Xalqaro mehnat taqsimoti - alohida mamlakatlarning tovar va xizmatlarning
ayrim turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya - jahon mamlakatlari o’zaro iqtisodiy
aloqalarining chuqurlashtirish va barqaror rivojlanishi hamda milliy xo’jaliklar
o’rtasidagi mehnat taqsimoti asosida ular xo’jalik aloqalarining birlashish jarayoni.
Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi - mehnat resurslarining ancha qulay
sharoitda ish bilan ta’minlanish maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko’chib
o’tishi.
Emigratsiya - ishchi kuchining mamlakatdan doimiy yashash joyiga chiqib
ketishi.
Immigratsiya - ishchi kuchining mamlakatga doimiy yashash uchun kirib
kelishi.