. 
Uning fikricha, narx o’sishini talab va taklif  o’rtasidagi mutanosiblik ta’minlanmagunga 
qadar davom ettirish zarur
2

XX asr boshlaridayoq iqtisodiy muvozanatlik nazariyasi iqtisodiyot fanida uning 
boshqa har qanday muammolariga qaraganda ancha aniq va yaqqol bayon qilingan. Bu 
tushunchaning mazmunini yoritib berish uchun bir qator ilmiy urinishlar bo’lganligiga 
qaramasdan, faqat shveytsariyalik  Nobel mukofoti sovrindori L. Valras birinchilardan 
bo’lib yaxlit olingan umumiy bozor muvozanati modelini yaratishga hamda mazkur 
tushunchaning mazmunini ancha to’liq ilmiy yoritib berishga erishdi. Lekin L. Valras 
umumiy bozor muvozanati modeliga matematik usulli tengliklar orqali juda oddiy 
yondashgan. Uning tadqiqot doirasida umumiy bozor muvozanatining ishlab chiqarish 
hajmi va narxlar o’zgarishining hamda boshqa bir qator omillarning ta’siri u ko’rsatgan 
matritsadagi birgina omillarning o’zgarishi orqali butun bir matematik tengliklar 
matritsasining (umumiy bozor muvozanatini xarakterlovchi talab va taklifning) 
buzilishiga olib kelinishi uning tadqiqot doirasida atroflicha  hisobga olinmagan 
3
.  
Shunday qilib, o’tgan asrning boshlaridayoq umumiy bozor muvozanatining 
bazaviy modeli ilmiy tarzda shakllantirilgan bo’lib, asosan ko’pchilik iqtisodchi-olimlar 
tomonidan tan olingan edi.  
XX asrning 20 - yillari  oxirlari  va  30 - yillar boshlarida G’arbdagi bozor 
iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida «Buyuk depressiya» nomi bilan 
mashhur bo’lgan barqaror va uzoq davom etgan, makroiqtisodiy beqarorlikka duchor 
bo’ldi. Bundan yuz yil oldin shakllantirilgan klassik nazariya ta’limoti ro’y bergan krizis 
jarayonlarning barcha jihatlari bo’yicha tushuntirib berishga layoqatsiz bo’lib qoldi. D.J. 
Keyns klassik iqtisodchilar nazariyasini tanqid qilib, iqtisodiyot nazariyasida haqiqiy 
to’ntarish qilishga olib kelgan nazariyasini yaratdi.  
Bu barcha iqtisodchilarning iqtisodiy muvozanatlik to’g’risidagi g’oyalari o’zlari 
yashagan muhit sharoitidan kelib chiqqan holda, bir muncha cheklangan xarakterga 
egadir. Avvalo, ularning iqtisodiy g’oyalari umumiy bozor muvozanatini tahlil qilish 
bilangina cheklanadi,  xolos.  
Shu sababli ularning g’oyalari iqtisodiyotning umumiy muvozanatligi yoki 
iqtisodiy muvozanatlik tushunchasini to’liq yoritib berish darajasiga etmagan, bu o’z 
navbatida iqtisodiy muvozanatning umumiy shart-sharoitlari va namoyon bo’lish 
shakllarini ham ko’rsatib berolmagan. 
Buning sababi oddiy bo’lib,  tsiklik rivojlanish natijasida vujudga keladigan ishlab 
                                                 
1
  Smit A. Issledovanie o prirode i prichinax bogatstva narodov. Moskva., 1962. Str. 332 
2
  Mill O’.S. On the Defintion of Political Economy; and on the Method of Invtstigation Proper to it. In: Tssays on 
Some Unsettled Questions of Political Economy. L., p 133-137  
3
  Walras L. Elements of pure Economics. Translated by O’affe W.Homewood, Richard D.Irwin, 1954. rr. 88-89. 


 
52
chiqarish sohalarini qamrab olgan va «ortiqcha ishlab chiqarish krizislari» deb 
nomlangan.  
Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti doimiy inflyatsiya va ishsizlik sharoitida 
rivojlanib,  makroiqtisodiy beqarorlik xarakteri kuchayib borishi natijasida iqtisodiy 
muvozanatlikni ta’minlash ham ancha murakkab kechib, davlatning samarali 
makroiqtisodiy siyosat (moliya va pul kredit) olib borishini taqozo etadi.  
Hozirgi zamon iqtisodiy fanida iqtisodiy muvozanatlik tushunchasi o’quv 
adabiyotlari darajasida bo’lsada, barcha jihatlari (sabablari, oqibatlari, natijalari) bilan 
birgalikda ancha keng tadqiq qilinadi. Jumladan, iqtisodiy muvozanatlikning mohiyati, 
uni ta’minlash muammolari K.Makkonell, S.Bryular tomonidan yopiq va ochiq 
iqtisodiyot uchun yalpi talab va yalpi taklifning muvozanatligi orqali tushuntirilib 
beriladi. Ular ko’plab alohida olingan bozorlardagi muvozanatli narx va ishlab chiqarish 
hajmini o’rganish orqali xususiy muvozanatlikning tahlili bilan shug’ullangan bo’lsa, 
barcha turli xil bozorlardagi umumiy taklif hajmi va ulardagi narxlarning o’rtacha 
darajasi o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni keng miqyosda o’rganib chiqish orqali umumiy 
bozor muvozanatini ko’rsatib berishga harakat qiladilar.  
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan mualliflar va boshqa ko’pchilik g’arb iqtisodchilari 
tomonidan iqtisodiy muvozanat tushunchasi bo’yicha zikr etilgan barcha iqtisodiy 
g’oyalar ham «umumiy bozor muvozanati» ya’ni yalpi talab va yalpi taklif muvozanati 
doirasi bilan cheklanadi. Bundan tashqari bu tushunchalar ancha mavhumlashtirilib, 
murakkab matematik tenglashtirishlar va grafikli tahlil usullari orqali bayon qilinadi. Bu 
esa iqtisodiy hodisa va jarayonlarning iqtisodiy mazmunini ilg’ab olishni ancha 
qiyinlashtiradi. 
Dunyodagi iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar iqtisodiy tizimi yuzlab 
yillar davomida shakllanib, o’zining rivojlanishida nisbatan barqarorlikni saqlab qolishi 
(tsiklli rivojlanish natijasida kelib chiqadigan iqtisodiy beqarorliklarni hisobga 
olmaganda) o’z-o’zidan «umumiy iqtisodiy muvozanatlik» tushunchasini nazariy tadqiq 
qilishni «kun tartibi»dan chiqarib qo’yadi.  
Sobiq sotsialistik tizim amal qilib turgan davrda uning tarkibiga kirgan 
mamlakatlarda jamiyat ehtiyojlari va ishlab chiqarish hajmi bir markazdan turib 
muvofiqlashtirilib borilganligi tufayli iqtisodiy muvozanatlik muammosi o’quv 
adabiyotlarida, ilmiy tadqiqot ishlarida qayd qilinmagan va o’rganilmagan. 
Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasiga ishlab chiqarish 
munosabatlarining to’liq mos kelishi hamda «Planli va proportsional rivojlanish qonuni» 
ning amal qilishi, go’yoki o’z o’zicha iqtisodiy muvozanatlikni va takror ishlab 
chiqarishning to’xtovsiz kengayib borishini ta’minlaydi, degan aqidaning mavjud 
bo’lishi har qanday muvozanatlikni ilmiy-nazariy tadqiq qilishni ham inkor etgan. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov shu muommo bo’yicha fikr 
bildirib ta’kidlab o’tganidek, «Dono» Davlat Plan qo’mitasi, undan yuqoriroqda esa 
partiya Markazqo’mi qat’iy idoralarni ishga solib, ma’muriy yo’l bilan, reja-direktiv 
qarorlar tizimi orqali ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan ishlab 
chiqarish munosabatlarining xususiyati o’rtasida sun’iy muvozanat tiklanardi» 
1

                                                 
1
 Karimov. I.A. O’zbekiston buyuk kelajak sari. T.: "O’zbekiston" 1998, 350-bet. 
 


 
53
Iqtisodiy muvozanatlik nazariyasidagi 

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish