Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash kerakki, Xo'jalik yurituvchi subyektlar daromadlarining nazariy asoslari Firma daromadini turlari va ularni aniqlash yo’llari Firma daromadini oshirish yo’llari tahlili.Pandemiya sharoitda O’zbekistonda davlat tomonidan firmalar qo’llab quvvatlash siyosati korip chiqdik
Hisobot davrining daromadlari va daromadlarining asosiy qismi qaysi manbadan olinganligini aniqlash uchun tushum manbalari bo'yicha daromadlarni aniq tasniflash zarur. Sotishdan tushgan tushum tovarlar, ishlar, xizmatlar sotishdan olingan daromadlar, shuningdek mulkiy va mulkiy huquqlarni sotishdan tushgan tushumlar hisobiga olinadi.
Daromadning bunday turlari kompaniyaning daromadlari tarkibida asosiy bo'lib qolishi kerak, negaki bu maqsad uchun u yaratilgan. Biroq, sotishdan olingan daromadlarni dastlabki bosqichda prognoz qilish qiyin. Bozor raqobati sharoitida bitta mijozning (xaridorning) yo'qolishi savdo daromadlarining pasayishiga olib keladi. Shuning uchun, bugungi kunda olgan daromad miqdori ertaga bir xil natijaga erishishingizga kafolat bermaydi.
Mavjud mijozlarni saqlab qolish va yangi ish joylarini jalb qilish uchun, ayniqsa, biznes boshlanishida ushbu daromadni korxonangizni yanada rivojlantirishga sarflash juda muhimdir. Bozor iqtisodiyoti taqsimlash munosabatlari sohasidagi sodir bo‘layotgan jarayonlarni nazariy jihatdan qayta tushunishni talab qiladi. Bu eng avvalo, ―aholi daromadlari‖ tushunchasining ta‘rifi, uning tabaqalanishiga va yuzaga kelgan aholi tabaqalanishiga, aholining turmush darajasidagi o‘zgarishlarning yo‘nalishlarini kuzatib borishga, aynan bir xil davlat daromadlar siyosatini o‘tkazish asosida daromadlarning yuzaga kelishi va o‘sishi masalalarini ko‘rib chiqishni taqozo etadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholi daromadlari tarkibida qator o‘zgarishlar sodir bo‘ldi:
birinchidan, daromadlar shakllari o‘zgardi, ya‘ni an‘anaviylariga (ish haqi, pensiya, nafaqa, stipendiya) tadbirkorlik faoliyatidan, mulkdan, ko‘chmas mulkdan, qimmatli qog‘ozlardan, chet el valyutasidan keladigan daromadlar qo‘shildi;
ikkinchidan, daromadlarning miqdor va sifat tarkibiy qismlari o‘zgardi, haqiqiy egalik qilinayotgan daromadlar, to‘planish va ajralish koeffisiyenti, daromad tanqisligi, tirikchilik minimumi, qashshoqlik darajasi, aholi pul daromadlarining xarid qobiliyati kabi xususiyatlar paydo bo‘ldi.
uchinchidan, daromadlardan foydalanishning yangi yo‘nalishlari qo‘shildi: majburiy to‘lovlar va badallar, chet el valyutasini, qimmatli qog‘ozlarni, shaxsiy mulkni sotib olishga xarajatlar, tijorat banklariga qo‘yilmalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |