Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi


3. Milliy boylik tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/238
Sana08.01.2022
Hajmi0,61 Mb.
#331957
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   238
Bog'liq
iqtisodiyotnazariyasi uzl 1d55d unlocked

 


 
45
3. Milliy boylik tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi. 
 
Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan 
yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg’arilgan moddiy, nomoddiy va 
intellektual hamda tabiiy boyliklardan iboratdir. 
Milliy boylikning bir qismini inson mehnatining natijasi hisoblasak, boshqa 
qismi tabiat boyliklaridan iborat bo’ladi. Shunday ekan milliy boylik keng ma’noda 
o’z ichiga nafaqat moddiy va nomoddiy ne’matlar, yaratilgan san’at asarlari, 
intellektual salohiyatni balki barcha tabiat resurslari va boyliklari hamda takror ishlab 
chiqarishning tabiiy iqlim sharoitlarini ham oladi. Milliy boylikning bu barcha 
tarkibiy qismlarini miqdoran, qiymat o’lchovlarida hisoblab chiqish bir qator ob’ektiv 
sabablariga ko’ra ancha qiyin, jumladan uning tabiat in’omlaridan iborat qismi inson 
mehnatining natijasi hisoblanmaydi va qiymat o’lchovlariga ega emas. Shu sababli 
iqtisodiy tahlil amaliyotida milliy boylikning tor ma’nodagi tushunchasidan 
foydalaniladi. Tor ma’noda milliy boylik insoniyat mehnati bilan yaratilgan va takror 
ishlab chiqarilishi mumkin bo’lgan barcha moddiy boyliklardan iborat bo’ladi. Milliy 
boylikning bu qismi milliy iqtisodiyot rivojining butun tarixi davomida doimiy 
takrorlanib turuvchi ishlab chiqarish jarayonining umumiy natijasi sifatida chiqadi va 
moddiy buyumlashgan shaklda namoyon bo’ladi. U kishilarning ko’plab avlodi 
mehnati natijasi hisoblanadi. 
Aytilganlardan kelib chiqib, milliy boylikni shartli ravishda quyidagi uchta yirik 
tarkibiy qismlarga ajratish mumkin: 
1. Moddiy buyumlashgan boylik. 
2. Nomoddiy boylik. 
3. Tabiiy boylik. 
Moddiy buyumlashgan boylik oxiri oqibatda ishlab chiqarishning, unumli 
mehnatining natijasi hisoblanadi. U ishlab chiqarishda yaratilgan mahsulotlarning 
joriy iste’mol qilishdan ortiqcha qismini jamg’arish oqibatida vujudga keladi va o’sib 
boradi. 
Ammo moddiy buyumlashgan boylikni qator yillardagi yillik yalpi mahsulotlar 
yig’indisi sifatida tasavvur qilish noto’g’ri bo’lur edi. Chunki bu boylikning bir qismi 
har yili ishdan chiqib, qaytadan yangilanib turadi (ishlab chiqarish vositalari, iste’mol 
buyumlari). Shu sababli ishlab chiqarish vositalarining o’rnini qoplash bilan bir 
vaqtda yalpi mahsulotning faqat bir qismi moddiy buyumlashgan boylik sifatida 
jamg’arilib boriladi. Demak, qoplash fondi va moddiy buyumlashgan boylikning 
o’sishi yalpi milliy mahsulot hisobiga amalga oshiriladi. 
Milliy boylikning inson mehnati bilan yaratilgan moddiy qismi qiymat shakliga 
ega bo’lib, tarkibiy tuzilishi bo’yicha qo’yidagilarni o’z ichiga oladi: 
- ishlab chiqarish xarakteridagi asosiy kapital (fondlar). Bular butun milliy 
boylikning tarkibida ancha katta salmoqqa ega bo’ladi, hamda o’zining texnikaviy 
darajasi bo’yicha yalpi milliy mahsulotning o’sish imkoniyatini belgilab beradi: 
- noishlab chiqarish xarakteridagi asosiy kapital (fondlar). Asosiy kapitalning bu 
turiga mamlakatning uy-joy fondi, ijtimoiy madaniy xarakterdagi ob’ektlar kiradi. 
- aylanma kapital (fondlar). Milliy boylikning bu qismi mehnat predmetlaridan 
iborat bo’lib, asosiy kapitalning taxminan 1/4 qismini tashkil qiladi. 


 
46
- tugallanmagan ishlab chiqarishning moddiy-buyumlashgan qismi. Ular ishlab 
chiqarish bosqichida mehnat jarayoni ta’siri ostida bo’lib, potentsial tayyor mahsulot 
hisoblanadi. 
- moddiy zahiralar va ehtiyotlar. Bunga muomala bosqichdagi tayyor mahsulot, 
korxonalar va savdo tarmoqlaridagi moddiy zahiralar, davlat ehtiyotlari va rezerv 
fondlari kiradi. Moddiy zahiralar iqtisodiyotda ro’y berishi mumkin bo’lgan va 
oldindan bilib bo’lmaydigan favqulotda holatlarda foydalanish maqsadida ushlab 
turiladi. 
Davlat ehtiyojlariga oltin zahiralari, sug’urta va mudofaa ehtiyojlari uchun 
zarur zahiralar kiradi. 
- aholining uy, tomorqa va yordamchi xo’jaligida jamg’arilgan mol-mulk. Bunga 
uy-joy, avtomobil, madaniy-maishiy buyumlar, kiyim-kechaklar va shu kabilarning 
qiymati kiradi. 
 
Moddiy buyumlashgan boylik tarkibiy qismlarining mazmuni va ularning 
salmog’i o’zgarishsiz qolmaydi. Asosan fan-texnika taraqqi¸ti sharoitida moddiy, 
buyumlashgan boylik tarkibida yirik o’zgarishlar ro’y beradi. Sanoat tarmoqlarining 
asosiy kapitali tez ko’payadi va yangilanadi, noishlab chiqarish sohasining asosiy 
kapitali tarkibida ilmiy, o’quv, sog’liqni saqlash muassasalarining ulushi tobora 
ko’proq hissasini egallaydi. Tabiiy resurslarni iqtisodiy faoliyatga jalb qilish suratlari 
o’sib boradi. 
 
Moddiy buyumlashgan boylik o’sishining asosiy omillari sifatida quyidagilarni 
ajratib ko’rsatish mumkin: 
–  mehnat unumdorligining o’sishi; 
–  ishlab chiqarish samaradorligining ortishi; 
–  milliy daromadda jamg’arish normasining ortishi. 
 
Moddiy buyumlashgan boylik ishlab chiqarishning natijasi va shart-sharoiti 
hisoblanadi. Buning ma’nosi shuki, bir tomondan mahsulotdan milliy boylik tomon 
harakatda boylikning iste’mol qilingan qismining qoplanishi va uning ko’payishi ro’y 
beradi. Boshqa tomondan milliy boylik ishlab chiqarishning moddiy shart-sharoiti, 
uning moddiy texnikaviy asosi hisoblanadi. Bunda ishlab chiqarishning o’sish sur’ati 
va miq¸si milliy boylikdan foydalanish xarakteriga bog’liq bo’ladi. 
 Moddiy 
buyumlashgan 
boylikni oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish 
farqlansa-da, har ikkalasi ham yalpi milliy mahsulot hisobiga amalga oshiriladi. 
 
Milliy boylikning boshqa qismi tabiiy boyliklar ishlab chiqarishning shart-
sharoitini va inson faoliyatining tashqi muhitini tashkil qiladi. Tabiiy boylikning 
vujudga kelishi insoniyat jamiyat rivojiga bog’liq emas, u tabiat qonunlari asosida 
ro’y beradi. Foydali qazilma boyliklar, o’rmonlar, suv va er resurslari xuddi shunday 
vujudga kelib ishlab chiqarishdan tashqarida turadi. 
 
Tabiat in’omlari o’zlarining dastlabki ko’rinishida tabiiy boylik bo’lib, shu 
holatida inson faoliyatining natijasi hisoblangan ijtimoiy boylik tarkibiga kirmaydi. 
Buning ma’nosi shuki, tabiiy boyliklar jamiyat uchun faqatgina potentsial boylik 
hisoblanadi. Ular real boylikka inson mehnatining ta’siri oqibatida aylanadi. 

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish