Korxonalar faoliyatining asosiy funksional sohalari
Zamonaviy korxona-mustaqil xo`jalik yurituvchi sub`ekt bo`lib, ularning ishlab chiqarish vositalari va boshqa mulklari rejali iqtisodiyot sharoitlaridagidek davlatning o`zigagina tegishli bo`lmaydi. SHu sababli korxonalar mulkchilik shakliga ko`ra, davlat va nodavlat, tarmoq belgilariga ko`ra, mashinasozlik, energetika, metallurgiya, neft va gaz sanoati, qurilish kompleksi, oziq-ovqat, engil sanoat, savdo va hokazolar, ishlab chiqarish miqyosi va xodimlar soniga ko`ra, yirik, mikrofirma va kichik, faoliyat yuritish muddatiga ko`ra, uzluksiz, mavsumiy va uzlukli korxonalarga bo`linadi.
Biroq ushbu belgilardan qat`i nazar, deyarli har bir korxona Nizom asosida faoliyat yuritadi. Nizomda korxonaning nomi, manzilgohi, yuqori turuvchi organi va bu organning nomi, Nizom jamg`armasi, bank muassasalaridagi rekvizitlari, korxona rahbariyatining lavozimlari, rahbar shaxslarning majburiyatlari, tuzilmaviy bo`linmalar ro`yxati, hisobot tartibi va hokazolar ko`rsatilgan bo`ladi.
Agar Nizomda korxonaning tashkiliy-huquqiy funksiyalari belgilangan bo`lsa, uning ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyati tarkibiga asosiy va aylanma fontlar, pul mablag`lari va boshqa aktivlar kiruvchi Nizom jamg`armasiga tayanadi. Nizom jamg`armasi qonunga asosan korxonani tashkil qilish jarayonida muassislar - davlat, huquqiy va jismoniy shaxslar tomonidan shakllantiriladi. Korxona rivojlanishi va ishlab chiqarishning kengayib borishi, daromad hajmi va boshqa moliyaviy tushumlarning ortishi natijasida Nizom jamg`armasi ko`paytirilishi mumkin. Umuman olganda, Nizom jamg`armasi korxonaning iqtisodiy barqarorligi va moliyaviy jihatdan baquvvatligini aks ettiradi.
Korxonani turli belgilariga ko`ra tavsiflash mumkin:
- ishlab-chiqarish va texnika munosabatlarida korxona – bu, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi va turlari, ularni tayyorlash texnologiyasiga miqdor va sifat jihatidan mos keluvchi mashinalar tizimi;
- ijtimoiy munosabatlarda korxona – bu, turli kategoriyadagi xodimlar o`rtasida ularning huquq va majburiyatlari asosida yuzaga keluvchi munosabatlar ;
- tashkiliy-huquqiy munosabatlarda korxona huquqiy shaxs sifatida faoliyat yuritadi;
- moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarda korxona – bu, tarmoqning mustaqil bo`g`ini bo`lib, o`z-o`zini moliya bilan ta`minlash, o`z-o`zini boshqarish, ya`ni bozor munosabatlari tamoyillarida faoliyat yuritadi.
Amaldagi qonunchilikka asosan korxona davlat ro`yxatidan o`tganidan keyingina huquqiy shaxs sifatida tan olinadi. Davlat ro`yxatidan o`tish uchun birinchi o`rinda quyidagi hujjatlar ahamiyatga ega bo`ladi: muassisning arizasi; korxonaning Nizomi; korxonani tashkil qilish haqida qaror yoki muassislar shartnomasi; davlat bojini to`laganlik haqida kvitansiya va boshqalar.
Korxona o`ziga xos bo`lgan ma`lum xususiyatlarga ega:
birinchidan, korxona o`ziga tegishli va xo`jalik boshqaruvidagi xususiy mulkka ega bo`lib, ushbu mulk uning faoliyati moddiy-texnikaviy imkoniyatlarini, iqtisodiy mustaqilligi va ishonchliligini ta`minlaydi;
ikkinchidan, korxona kreditorlar, jumladan, davlat bilan o`zaro munosabatlardagi majburiyatlar yuzasidan o`z mulki bilan javob berish xususiyatiga ega bo`ladi;
- loyihaoldi (arxitektura-rejalashtirish topshirig`i, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlar);
- loyihalashtirish;
- qurish.
Ob`ektlar qurilishiga ruxsat beruvchihujjatlarni rasmiylashtirish. Muhandislik ta`minoti bo`yicha yuklamalar hajmi hisob-kitobi bilan birgalikda loyihalashtirishga topshiriq tuzish, shuningdek muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishga texnik shartlarni olish va arxitektura-rejalashtirish topshirig`ini ishlab chiqish uchun Inspeksiyaga ariza beriladi. Arizaga tuman (shahar) hokimining yangi qurilish uchun er uchastkasi ajratish to`g`risidagi qarori nusxasi ilova qilinadi.
Bankrotlik to`g`risidagi ish bankrotlik alomatlari mavjud bo`lgan taqdirda, agar qarzdor yuridik shaxsga nisbatan jami talablar eng kam ish haqi miqdorining kamida besh yuz karrasini tashkil etadigan bo`lsa, xo`jalik sudi tomonidan qo`zg`atilishi mumkin
Pul majburiyatlarini bajarmaganligi natijasida qarzdorni bankrot deb topish to`g`risidagi ariza bilan xo`jalik sudiga murojaat etish huquqiga qarzdor, kreditor va prokuror ega.
Majburiy to`lovlar majburiyatini bajarmaganligi natijasida qarzdorni bankrot deb topish to`g`risidagi ariza bilan xo`jalik sudiga murojaat etish huquqiga qarzdor, prokuror, davlat soliq xizmati organlari va boshqa vakolatli organlar ega.
Qarzdor, agar uning yuqorida keltirilgan holatlar mavjud bo`lsa, o`zini bankrot deb topish to`g`risidagi ariza bilan xo`jalik sudiga murojaat etishga haqli.
Qarzdor yuridik shaxsning bankrotligi to`g`risidagi ish ko`rilayotganda quyidagi taomillar qo`llaniladi:
- kuzatuv;
- sud sanatsiyasi;
- kelishuv bitimi;
- tashqi boshqaruv;
- tugatishga doir ish yuritish.
Suddan tashqari bajariladigan taomillar sudgacha sanatsiya qilish yoki qarzdorni ixtiyoriy ravishda tugatish bo`lishi mumkin.
Sudgacha sanatsiya qilishning asosiy chora-tadbirlari quyidagilardan iborat:
- to`lov muddati o`tkazib yuborilgan qarzlarni to`la yoki qisman sotib olish;
- ishlab chiqarishni raqobatbardosh mahsulot chiqarishga moslab qayta ixtisoslashtirish;
- chetdan yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish;
- xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash;
- qarzdorning to`lov qobiliyati tiklanishi hamda faoliyatini davom ettirishidan manfaatdor bo`lgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moliyaviy yordam ko`rsatilishi;
- qarzdorning faoliyatni davom ettirishi uchun qarzdor bilan kreditorlar o`rtasida kreditorlarga to`lanadigan to`lovlar muddatini kechiktirish va uni bo`lib-bo`lib to`lash yoxud qarzlardan siylov berish to`g`risida ahdlashuvga erishishga qaratilgan bitim;
- majburiy to`lov majburiyatini bajarishni va kreditlarni qaytarishni sudgacha sanatsiya qilish muddatiga kechiktirish;
- qarzdor yuridik shaxsni qayta tashkil etish. Qarzdorni davlat tomonidan yordam ko`rsatgan holda sudgacha sanatsiya qilish o`n ikki oydan yigirma to`rt oygacha muddatga joriy etiladi.
Bankrotlik to`g`risidagi ishda quyidagilar ishtirok etuvchi shaxslar deb hisoblanadi:
- qarzdor;
- sud boshqaruvchisi;
- kreditorlar, ular tomonidan qarzdorga ushbu Qonunda belgilangan tartibda talablar taqdim etilgan paytdan e`tiboran;
- bankrotlik to`g`risidagi ishlar bo`yicha davlat organi;
- bankrotlik to`g`risidagi ish prokurorning arizasi asosida ko`rilayotgan hollarda, prokuror. Qarzdorning o`zini bankrot deb topish to`g`risidagi arizasi xo`jalik sudiga yozma shaklda beriladi va tegishincha qarzdor yuridik shaxsning rahbari yoki uning vakillari tomonidan imzolanadi. Qarzdorning o`zini bankrot deb topish to`g`risidagi arizasida quyidagilar ko`rsatilishi kerak: ariza berilayotgan xo`jalik sudining nomi; pul majburiyatlari bo`yicha kreditorlar talablarining qarzdor tomonidan e`tiroz bildirilmayotgan miqdordagi summasi; qarzdorning xodimlar hayoti yoki sog`lig`iga etkazilgan zararning o`rnini qoplash, ularga mehnat haqini va to`lanishi kerak bo`lgan ishdan bo`shatish nafaqasini to`lash borasidagi qarz summasi; mualliflik shartnomalari bo`yicha to`lanishi kerak bo`lgan haq summasi; majburiy to`lovlar bo`yicha qarz summasi; kreditorlarning talablarini to`la hajmda qondirishga qodir emaslikning asosi; qarzdordagi bor mol-mulk, shu jumladan pul mablag`lari, debitorlik qarzi to`g`risidagi ma`lumotlar; qarzdorning bankdagi hisobvaraqlari raqamlari, bankning pochta manzili; ilova qilinayotgan hujjatlar ro`yxati.
Qarzdorning o`zini bankrot deb topish to`g`risidagi arizasiga qarz borligini, shuningdek kreditorlarning talabini qarzdor to`la hajmda qondirishga qodir emasliginitasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi. Qarzdorning o`zini bankrot deb topish to`g`risidagi arizasiga quyidagilar ham ilova qilinadi: qarzdor yuridik shaxsning ta`sis hujjatlari, shuningdek yuridik shaxsning davlat ro`yxatidan o`tkazilganligi to`g`risidagi hujjatlar; qarzdorning kreditorlari va debitorlari ro`yxati; so`nggi hisobot kunidagi holatga ko`ra buxgalteriya balansi; qarzdor muassislarining yoki qarzdor mol-mulki egasining qarzdor o`zini bankrot deb topish to`g`risida ariza bilan xo`jalik sudiga murojaat qilishi haqidagi qarori. Kreditor yuridik shaxsning arizasi uning rahbari yoki vakili tomonidan imzolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |