Bozordagi hukmronlik.
Resurslarni etkazib beruvchilarning bozordagi
hukmronligining susayishi yoki kuchayishi ham resurs narxlariga va yalpi taklifga
ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bozordagi hukmronlik - narxlarni raqobat mavjud bo’lgan
sharoitdagidan ancha yuqori o’rnatish imkoniyatidir. Keyingi 20 yil davomida OPEK
mamlakatlari bozor monopoliyasining vujudga kelishi va halokatga uchrashi buning
ishonchli misoli bo’lib xizmat qilishi mumkin. 70-yillarda OPEK mamlakatlari neft
narxini o’n martalab oshirishga erishdi, bu mahsulot birligiga xarajatlarni keskin
ko’paytirdi. 80-yil o’rtalarida OPEK mamlakatlarining bozordagi hukmronligining
sezilarli susayishi, aksincha ishlab chiqarish qiymatining kamayishiga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |