4. Sof eksportdagi o’zgarish.
Sof eksportning ko’payishi yalpi talabni ham
ko’paytiradi. Birinchidan, eksportning yuqori darajasi, chet ellarda bizning tovarlarga
bo’lgan talabni oshiradi. Ikkinchidan, importning qisqarishi o’z tovarlarimizga ichki
talabning ko’payishini taqozo qiladi. Sof eksport hajmini avvalo chet davlatlardagi
milliy daromad va valyuta kurslari o’zgartiradi. Chet mamlakatlarda daromadlar
darajasi oshganda, ularning fuqarolari ham o’zlarining tovarlarini va ham chet ellarda
ishlab chiqarilgan tovarlarni ko’proq miqdorda sotib olish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Chet ellarda milliy daromadning kamayishi esa qarama-qarshi natija beradi: bizning
eksportning sof hajmi qisqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |