mamlakatning XVFdagi kredit ulushi;
qarz olishning maxsus huquqi (SDR) va h.k.
Balans taqchilligi rasmiy ehtiyojlar hisobiga moliyalashtirilganda, ichki
bozorda chet el valyutalari taklifi ortadi, milliy valyutalar taklifi esa nisbatan
kamayadi va uning ayirboshlash kursi nisbatan o’sib milliy iqtisodiyotga inqirozli
ta’sir ko’rsatadi.
Aksincha, to’lov balansining aktiv qoldig’i MB rasmiy valyuta ehtiyotlarining
o’sishi bilan birga borganda ichki bozorda chet el valyutalari taklifini kamaytiradi,
milliy valyuta taklifi esa nisbatan ortadi va uning ayirboshlash kursi pasayib,
iqtisodiyotga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi.
MB tomonidan chet el valyutalarining bunday sotilishi va sotib olinishi rasmiy
ehtiyojlar bilan operatsiyalar deyiladi. (Bu MBning ochiq bozordagi operatsiyalari
bilan bir xil emas). Rasmiy ehtiyojlar bilan operatsiyalar natijasida joriy hisobdagi
qoldiq summasi, kapital harakati hisobi va ehtiyojlar miqdorining o’zgarishi «nol»ni
tashkil qilishi zarur.
Mamlakat uzoq davr davomida joriy operatsiyalar bo’yicha taqchillikni
bartaraf qilishni kechiktirishi va o’zining rasmiy valyuta ehtiyojlarini to’liq sarflashi,
natijasida to’lov balansi krizisi kelib chiqadi. Mamlakatda tashqi qarzlarni to’lash
holatida bo’lmaganligi sababli, chet eldan kreditlash imkoniyati mavjud bo’lmaydi.
Iqtisodiyot sub’ektlarining davlat va MB siyosatiga ishonchsizligi to’lov
balansi krizisini chuqurlashtiruvchi omil hisoblanadi. Milliy valyuta
qadrsizlanishining kutilishi chet el valyutalariga chayqovchilikka qaratilgan talabni
rag’batlantiradi. Bu MB ning milliy valyuta qadrsizlanishining oldini olishga
qaratilgan harakatini ancha qiyinlashtiradi, chunki uning rasmiy valyuta ehtiyojlari
bir vaqtda to’lov balansining taqchilligini moliyalashtirish va chet el valyutalariga
o’sib boruvchi chayqovchilik talabini qondirish uchun etarli bo’lmay qoladi. Bunday
holda valyutalarning, «xufyona bozori» vujudga kelib, rivojlana boshlaydi.
Respublikamizda davlat byudjeti taqchilligi ijobiy xarakterga egaligi, tashqi
savdo aylanmasida ijobiy saldoga erishilganligi (2002 yil 276,4 mln. AQSh dollari
miqdorida) va oltin-valyuta zahiralarimizning yildan-yilga ko’payib borayotganligi
«...mamlakatimiz to’lov balansining barqarorligini ta’minlashda mustahkam asos
191
bo’lib xizmat qiladi va tashqi iqtisodiy sherik sifatidagi O’zbekistonga bo’lgan
ishonchni orttiradi»
1
.
1
Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz. «Xalq so’zi».2000 yil 17 fevral.
№
37.
192
Do'stlaringiz bilan baham: |