Toshkent moliya instituti «iqtisodiyot» kafedrasi



Download 32,31 Kb.
bet1/9
Sana20.07.2021
Hajmi32,31 Kb.
#123997
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Зиёев Исроил Микроиқтисодиёт фани якуний



TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI


«IQTISODIYOT» KAFEDRASI

MIKROIQTISODIYOT.MAKROIQTISODIYOT” FANIDAN



VARIANT- 19

  1. Mikroiqtisodiyotda talab va taklif

  2. Assimetrik axborotlar bozori

  3. Talab va taklif elastikligi

JAVOBLAR


  1. Mikroiqtisodiyotda talab va taklif

Talab va taklif — bozor iqtisodiyotining fundamental tushunchalari. Talab (tovarlar va xizmatlarga talab) — xaridor, isteʼmolchining bozorda muayyan tovarlarni, neʼmatlarni sotib olish istagi; bozorga chiqqan va pul imkoniyatlari bilan taʼminlangan ehtiyojlari. Ehtiyoj pul va narx vositasida talabga aylanadi. Rasman olganda talab isteʼmol kattaligi mik,doridir. Tovarlar dunyosidagi xilmaxillikka moye ravishda talab hosil boʻladi. Mac, oziqovqat tovarlari, sanoat mollari, maishiy va ijtimoiy xizmatlarga boʻlgan talablar tovarlarga talab tuzilmasini tashkil etadi. Mazmuni va harakati jihatidanhaqiqiy, oʻsayotgan, barqaror qondirilgan, qondirilishi kechiktirilgan, qondiri lma gan, meʼyordagi va boshqa talablarga boʻlinadi. Har bir isteʼmolchining , yaʼni alohida shaxe, oila, korxona, firmaning biror tovar toʻplamiga yoki tovarlarga bildirilgan talablari yakka talab deyiladi. Muayyan tovarga yoki tovarlar toʻplamiga barcha xaridorlar bildirgan talab yigʻindisi bozor talab i , barcha bozorlarda barcha tovarlarga jamiyat miqiyosida bildirilgan ijtimoiy talab yalpi talab deyiladi. Talab miqdorining oʻzgarishiga bir kancha omillar taʼsir qiladi. Ularning orasida eng muximi narx omilidir. Tovar narxining pasayishi sotib olinadigan tovar miqdorining oʻsishi va aksincha, narxning oʻsishi xarid miqdorining kamayishiga olib keladi. Taklif — muayyan vaqtda va muayyan narxlar bilan bozorga chiqarilgan va chiqarilishi mumkin boʻlgan tovarlar va xizmatlar miqdori bilan ifoda etiladi; taklif ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)larning oʻz tovarlarini sotishga (bozorga) taklif etish istagi. Bozorda tovar narxi bilan uning taklifi miqdori oʻrtasqda bevosita bogʻliqlik mavjud: narx qanchalik yuqori boʻlsa, boshqa sharoitlar oʻzgarmagan hollarda, sotish uchun shuncha koʻproq tovar taklif etiladi, yoki aksincha, narx pasayishi bilan taklif hajmi qisqaradi. Mas., 10 soʻm narxda 3 tovar birligi taklif etiladi, agar narx 15 soʻmga koʻtarilsa, taklif hajmi 5 birlikka qadar koʻpayadi, agar narx 20 soʻmga yetsa, taklif hajmi 6 birlikka yetadi. Shunday qilib, taklif miqdorining oʻzgarishlari taklif egri chizigʻida bir nuqtadan ikkinchisiga koʻchishida oʻz ifodasini topadi. Egri chiziqning ijobiy ogʻishi tovar narxi bilan uning taklifi miqdori oʻrtasidagi bevosita bogʻliqdikni aks ettiradi.

Tovar taklifiga, tovarning oʻz narxidan tashqari bir qator omillar: shu tovarni ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan resurslar narxlari; qoʻllaniladigan texnologiya; soliqlar va dotatsiyalar; taqchillik yoki narxlar oʻzgarishlarini kutish; bozordagi sotuvchilar soni va boshqa taʼsir koʻrsatadi. Mas., resurelarning arzonlashuvi muayyan tovarni ishlab chikarish xarajatlarini kamaytiradi, bu esa uning taklifi oʻsishini stimullaydi. Taklifning oʻziga taʼsir koʻrsatadigan omillar oʻzgarishlariga, birinchi navbatda, narx oʻzgarishlariga sezgirligi taklif elastikligi deb ataladi.

T. va t.ning tub mazmuni ularning narx orqali oʻzaro aloqadorlikda mavjud boʻlishidir. Bu aloqadorlik — talab va taklif qonuni bozor iqtisodiyotining obʼyektiv qonuni hisoblanadi. T. va t. qonuniga koʻra bozordagi taklif va talab faqat miqdoran emas, balki oʻzining tarkibi jihatidan ham bir-biriga moye kelishi kerak, shundagina bozor muvozanatiga erishiladi. Bu qonun ayirboshlash qonuni boʻlib, bozorni boshqaruvchi va tartiblovchi kuch darajasiga koʻtariladi. Unga koʻra bozordagi talab oʻzgarishlari darhol ishlab chiqarishga yetkazilishi kerak. Bozordagi T. va t. nisbatiga qarab ishlab chiqarish surʼatlar va tuzilmasi tashkil topadi. Jamiyat bu qonundan bozor muvozanatiga alokador omillarga taʼsir etish orkali foydalanadi.

T. va t. qonunning nazariy asoslari dastlab A. Marshall asarlarida ifodalab berilgan.

TALAB

Ehtiyoj kishilarning hayotiy vositalariga boʻlgan zaruriyatini ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiydir. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy koʻrinishi talab tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) sifatida amal qiladi.



Ehtiyojning faqat pul bilan taʼminlangan qismi talabga aylanadi. Demak, talab — bu pul bilan taʼminlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj zarur miqdordagi pul bilan taʼminlanmasa, u "xohish""istak" boʻlib qolaveradi. Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud boʻladi, chunki narx oʻzgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham oʻzgaradi. Shu bogʻliqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha taʼrif berish mumkin: maʼlum vaqt oraligʻida, narxlarning mavjud darajasida isteʼmolchilarning tovar va xizmatlar maʼlum turlarini sotib olishga qodir boʻlgan ehtiyoji.

TAKLIF


Maʼlum vaqt oraligʻidagi narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan maʼlum turdagi tovar va xizmatlarning DAROMAD VA FOYDA olish maqsadida bozorga chiqarilgan miqdoriga taklif deyiladi. Narx oʻzgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham oʻzgarishi sababli talab kabi taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud boʻladi.

Taklif narxlarning turli darajasida qancha miqdordagi mahsulotning sotishga chiqarilishini koʻrsatadi. Narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan tovarlar taklifi miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi. Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Talab qonuni Biz ehtiyoj tushunchasi haqida dastlabki bobda ga’irgan edik. Ehtiyoj kishilarning hayotiy vositalariga bo’lgan zaruriyatini ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiydir. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy ko’rinishi talab tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) sifatida amal qiladi. Ehtiyojning faqat ‘ul bilan ta’minlangan qismi talabga aylanadi. Demak, talab – bu ‘ul bilan ta’minlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj zarur miqdordagi ‘ul bilan ta’minlanmasa, u «xohish», «istak» bo’lib qolaveradi. Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud bo’ladi, chunki narx o’zgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham o’zgaradi. Shu bog’liqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha ta’rif berish mumkin: ma’lum vaqt oralig’ida, narxlarning mavjud darajasida iste’molchilarning tovar va xizmatlar ma’lum turlarini sotib olishga qodir bo’lgan ehtiyoji talab deyiladi. Boshqacha qilib aytganda talab – ‘ul bilan ta’minlangan ehtiyojdir.

Talablar turlicha bo’lib, odatda bir xil tovar yoki xizmatlarga bo’lgan talabning ikki turi farq qilinadi: yakka talab va bozor talabi. Har bir iste’molchining, ya’ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning tovarning shu turiga bo’lgan talabi yakka talab deyiladi. Bir qancha (ko’’chilik) iste’molchilarning shu turdagi tovar yoki xizmatga bo’lgan talablari yig’indisi bozor talabi deyiladi.

Hozirda iqtisodiy adabiyotlarda talabning turli ko’rinishlari ajratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, ishlab chiqarish omillariga talab (ishlab chiqarish talabi) va iste’mol buyumlariga talab (aholi talabi) farqlanadi.

Shuningdek, haqiqiy (tovar va xizmatlarga haqiqatda namoyon bo’luvchi), qondirilgan (haqiqiy talabning bozorda tovar va xizmat sotib olish orqali qondirilgan qismi) va qondirilmagan (haqiqiy talabning bozorda zarur tovarlarning yo’qligi yoki ular assortimenti va sifatining xaridor talabiga javob bermasligi sababli qondirilmagan qismi) talablar farqlanadi. Qondirilmagan talab turli shakllarda namoyon bo’lishi mumkin: yashirin, joriy, harakatchan, to’’langan talab.

Tovarga bo’lgan talab ko’’lab omillar, masalan, reklamadan foydalanish, moda va didlar, afzal ko’rish, atrof-muhit, tovarlarni qo’lga kiritish imkoniyati, daromad miqdori, naflilik, o’zaro o’rinbosar tovarlar narxi, aholi soni, kelgusidagi narxlarning o’zgarishi va boshqalarning ta’sirida o’zgarishi mumkin. Shunga ko’ra, ekzogen va endogen talab farqlanadi. Ekzogen talab – bu davlat yoki erkin bozor tizimidan tashqaridagi qandaydir kuchning aralashuvi natijasida o’zgargan talab. Endogen yoki ichki talab – bu jamiyatda mavjud bo’lgan omillar ta’sirida jamiyat ichida tarkib to’gan talab.

Talabning hajmini aniqlash uchun, talab hajmi va talab narxi kabi ko‘rsatgichlardan foydalaniladi. Talab hajmi (Qd) – haridorlar joriy vaqtda, joriy joyda, joriy narhlarda xaridorlar sotib olishga tayyor bo‘lgan tovar va xizmatlar xajmi. Talab xajmiga juda ko‘p omillar ta’sir qiladi. Masalan: iste’molchilarning xoxish – istaklari, ularning daromadlari hajmi, mazkur tovarning bozordagi narxi, potensial xaridorlar soni va boshqalar. Talab narxi (Pd) – joriy vaqtda aniq tovar va xizmatlar uchun xaridorlar tomonidan to‘lanadigan maksimal narx. Agarda bozordagi real narx, konkret iste’molchi talabi narxidan past bo‘lsa, unda ortiqcha iste’molchilar paydo bo‘ladi, mazkur tovar va xizmatlar sotib olayotgan shaxs sof foyda oladi. Talab xajmi va uni aniqlab beruvchi omillar o‘rtasidagi hajm jihatidan bog‘liqlik talab funksiyasi deb nomlanadi. Talab xajmining bozordagi narxga bog‘liqligining grafik chizmasi talab egri chizig‘i deyiladi. Talab egri chizig‘i Talab hajmi va talab narxi o‘rtasidagi teskari bog‘liqlik talab qonuni deyiladi. Bu qonunning mohiyati shundaki, arag biror bir tovarga bo‘lgan narx pasaysa, unga bo‘lgan talab ortib boradi, teskarisi, agar narx oshib borsa, talab xajmi pasayadi. Talab qonuni ikki o‘zaro bog‘langan samaralar bilan tushuntiriladi: Daromad samarasi va o‘rnini bosish samarasi. Narxlarni qisqarishi, bir tomondan, real sotib olish qobiliyatini oshiradi. Inson mavjud tovarlarni kamroq, arzonroq, sotib olishi mumkin, shu orqali unda boshqa narsalar sotib olish uchun qo‘shimcha daromad paydo bo‘ladi - daromad samarasi. Boshqa tomondan, insonlar qimmat tovarning arzoni bilan almashtirishga harakat qiladilar, natijada yana tovarga bo‘lgan talab oshib boradi – o‘rnini bosish samarasi. Talab xajmining o‘zgarishi – tahlil qilinayotgan tovarning boshqa parametrlari o‘zgarmagan xolatida, hajmining o‘zgarishidir. Talabning o‘zgarishi - bir yoki bir necha narxga bog‘liq bo‘lmagan omillar o‘zgarishi natijasida talabning o‘zgarishi. Talabning narxga bog‘liq bo‘lmagan muhim omillariga quyidagilarni kiritish mumkin:

1. Iste’molchilarning xohish va istaklari;

2. Iste’molchilarning daromadlari;

3. Iste’molchilarning soni;

4. Boshqa tovarlarga bo‘lgan narxlar;

5. Yaqin kelajakdagi iqtisodiy o‘zgarishlar.

Bularga mos ravishda tovarni ham shartli ravishda quyidagilarga ajratish mumkin:

1. Neytral tovarlar – asosiy tovarga nisbatan kam darajada ta’sir ko‘rsatuvchi tovarlar. Masalan choy.



2. O‘rnini bosuvchi tovarlar – asosiy tovarga raqobatbardosh bo‘lgan tovarlar. Masalan: kofe o‘rniga choy.

3. To‘ldiruvchi xarakterdagi tovarlar – asosiy tovarni to‘ldiruvchi tovarlar. Masalan: choy va kofeni to‘ldiruvchi shakar. Insonlarning xaridiga ta’sir etuvchi omillarga qarab, bozor talabini quyidagilarga ajratish mumkin: - funksional talab, tovarning iste’molchilik sifatlarini taqozo etuvchi talab - nofunksional talab, iste’molchilik xarakteristikalaridan tashqari, boshqa omillarni ham taqozo etuvchi talab. Ommaviy iste’mol samarasi deganda, tovarga bo‘lgan individual talabning oshib borishi natijasida unga bo‘lgan bozor talabi kengayib borishi tushuniladi. Ommaviy iste’mol insonlarni zamondan ortda qolmaslikka ijtimoiy doiraga mos kelishga intilishini ko‘rsatadi. Snob samarasi ommaviy iste’mol qilinayotgan tovarga individual talabning qisqarishi tushuniladi. Bu samara iste’molchilarni ommadan ajralib turishga xarakat qilishida, individuallikka intilishida ko‘zga tashlanadi. Kamyob san’at asarlari, qimmatbaho sport mashinalari va zamonaviy kiyim-kechaklar snob tovarlari deyiladi. Ularni xarid qilish, yagona birlikdagi tovarlarga egalik qilish, individuallikka intilish hisoblanadi. Ko‘rgazmali iste’mol samarasi bu shunday paradoksal holatki, bunda tovarlarga bo‘lgan talab ularni boshqa (o‘ziga o‘xshash) tovarlarga nisbatan yuqori narxda bo‘lganligiga sabab oshib boradi. Bunga sabab bu tovarni yuqori obro‘-e’tiborga ega, elita ko‘rinishida bo‘lganligidir. Bu holatni ilk bor amerikalik iqtisodchi Torsten Veblen aniqlagan va o‘z asarida aks ettirgan. Bozordagi taklif Agarda bozordagi iqtisodiy holatni tavsiflovchi taklif ko‘rib chiqilmasa, bozor mexanizmining tahlili bir tomonlama bo‘lib qoladi. Bozordagi talab xaridorlar tomonidan o‘rganilgan bo‘lsa, taklif sotuvchilar tomonidan o‘rganiladi. Ana shunda, bozor mexanizmi to‘liq tahlil qilinadi va ijobiy natijalarga erishiladi. Taklif - joriy vaqtda bozorda mavjud va sotuvchilar (ishlab chiqaruvchilar) tomonidan joriy narxlarda sotishga tayyor tovar va xizmatlar yig‘indisidir. Taklif xajmi Qs - joriy vaqtda bozorda sotuvchilar (ishlab chiqaruvchilar) tomonidan joriy narxlarda sotishga tayyor tovar va xizmatlar xajmi, soni. Ularning xajmi doimiy ravishda ishlab chiqarish va sotish xajmi bilan bir xil bo‘lavermaydi. Bir tomondan, agar bozordagi narx sotuvchilar tomonidan o‘zlarining xarajatlarini qoplash maqsadida belgilanadigan bo‘lsa, taklif xajmi real ishlab chiqarishga nisbatan ancha past bo‘ladi. Boshqa tomondan, davlat tomonidan biror-bir tovar yoki mahsulotga o‘rtatib qo‘yilgan yuqori narxlar ishlab chiqaruvchi firmalarda katta qiziqish uyg‘otishi mumkin va bu orqali taklif oshib boradi, biroq, xaridorlar va sotuvchilar xatti-xarakati orqali belgilanadigan sotuv xajmi nisbatan past bo‘lishi mumkin. Taklif narxi - joriy vaqtda, joriy joyda, mavjud tovarga sotuvchi tomonidan qo‘yiladigan minimal narx. Bozor kon’yunkturasini tahlili natijasida taklifni bozor va individual taklifga bo‘lish mumkin. Bozor taklifining xajmini alohida ishlab chiqaruvchilar takliflarni mavjud narxlar asosida qo‘shish orqali aniqlash mumkin. Bunda ishlab chiqruvchi tomonidan foydalaniladigan boshqa omillar (resurslar narxi) narxlari o‘zgarmas deb olinadi. Taklif xajmi nafaqat narxga balki, bozor kon’yunkturasining boshqa parametrlariga ham bog‘liq. Bu bog‘liqlik taklif funksiyasi deb ataladi. Uning grafik ko‘rinishi taklif egri chizig‘i hisoblanadi. Aksariyat bozorlar uchun taklif egri chizig‘i o‘sib boruvchi xarakterga ega, chunki bozordagi narx qanchalik yuqori bo‘lsa, ishlab chiqaruvchi firmalar mazkur tovarni ko‘proq ishlab chiqarish va sotishni istaydilar. Narxlarning yanada yuqorilab borishi firmalarga qo‘shimcha ishchi kuchi olish evaziga o‘z ishlab chiqarishlarini yanada kengaytirish va daromadlarini oshirishlariga turtki bo‘ladi. Taklif xajmi va narxi o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik taklif qonuni deyiladi. Agarda biror-bir tovarga bo‘lgan narx o‘sib borsa va bunda boshqa parametrlar o‘zgarmas xolda qolsa, unda mazkur tovarga bo‘lgan taklif xajmi oshib boradi. Taklif qonuni universal xarakterga ega emas, bozor sharoitida ayrim istisnolar ham bo‘lishi mumkin. Taklif xajmining o‘zgarishi – ko‘rib o‘tilayotgan tovarning narxini o‘zgarishi va bozor kon’yunkturasining boshqa omilarining o‘zgarmagan holatida taklif egri chizig‘ining o‘zgarishi tushuniladi. Taklifning o‘zgarishi – tahlil qilinayotgan tovarning narxini o‘zgarmas holatida yuqoridagiga qarama-qarshi, ya’ni, boshqa narxga bog‘liq bo‘lmagan omillarning o‘zgarishi tushuniladi.

Taklifning narxga bog‘liq bo‘lmagan omillariga quyidagilarni kiritish mumkin:

1. Ishlab chiqarish xarajatlari

2. Soliqqa tortish darajasi

3. Ishlab chiqrishning texnologik darajasi

4. Ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy kutishlari (istiqbollari)

5. Ishlab chiqaruvchilar soni

6. Raqobatchi tovarlarga bo‘lgan narxlar

Talab va taklif muvozanati Bozor muvozanati – iqtisodiy sub’ektlarni qoniqtiradigan va unga xech qanday o‘zgartirish kiritishni talab etmaydigan bozor xolati. Talab yoki taklifning narxga ta’sir ko‘rsatmaydigan omilari ta’siri natijasida muvozanatning birlamchi parametrlari o‘zgarishi va yangi darajaga chiqishi mumkin. Erkin sharoitida bozor mexanizmi muvozanat shakllangunga qadar narxlar o‘zgarishini ta’minlab turadi. Muvozanat nuqtasida tovarning defisiti ham ortiqchasi ham, narxlar tomonidan bosim ham bo‘lmaydi. Real bozor sharoitida talab va taklif doimiy ravishda bir-birini taqozo qilib kelmaydi, biroq muvozanatni ta’minlash tendensiyasi mavjud. Bozor muvozanati barqaror deb tan olinadi, agarda bozor o‘zining ichki omillari evaziga oldingi holatiga qayta oish qobiliyatiga ega bo‘lsa. Bu holatda bozorning o‘z-o‘zini boshqarish mexanizmi ishga tushadi. Agar bozor barqaror bo‘lsa, davlat uning faoliyatiga aralashmaydi, agar u izdan chiqsa, davlatning aralashuvi shart va zarur bo‘lib qoladi. Bozorni tahlil qilish natijalari shuni ko‘rsatdiki, bu yerda asosiy omil vaqt omili qisoblanadi. Vaqt omiliga bo‘yicha muvozanatning turli modellari kelib chiqadi. Masalan, statistik va dinamik modellar. Talab va taklif omillarini kompleks tadqiq qilish aniq bir tovar yokii xizmatlar bozorining sifatli tahlilini va bozor kon’yunkturasini qisqa va uzoq muddatli kelajakda bashoratlash imkonini beradi.
2.Assimetrik axborotlar bozori
Axborot assimetriyasi bozorning ichki xususiyatidir. Uning namoyon bo'lish xususiyatlariga ko'ra, assimetriyaning ikki turini ajratish mumkin – yashirin xususiyatlar va yashirin harakatlar. Yashirin xususiyatlar. Ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar har doim xaridorlarga qaraganda mahsulot yoki xizmatning xususiyatlari haqida ko'proq ma'lumotga ega. Bundan tashqari, ayrim tovarlarning xususiyatlari, ularni iste'mol qilish paytida ham baholanmaydi.


Download 32,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish