Toshkent moliya instituti «iqtisodiyot» kafedrasi «makroiqtisodiyot. MIKROiqtisodiyot»



Download 39,57 Kb.
bet1/3
Sana01.08.2021
Hajmi39,57 Kb.
#135476
  1   2   3
Bog'liq
А. Эргашов. ММ-50К. Курс


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS

TA'LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

«IQTISODIYOT» KAFEDRASI

«MAKROIQTISODIYOT. MIKROIQTISODIYOT» fanidan

KURS ISHI

Mavzu: O’zbekiston Respublikasining soliq siyosati.

Bajardi:Moliya fakulteti,kunduzgi bo'lim, MM-50K guruh talabasi.A.Ergashov

Tekshirdi:


Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana

«____» _______2021 y.




Kurs ishi taqrizdan qaytarilgan sana

«____» _______2021 y.

Kurs ishi himoya qilingan sana

_________________________(imzo)_____________'>«____» _______2021y.

Baho«_____» _________

___________

(imzo)

___________

(imzo)

___________

(imzo)

Komissiya a'zolari:

__________________

__________________

__________________



TOSHKENT – 2021






Reja

  1. Soliq siyosati: mohiyati, maqsadlari, vositalari.

  2. O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi.

  3. O’zbekiston Respublikasining amaldagi soliq tizimidagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo’llari.


Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar



























































KIRISH


Mamlakatda olib borilayotgan keng qamrovli iqtisodiy islohatlarni amalga oshirishda avvalambor soliq siyosatini yanada takomillashtirish, soliqlarning turlari va ularning amal qilish mexanizimini soddalashtirishning muhim masalalaridan hisoblanadi.

Mamlakatimizni iqtisodiy rivojlantirish, uzoq muddatli strategik maqsadlarni amalga oshirishda O’zbekistonning jahon bozoridagi raqobatdoshligini oshirish va mavqeini mustahkamlashga yo’naltirilgan tarkibiy o’zgarishlar, zamonaviy yuksak texnologiyalarga asoslangan eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlaydigan ishlab chiqarishlarni jadal rivojlantirish asosiy ustuvor yo’nalishlardan biri ekanligiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

2021 yilga mo‘ljallangan soliq siyosatida asosiy soliq stavkalarini saqlab qolish, aksiz solig‘i, yer solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalarini Soliq kodeksiga kiritish, 73 xil tovarga aksiz solig‘ini bekor qilish, eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash va boshqa choralar ko‘zda tutilgan. Qonun loyihasi Moliya vazirligi tomonidan tayyorlangan.

Moliya vazirligining xabar berishicha, 2021 yilgi soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlarida QQS (15%), foyda solig‘i (15%, alohida toifalar uchun 20%), jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (12%), yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i (2%), qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun yer solig‘i (0,95%), ijtimoiy soliq (xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar — 12% va byudjet tashkilotlari — 25%), aylanmadan olinadigan soliq (bazaviy stavka 4%) stavkalarini saqlab qolinishi nazarda tutiladi.

Shu bilan birga, 2021 yilgi soliq siyosati Soliq kodeksining to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishini, eksport qiluvchilarni yanada qo‘llab-quvvatlashni, soliq yukining adolatli taqsimlanishini va tabiiy resurslaridan samarali foydalanilishini oshirilishini ta’minlashni nazarda tutuvchi soliq islohotlarini davom ettirishga qaratilgan, deyiladi xabarda.

Qonun loyihasida Soliq kodeksi tarkibiga aksiz solig‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va qat’iy belgilangan miqdordagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining stavkalarini, shuningdek ushbu stavkalarni qo‘llash bilan bog‘liq ayrim normalar kiritilishi nazarda tutilgan.

Shulardan kelib chiqqan holda mamlakatimizda iqtisodiyotni modernizatsiyalash va raqobatbardoshliligini oshirishga qaratilgan keng ko’lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.



Jumladan, iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo’llab-quvvatlash bo’yicha, birinchi navbatda, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, mustahkam hamkorlikni yo’lga qo’yish, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ichki talabni rag’batlantirish yo’nalishida quyidagilarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi:

  1. Soliq yukini engillashtirish, soliqqa tortish tizimini soddalashtirish va unifikatsiya qilish bo’yicha xo’jalik tuzilmalarini qo’llab-quvvatlash maqsadida tegishli choralar ko’rish.

  2. Davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash maqsadida ayrim toifadagi korxonalarning soliq qarzdorliklarini to’lov muddatlarini uzaytirish hamda restrukturizatsiya qilish.

  3. Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tashkil etish hamda faoliyatini amalga oshirish bilan bog’liq protseduralarni soddalashtirish va xarajatlarni kamaytirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan davlat byudjeti loyihasini tayyorlash jarayonida soliq yukini bosqichma-bosqich kamaytirish nazarda tutilmoqda. Bu esa byudjet-soliq siyosati sohasidagi qarorlarning samarali bo’lishini, daromadlar va xarajatlarni rejalashtirishda ilmiy asoslangan va tahlil etilgan iqtisodiyotning turli sohalarini barqaror rivojlantirishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni aniq mezonlar asosida ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etishni talab qiladi.

Shuningdek, davlat moliyasini strategik taxminlashtirishda fiskal va iqtisodiy funktsiyalarning muvofiqligini ta’minlash borasidagi mavjud muammolarni bartaraf etish barqaror soliq siyosatini amalga oshirish uchun xizmat qiladi.

  1. Soliq siyosati: mohiyati, maqsadlari, vositalari.

Soliq siyosati haqida so’z yuritar ekanmiz, biz uning nihoyatda ko’p qirrali va murakkab kategoriya ekanligini alohida ta’kidlashimiz kerak. Hozirgi kunga qadar soliq siyosati tushunchasi borasida yagona fikr mavjud emas. Masalan, g’arb iqtisodchilari Stenli Fisher, Rudiger Dornbush va Richard Shmalenzilarning fikricha, soliq siyosati mustaqil tushuncha hisoblanmaydi. Ular soliq siyosati tushunchasiga fiskal siyosat tushunchasi orqali yondoshadilar. Fiskal siyosat esa davlatning o’z daromadlari va xarajatlari bo’yicha qaror qabul qilishi bo’lib hisoblanadi, - deb ta’kidlashadi.

Soliq siyosati davlat iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi bo’lib, uni falsafiy kategoriyaga taqqoslaydigan bo’lsak, u ustqurmaga taalluqlidir. Ma’lumki, har qanday jamiyatda ham davlat biron-bir maqsadga erishish, oldiga qo’yilgan vazifa va majburiyatlarni bajarish uchun moliyadan keng foydalanadi. Soliq siyosati qo’yilgan maqsadlarni hayotga tadbiq etish uchun bajarilishi lozim bo’lgan vazifalarni tashkil etishda asosiy rol o’ynaydi. Uni ishlab chiqish jarayoni va hayotga tadbiq etishda, jamiyat oldida turgan vazifalarni bajarish sharoitlarini ta’minlab, iqtisodiy manfaatlarga ta’sir ko’rsatadigan qurol sifatida namoyon bo’ladi.

Soliq siyosatining asosiy yo’nalishi moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, moliyaviy tizim sohalari o’rtasida qayta taqsimlash va bosh yo’nalishga ega bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni barqarorlashtirish maqsadida davlat ixtiyoridagi moliya resurslarini markazlashtirishdan iboratdir.

Xorij iqtisodiy maktabining Kempbell R.Makkonell va Stenli L.Bryu kabi namoyondalari ham shunga o’xshash fikrlarni bildirib, moliyaviy-byudjet va fiskal siyosat tushunchalarini bir o’ringa qo’yishadi.

Professor V.V.Lavrovning fikricha, soliq siyosati ishlab chiqarishni hisobga olish va nazorat qilish, mehnat sifati va mahsulotlarni taqsimlash bilan bevosita bog’liq.

Rus olimi I.V.Levchuk soliq siyosatining ishlab chiqarishni rivojlantirishdagi katta rolini ko’rsatib, u birinchi navbatda, moliyaviy mablag’larni taqsimlash va foydalanishda markazlashtirish va demokratik boshqarishni tashkil etishda xizmat qiladi, deydi.

Shuningdek, rus iqtisodchi olimi M.K.Sheremetev o’zining «Finansi» asarida soliq siyosatiga quyidagicha tushuncha beradi: birinchidan, soliq siyosati

– bu moliyadan foydalanish bo’yicha davlatning asosiy yo’nalishidir; ikkinchidan, mamlakat iqtisodining ichida ro’y beruvchi moliyaviy jarayonlarning natijasidir.

Yuqoridagilarga asoslanib, soliq siyosati – bu aholining hayot darajasini oshirish maqsadida moliyaviy mablag’larning davlat tomonidan tartibga solinishidir, - deb aytishimiz mumkin.

Soliq siyosati haqida fikr yuritganimizda, uning turlariga alohida to’xtalib o’tishimiz lozim bo’ladi. Hozirgi kunda soliq siyosati turlarini quyidagicha guruhlash mumkin:

- iqtisodiy o’sish siyosati;

- muvozanatlashtirish siyosati;

- chegaralash siyosati.

Soliq siyosatining yuqorida keltirib o’tilgan turlari milliy daromad hajmini va aholi bandligi darajasini oshirishga, davlat xarajatlari tizimini nazorat qilish, soliqlar vositasida iqtisodiyotni tartibga solish, byudjet-soliq siyosati yaxlitligini ta’minlashga xizmat qiladi.Moliya tizimida davlat byudjeti asosiy o’rinni egallaydi. Byudjet juda keng qamrovli tushuncha bo’lib, u mamlakat iqtisodiy siyosatini boshqarishda asosiy moliyaviy reja sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.

Soliq siyosati davlatning byudjet daromadlarini optimal shakllantirish va davlat xarajatlarini oqilona sarflash uchun soliq olishni takomillashtirish sohasidagi siyosati tushuniladi. Ayni paytda, soliq siyosati ishlab chiqarishni o’stirishga va uning samaradorligini oshirishga, soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar daromadlarini ko’paytirishga qaratilgan bo’lishi lozim.

Soliq siyosatining xususiyati shundan iboratki, u nafaqat davlatning daromadlar bazasini ta’minlash va kelib tushgan pul mablag’larini xarajat qilish, balki jamiyatda makroiqtisodiy barqarorlikni hamda inflyatsiyaning past darajasini, aholining optimal bandligini ta’minlashi zarur.

Soliq siyosati tor ma’noda makroiqtisodiy barqarorlik va mustahkam iqtisodiy o’sish, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni ta’minlash, tashqi iqtisodiy faoliyatni va bosqichma-bosqich valyuta bozorini erkinlashtirish, aholining barqaror moddiy farovonligini ta’minlash va ijtimoiy himoyasini oshirish kabi umumdavlat makroiqtisodiy vazifalarini ta’minlashga yo’naltirilgan.

Soliq siyosatini amaliyotda amalga oshirish nuqtai nazaridan birlamchi vazifalar o’rtasida to’g’ri muvofiqlikni aniqlash muhim hisoblanadi.

Boshqacha aytganda, soliq siyosati doirasida umumiy strategiyani ishlab chiqish bilan bir qatorda navbatdagi amalga oshiriladigan aniq chora-tadbirlarga faqat to’g’ri urg’u berish orqali muvaffaqiyatga erishish mumkin.

Bozor munosabatlariga o’tishning muayyan bosqichi vazifalariga mos ravishda byudjet-soliq siyosati instrumentlari ham o’zgarib boradi. Milliy iqtisodiyotimizni isloh qilishning bugungi kundagi eng muhim vazifalaridan biri davlat byudjeti daromad va xarajatlari muvofiqligini ta’minlashga qaratilgan.

Davlat byudjet-soliq siyosatining strategik vazifasi davlat xarajatlarini tuzilmaviy qayta qurishni, daromadlarning yangi manbalarini izlab topishni, iqtisodiy mustaqillikni va oxir-oqibatda aholi farovonligining oshishini ta’minlash uchun rivojlanayotgan bozor iqtisodiyoti mexanizmlariga maqsadli ta’sir ko’rsatishni yo’naltirishdan iborat. Bunda byudjet-soliq siyosati davlatning byudjet daromadlarini byudjet xarajatlari tarkibiy tuzilishining o’zgarishiga qarab shakllantirish, daromadlarni oqilona sarflash mexanizmini ishlab chiqish sohasidagi siyosat tushuniladi.

Davlat byudjet siyosati davlat daromadlari va xarajatlarini ratsional shakllantirish, byudjet bo’g’inlari o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solish hamda mahalliy byudjetlar manfaatlarini muvofiqlashtirib turishni ta’minlashi lozim. Ayni paytda, byudjet-soliq siyosati ishlab chiqarishni o’stirishga hamda uning samaradorligini oshirishga, soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar daromadlarini ko’paytirishga qaratilgan bo’lishi lozim.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida soliq siyosatining asosiy vazifasi iqtisodiyotda ishlab chiqarish darajasining pasayib ketishiga yo’l qo’ymaslik, ishlab chiqarishni rag’batlantirishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish bo’lib hisoblanadi Buning uchun soliq siyosati sohasida soliq stavkalarini pasaytirish, yangi investitsiyalar uchun soliq imtiyozlarini berish, tezlashtirilgan amortizatsiyani qo’llash kabi tadbirlar amalga oshiriladi.

O’zbekistondagi soliq siyosatining xarakterli xususiyatlari sifatida quyidagilarni ajratish mumkin:

-hukumat ijtimoiy-iqtisodiy va byudjet-soliq siyosatining o’zaro bog’langanligi va bir-birini to’ldirishi;

-soliq siyosatining makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy yuksalishini rag’batlantirishga erishish hamda uni mustahkamlashga yo’naltirilganligi;

-soliq yig’imini oqilona usulda tashkil etish va soliqlarning rag’batlantiruvchi rolini ta’minlash;

-byudjet xarajatlarining ijtimoiy maqsadlarga yo’naltirilganligi.

Bir butun olgan mamlakat hukumati tomonidan o’tkazilayotgan soliq siyosati davlat xazinasi bilan soliqlarning rag’batlantiruvchi roli va byudjet xarajatlarining eng maqbul tuzilmasi o’rtasidagi o’zaro nisbatning samaradorligiga erishish imkonini yaratdi. O’z navbatida, daromadlar bo’yicha byudjetning barqaror va to’laqonli ijrosi byudjetda belgilangan barcha tadbirlarni o’z vaqtida va to’la moliyalashtirishni ta’minlaydi. Makroiqtisodiy jihatdan esa davlatning samarali byudjet-soliq siyosati investitsiya iqlimini yaxshilash, moliyaviy barqarorlik, pul va moliya bozorlari rivoji, korxonalarni moliyaviy sog’lomlashtirish va aholining real daromadlari o’sishiga imkon beradi.

Soliq tadbirlari byudjet tadbirlarini to’ldirib turadi va ular birgalikda talab majmuasini rivojlantirishga, natijada esa ishlab chiqarishni ham rivojlantirishga olib keladi. Byudjet-soliq siyosati pul-kredit siyosati kabi izchil soliq siyosat yuritishni taqozo etadi. Ular quyidagilardan iborat:



      1. Iqtisodiy holatni ko’tarish davrida davlat byudjet-soliq va pul-kredit siyosatida qarama-qarshi tadbirlarni mujassamlashtirgan tutib turish siyosatini o’tkazadi. Ushbu davrdagi byudjet-soliq siyosati soliqlar stavkasining ko’tarilishi, davlat xarajatlarining qisqarishi, amortizatsiya siyosatini o’tkazish doirasida chegaralanishlar bilan xarakterlanadi;

      2. Moliyaviy barqarorlikni ta’minlash. Buning uchun, eng avvalo, iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli o’tkazishning asosi sifatida pul muomalasini barqarorlashtirish bo’yicha zarur choralar ko’rish darkor. Faqat barqaror pul tizimi yaratilgan sharoitdagina xo’jalik mexanizmining barcha qatnashchilari va tashkiliy qismlari o’rtasida aloqalar o’rnatish mumkin;

      3. Investitsion faollikni rivojlantirish va uning milliy daromaddagi ulushini ko’paytirish;

      4. Byudjetning davlat dotatsiyalari bo’yicha alohida moddiy ishlab chiqarish sohalariga ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish. Xarajatlar orqali byudjet, iqtisodiyotni boshqarish va rivojlantirishning muhim dastagi bo’lib xizmat qiladi;

      5. Byudjetning daromad bazasini, soliqqa tortishni takomillashtirish va soliqlarni to’liq to’lanishi bo’yicha nazoratni kuchaytirish hisobiga barqarorlashtirish.

Soliqlar orqali korxonalar faoliyatini rag’batlantirish raqobatbardoshlikni oshiradi, kapital yig’ilishi uchun qulay sharoit yaratadi. Bunda turli soliqlardan imtiyozlar berilib, iqtisodiy rivojlanish uchun zamin yaratiladi;

      1. Davlat xarajatlarini maqsadli va samarali tashkil qilinishi bo’yicha moliyaviy nazorat tizimini shakllantirish.

Hozirgi kundagi eng dolzarb masalalardan biri bu byudjet daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi mutanosiblikni ta’minlashdan iborat. Bunda asosiy o’rinni byudjet-soliq siyosati yaxlitligiga erishish masalasi egallaydi.

Soliqlar yordamida tartibga solish har qanday mamlakatning xo’jalik hayotini, ya’ni ishlab chiqarish tarkibi, sarmoya jamg’arish hamda shaxsiy iste’molni qamrab oladi, chunki soliq siyosatining o’zgarishi mamlakat iqtisodiyotining ta’sirchan vositasidir. Bunday tartibga solishning asosiy maqsadi bo’lib, korxonalarning ichki va tashqi faoliyati uchun (ayniqsa, investitsiya mablag’larini joylashtirish uchun) qulay soliq iqlimini yaratish hamda sarmoya harakatini tarmoq va mintaqaviy yo’nalishlarda rivojlantirishni rag’batlantirish uchun shart-sharoitlarni ta’minlash hisoblanadi. Soliq siyosati yordamida tartibga solish har doim ham samarali natijalar beravermaydi, bunga mavjud iqtisodiy vaziyatni to’g’ri baholamaslik, uzoq muddatli strategik taxminlashtirishni noto’g’ri belgilash, soliq yukining taqsimlanishdagi nomutanosiblik sabab bo’lishi mumkin.

Soliq siyosati asosiga byudjetga soliq tushumlari hajmlarini soliq stavkalarini oshirish hisobiga emas, balki ishlab chiqarishni tegishli tarmoqlarini va mahsulotning ustuvor turlarini rag’batlantirish vositasida soliq solish bazasini ko’paytirishga imkon yaratadigan choralar hisobiga oshirish zarurligiga asosiy e’tiborni qaratish lozim.

Soliq siyosati soliqlarning jamiyatdagi rolini belgilaydi. Soliqlarning ustqurma tartibining sub’ektiv hodisasi sifatidagi ahamiyati davlat faoliyati bilan chambarchas bog’liq. Ushbu ahamiyat doimiy harakatda bo’lib, butun xalq xo’jaligining manfaatlari va maqsadlarini jamlama ko’rinishda aks ettirilgan holda davlat siyosatini o’zgarishiga bog’liqdir.

Davlatning soliq siyosati vaqt davrlari muammosi bilan to’qnash kelishi mumkin.Odatda, iqtisodchilar makroiqtisodiy vaziyatni batafsil ta’riflaydigan statistik ma’lumotlarni ba’zan 3-6 oy kechikib oladilar. Tabiiyki, bunday vaziyatda har qanday qarorlar kechikadi.

Soliq siyosati uzoq davom etadigan ichki davr bilan ta’riflanadi: soliq qonunlaridagi yoki davlat xarajatlari tarkibidagi o’zgarishlar, odatda, hokimiyatning qonun chiqaruvchi organi tomonidan tasdiqlanishi kerak. Bu esa ko’p vaqtni talab qiladigan turli xil ma’muriy rusum-qoidalar: qonun loyihasini tayyorlash, uni muhokama qilish va kelishib olish, parlament tomonidan qabul qilinishi, Prezident tomonidan tasdiqlanishi va boshqalar bilan bog’langan.

Ko’pincha soliq siyosatini amalga oshirishda funktsional kechikish yuz beradi: qaror qabul qilinishi bilan uning ijrosi ko’p vaqt o’tishiga to’qnash keladi.

Shunday qilib, vaqt davrlari mavjudligi soliq siyosatining samaradorligini pasaytiradi.

Soliq siyosatini amalga oshirish turli xil siyosiy muammolar bilan to’qnash kelishi mumkin. Hukumat faoliyati, makroiqtisodiy barqarorlashtirishdan tashqari, barqarorlashtirish vazifasiga zid kelishi mumkin bo’lgan boshqa maqsadlarni ham ko’zlaydi. Soliq siyosatidan juda tez sof siyosiy natijalarga erishish (hokimiyat tepasiga kelish, hokimiyatni qo’ldan boy bermaslik) uchun foydalaniladi. Soliq yukining kamayishi davlat xarajatlarining ko’payishi, odatda, turli xil saylovoldi tadbirlari boshlanishi bilan muvofiq kelishi avvaldan ko’zga tashlanib keladi. Bundan tashqari, soliq siyosati doimo hammaning ko’z o’ngida, saylovchilar madadiga tayanmoqchi bo’lgan siyosatchilar (hatto buni iqtisodiy zarurat talab qilgan taqdirda ham) soliqlarni ko’paytirishga yoki ijtimoiy ehtiyojlar uchun xarajatlarni kamaytirishga jur’at eta olmaydilar.

Faol makroiqtisodiy siyosatning hozirgi ba’zi muxoliflari o’z dalil- isbotlarida «Lukas tanqidi» (ratsional kuzatishlar nazariy maktabining asoschisi R.Lukas nomi bilan atalgan) degan kontseptsiyadan foydalanadilar.

Lukas tanqidi shundan iboratki, iqtisodiy siyosat natijalarini baholash usullarini uning iqtisodiyot sub’ektlari umidlarini shakllantirishga ta’sirini hisobga olmaydi. Vaholanki, ushbu umidlar ulkan o’rin egallab, makroiqtisodiy siyosatni ko’pincha ma’nosiz qilib qo’yadi. Chunonchi, hukumat tomonidan rag’batlantiruvchi siyosat o’tkazilganda iqtisodiyot sub’ektlari muayyan vaqt o’tgandan so’ng inflyatsiya sakrashi yuz berishini tushunadilar. Shuning uchun ular o’z rejalarini yangi vaziyatni hisobga olib tuzadilar. Soliqlar kamaytirilishi yoki davlat rejalarini o’stirish to’g’risida axborot olinishi bilanoq resurslarni sotuvchilar inflyatsiyani kutib, ishlab chiqarish omillari narxini oldindan oshiradilar. Tovar va resurslar narxining ortishi iste’molni kamaytirib, iqtisodiyotning rivojlanishiga to’sqinlik qiladi.

Soliq siyosati samarasini pasaytiradigan omillardan quyidagilarni ko’rsatish mumkin:

- narxlarning o’sishi (haqiqatda iqtisodiyotni rag’batlantirishga doir chora- tadbirlar nafaqat real YaMM ko’payishiga, balki inflyatsiyaga ham olib kelishi mumkin);

- siqib chiqarish effekti: soliq stavkalarini kamaytirish milliy jamg’armalarni qisqartiradi va investitsiyalar hajmini kamaytiradi;

- sof eksport effekti: soliqlarni qisqartirish milliy jamg’armalar miqdorini kamaytiradi, ichki foiz stavkasini oshiradi, xorijiy sarmoyalarning qo’shimcha oqib kelishiga olib keladi: natijada mamlakat valyutasining kursi oshadi va sof eksport miqdori qisqaradi.

Bozor islohotlari umumdavlat iqtisodiy va ijtimoiy dasturlarini amalga oshirish uchun respublika miqyosidagi barcha daromadlarni birlashtirish va markazlashtirish, shuningdek, ularga mos keluvchi soliq tizimini tadrijiy isloh qilish zaruriyatini keltirib chiqaradi.

Yuqoridagilardan keklib chiqib, shuni ta’kidlash mumkinki, byudjet daromadlarini ko’paytirishdagi soliq siyosatining echimi soliq tizimi va soliq siyosati bilan bog’liqdir. O’zbekistonning soliq siyosatini rivojlantirishdagi asosiy yo’nalish bu davlat uchun ham, bozor qatnashchilari uchun ham qulay sharoitlarni yaratishdir. Bunda soliq islohotining asosiy maqsadi faqat byudjet daromadlarini ko’paytirish bo’lib qolmasdan, balki ishlab chiqarishni rivojlantirishni, tadbirkorlikni rag’batlantirish va faoliyat samaradorligini ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratimog’i lozim. Bunda quyidagilar ko’zda tutiladi:

- soliqlarni qisqartirish, soliqqa tortish bazasini kengaytirish, soliq stavkalarini pasaytirish yo’nalishlarida soliq qonunchiligini takomillashtirish;

- soliq imtiyozlarini qayta ko’rib chiqish;

- bir xil soliq bazasiga ega bo’lgan soliqlarni birlashtirish;

- soliq qonunchiligiga rioya etish ustidan qat’iy operativ nazoratni joriy etish.

Aytib o’tilgan choralarni amalga kiritish amalga oshirilayotgan soliq siyosati samaradorligini oshiradi hamda soliq tizimini iqtisodiy o’sishga erishish vazifalari bilan muvofiqlashtirishga yordam beradi.



2.O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Soliq yukini izchillik bilan kamaytirish, soliq solish tizimini soddalashtirish va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish iqtisodiyotni tezkor rivojlantirish hamda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilashning muhim shartlari hisoblanadi.

Shu bilan birga, o‘rganishlar natijalari mazkur sohada bir maromda iqtisodiy o‘sishga, ishbilarmonlik va investitsiyaviy faollikni oshirishga, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligi zaruriy darajasini ta’minlashga to‘sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolarni ko‘rsatdi, xususan:

birinchidan, umumbelgilangan soliqlarni to‘lovchilar uchun soliq yuki darajasining yuqoriligi, shuningdek, soliq solishning soddalashtirilgan va umumbelgilangan tizimida soliqlarni to‘laydigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi soliq yuki darajasidagi farqning sezilarliligi;

ikkinchidan, qo‘shilgan qiymat solig‘ini undirishning samarasiz tizimi, soliq to‘lovchilarning aylanma mablag‘larini jalb qiladigan, shuningdek, iste’mol mahsulotining oraliq va yakuniy qiymati qimmatlashishiga olib keladigan hamda yirik va kichik biznes o‘rtasidagi kooperatsiyani rivojlanishiga to‘sqinlik qiladigan majburiy to‘lovlarning mavjudligi;

uchinchidan, soliq to‘lovchilar tomonidan xodimlarning real sonini va mehnatga haq to‘lash fondini yashirishga olib keluvchi mehnatga haq to‘lash fondi soliq stavkalarining yuqoriligi;

to‘rtinchidan, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni soliq va bojxona, shu jumladan, individual xususiyatga ega bo‘lgan imtiyozlar hisobiga qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli amaliyoti, natijada sog‘lom raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi imtiyozlarning samaradorligini nazorat va monitoring qilish tizimining mavjud emasligi;

beshinchidan, davlat organlari va tashkilotlari o‘rtasida axborot almashish mexanizmlarining, elektron soliqlar ma’muriyatchiligi hamda soliq nazoratini amalga oshirishning shakl va uslublarining takomillashmaganligi;

oltinchidan, o‘tkaziladigan nazorat tadbirlarining sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi va insofli tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga aralashishlarni kamaytirishga to‘sqinlik qiladigan nazorat faoliyatini amalga oshirishda xavf-xatarlarni tahlil qilish va boshqarishning aniq tizimi yo‘qligi;

yettinchidan, mahalliy soliqlar va yig‘imlarning ma’muriyatchiligi mexanizmlarining samarasizligi oqibatida ularni yig‘iluvchanlik darajasi yetarli emasligi, shuningdek, ko‘chmas mulk va yer uchastkalarini to‘liq hisobga olish va qiymatini obyektiv aniqlashning mavjud emasligi.

Mavjud tizimli muammolarni bartaraf etish, 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan soliq yukini kamaytirish va soliq solish tizimini soddalashtirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish vazifalarini amalga oshirish maqsadida, shuningdek, keng jamoatchilik muhokamasi natijalari hamda Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki va xalqaro ekspertlarning tavsiyalaridan kelib chiqib:

1. O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:

iqtisodiyotga soliq yukining darajasini kamaytirish, shuningdek, soliq solishning soddalashtirilgan va umumbelgilangan tizimi bo‘yicha soliqlarni to‘laydigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi soliq yuki darajasidagi nomutanosibliklarni bartaraf etish;

soliqlarni unifikatsiya qilish yo‘li bilan ularni maqbullashtirish, o‘xshash soliq solish bazasiga ega bo‘lgan soliqlarni birlashtirish, soliq hisobotlarini qisqartirish va soddalashtirish, operatsion xarajatlarni minimallashtirish;

makroiqtisodiy vaziyatning barqarorligini, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va uning daromadlarini mustahkam shakllantirishni ta’minlash;

soliq qonunchiligini soddalashtirish, soliq munosabatlari sohasida normativ-huquqiy hujjatlardagi ziddiyatlar va qarama-qarshiliklarni bartaraf etish, insofli soliq to‘lovchilarning huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish;

soliq solish masalalarini tartibga soladigan havola qiluvchi normalar va qonun osti hujjatlarini maksimal darajada cheklagan holda soliq qonunchiligining barqarorligini hamda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi normalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishini ta’minlash, shu jumladan, kodeksda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar stavkalari miqdorlarini belgilash;

xorijiy investorlar va investitsiyalar uchun qulay rejimni saqlab qolish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ishonchli huquqiy himoyalash;

soliq nazoratining shakl va mexanizmlarini, shu jumladan, soliq solish obyektlari hamda soliq to‘lovchilarni yanada to‘liq qamrab olish va hisobini ta’minlaydigan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish hisobiga takomillashtirish, transfer narxlarni shakllantirish bilan bog‘liq operatsiyalarga soliq solish tartibini joriy etish.

2. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi doirasida 2019 yil 1 yanvardan boshlab:

a) birinchidan, mehnatga haq to‘lash fondiga soliq yuki quyidagilar orqali kamaytiriladi:

barcha fuqarolar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining yagona stavkasini 12 foiz miqdorida joriy etish, shundan 0,1 foizini shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga yo‘naltirish. Bunda fuqarolarning ayrim toifalari uchun eng kam oylik ish haqining 4 baravari miqdoridagi daromadlarini soliq solishdan ozod qilishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi;

fuqarolarning mehnatga haq to‘lash turidagi daromadlaridan byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ushlab qolinadigan sug‘urta badallarini bekor qilish;

pensiya tizimining barqarorligini ta’minlash maqsadida, byudjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapital)da davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek, boshqa yuridik shaxsning ustav jamg‘armasi (kapital)ning 50 foizi va undan ko‘proq qismi tegishli bo‘lgan ustav jamg‘armasi (kapital)da davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq bo‘lgan yuridik shaxslar hamda ularning tarkibiy tuzilmalari uchun yagona ijtimoiy to‘lov miqdori 25 foiz etib, qolgan yuridik shaxslar uchun 15 foizdan 12 foizgacha pasaytirilgan stavkada belgilash;

b) ikkinchidan, aylanmadan (yalpi tushumdan) soliqlarni optimallashtirish bilan umumbelgilangan va soddalashtirilgan soliqlar to‘lovchilarni soliqqa tortish, shuningdek, soliq solishning soddalashtirilgan tartibiga o‘tish mezonlari quyidagilar orqali takomillashtiriladi:

davlat maqsadli jamg‘armalariga yuridik shaxslarning aylanmasidan (yalpi tushumidan) undiriladigan majburiy ajratmalar bekor qilish;

yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasini 14 foizdan 12 foizgacha, tijorat banklari uchun — 22 foizdan 20 foizgacha pasaytirish, shuningdek, mobil aloqa xizmati ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) uchun, rentabellik darajasidan kelib chiqib ular uchun qo‘shimcha foyda solig‘i hisoblash tartibini bekor qilgan holda 14 foizdan 20 foizgacha oshirish;

dividendlar va foizlar ko‘rinishidagi daromadlar bo‘yicha to‘lov manbaidan ushlab qolinadigan foyda solig‘i stavkasini 10 foizdan 5 foizgacha pasaytirish;

o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yillik aylanmasi (yalpi tushumi) 1 milliard so‘mdan oshgan yoki joriy yil davomida ushbu belgilangan chegaraviy miqdorga yetgan korxonalarni umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tkazish. Bunda yillik aylanmaning (yalpi tushumning) 1 milliard so‘m etib belgilangan chegaraviy miqdori har 3 yilda kamida bir marta qayta ko‘rib chiqiladi;

barcha tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan, aylanmasi (yalpi tushumi) 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan yuridik shaxslar uchun yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni joriy etish;

qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibini, shu jumladan, royalti to‘lashni joriy etish orqali takomillashtirish;

v) uchinchidan, soliq solishning soddalashtirilgan tartibi bo‘yicha soliq to‘lovchilarga soliq siyosatini takomillashtirishning salbiy ta’sirini kamaytirish choralari quyidagilar orqali amalga oshiriladi:

yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasini, bino va inshootlardan, shu jumladan, ilgari xususiylashtirilgan obyektlardan samarasiz foydalanayotgan yuridik shaxslar uchun yuqori stavkada soliq hisoblash tartibini saqlab qolgan holda 5 foizdan 2 foizga pasaytirish;

yillik aylanmasi (yalpi tushumi) 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan soliq to‘lovchilar uchun aylanmadan (yalpi tushumdan) soliqni 4 foiz miqdordagi bazaviy stavkadan kelib chiqib hisoblash va to‘lash tartibini hamda ixtiyoriy ravishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash imkoniyatini belgilash;

yagona yer solig‘i to‘lovchilari uchun amaldagi soliq solish tartibini saqlab qolish.

g) to‘rtinchidan, qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi quyidagilar orqali takomillashtiriladi:

qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘liq hisobga olish tizimini joriy qilish, soliq solish bazasini aniqlashtirish va imtiyozlar sonini kamaytirish, shuningdek, 2019 yil yakuni bo‘yicha mazkur soliq stavkasini pasaytirish orqali qo‘shilgan qiymat solig‘ining 20 foiz miqdordagi amaldagi stavkasini saqlab qolish;

hozirgi vaqtda sotib olinadigan asosiy vositalar, qurilishi tugallanmagan obyektlar va nomoddiy aktivlar narxiga kiritiladigan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olish summalariga kiritish huquqini berish;

tegishli tadbirlarni moliyalashtirish uchun mablag‘larni respublika byudjetiga o‘tkazish yo‘li bilan alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarning har bir ishlab chiqariladigan mahsulot birligiga o‘rnatilgan aksiz va yig‘imlarni birlashtirish.

3. Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi loyihasini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish va samarasiz soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalarini bekor qilish bo‘yicha yangilangan ishchi komissiya tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Bir hafta muddatda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ekspert guruhlari faoliyatini, shu jumladan, ular ishiga soliqqa tortish sohasida amaliy tajribaga ega ekspertlar va biznes vakillarini jalb qilgan holda tashkil etsin;

2018 yil 1 noyabrga qadar samarasiz soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalarini bekor qilish, O‘zbekiston Respublikasining Soliq va Bojxona kodekslariga muvofiq doimiy amalda bo‘ladigan soliq hamda bojxona imtiyozlarini taqdim etish tartibini joriy qilish bo‘yicha takliflar tayyorlashni ta’minlasin;

2018 yil 1 dekabrga qadar yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi loyihasini Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki va boshqa tashkilotlar ekspertlarini jalb qilgan holda O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlaridan kelib chiqib, uning keng jamoatchilik muhokamasini ta’minlagan holda ishlab chiqishni ta’minlasin.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi loyihasini tayyorlashda va O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimini isloh qilishda texnik jihatdan ko‘maklashishni ta’minlash uchun Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon bankining o‘zaro hamkorligini tashkil etish choralarini ko‘rsin.

4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda:

a) soliq majburiyatlarini bajaruvchi soliq to‘lovchilar ma’muriy xarajatlarining keskin oshishini oldini olishga qaratilgan quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlasin:

davlat soliq xizmati organlari xodimlari va soliq to‘lovchilarning, shu jumladan, qo‘shilgan qiymat solig‘i va yuridik shaxslarning foyda solig‘ini hisoblab chiqish va to‘lash bo‘yicha malakasini oshirish;

soliq hisobotini soddalashtirish va uning avtomatlashtirilgan buxgalteriya hisobini yurituvchi dasturiy mahsulotlar bilan integratsiyalashuvini ta’minlash;

soliq ma’muriyatchiligini, shu bilan birga, soliqlarni to‘lash davriyligini tubdan takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini;

pensiyalarni hisoblash uchun zarur bo‘lgan hisoblangan ish haqining personallashtirilgan hisobini yuritish tartibini joriy qilish;

b) yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilishiga ruxsat etilgan faoliyat turlarini tanqidiy ko‘rib chiqish va qisqartirishni ta’minlasin;

v) ma’lumotlar bazalari soliq organlarining Yagona integratsiyalashtirilgan axborot-resurs bazasiga integratsiya qilinadigan davlat organlari va tashkilotlarning ro‘yxatini tasdiqlasin.

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda 2019 yil 1 yanvarga qadar vazirlik va idoralarning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash uchun foydalaniladigan ma’lumotlar bazasi ishonchliligini o‘rgansin va ularning ishonchliligini ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqsin.

5. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda yuridik shaxslar ko‘chmas mulkining bozor qiymatini aniqlash mexanizmini ommaviy baholash bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda joriy qilish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi, Markaziy banki va Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda 2018 yil 1 avgustga qadar strategik rejalashtirish va prognozlashning zamonaviy uslublaridan foydalangan va mazkur Farmon bilan belgilangan soliq tizimini isloh qilish chora-tadbirlarini inobatga olgan holda 2019 — 2021 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozini ishlab chiqishni ta’minlasin.

7. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J. A. Qo‘chqorov:

2019 yil uchun byudjetnomada ushbu Farmon bilan belgilangan tartib va qoidalarni nazarda tutsin;

2019 yilgi O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti loyihasini taqdim etish bilan bir vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarining 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan o‘rta muddatli byudjet mo‘ljallarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

2019 — 2021 yillarga O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetini ishlab chiqishda xorijdan jalb qilinadigan mablag‘lar hisobiga moliyalashtiriladigan sarf-xarajatlarni inobatga olmagan holda uning mutanosibligini ta’minlasin.

8. Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Moliya vazirligi rahbarlari, shuningdek, ularning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari byudjet tizimi byudjetlarining prognoz parametrlari bajarilishi uchun shaxsan mas’ul ekanligi belgilab qo‘yilsin.

9. Moliya-byudjet intizomini mustahkamlash va O‘zbekiston Respublikasi byudjetining balanslashgan ijrosini ta’minlash uchun:

vazirliklar va idoralar, ishonchli boshqaruvchilar hamda davlatning ishonchli vakillari 2019 yildan boshlab ustav kapitalidagi davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik birlashmalari tomonidan dividendlar so‘zsiz hisoblanishini, shuningdek, amaldagi qonunchilikka muvofiq davlat unitar korxonalari tomonidan ularning sof foydasidan 30 foiz miqdorida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga ajratilishini ta’minlasin;

O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi 2018 yil 1 sentyabrga qadar muddatda davlat mulki bo‘yicha ijara to‘lovlarining minimal stavkalarini har bir hududning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda qayta ko‘rib chiqsin;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘liq yig‘ilishini, ish bilan band fuqarolarning maksimal qonuniylashtirilishini va ish haqi fondini ko‘paytirishni ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rsin;

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi bilan kelishgan holda ikki oy muddatda qadam-baqadam aniq harakatlarni hamda mahalliy davlat hokimiyati, davlat soliq, moliya organlari va boshqa organlarning, shuningdek, ular mansabdor shaxslarining qat’iy javobgarligini nazarda tutgan holda soliq solish bazasini kengaytirish, byudjetga qo‘shimcha tushum manbalarini aniqlash, shuningdek, uning balansliligini hamda defitsit yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslikni ta’minlash bo‘yicha tumanlar va shaharlar kesimida “Yo‘l xaritalari”ni tasdiqlasin.

10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda mazkur Farmonning mazmun-mohiyatini keng tushuntirish ishlarini, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari va internet tarmog‘i orqali tizimli ravishda tashkil etsin.

11. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Hisob palatasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Moliya vazirligi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda ikki oy muddatda soliq to‘lovchilarning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash faktlarini bartaraf etishga, jismoniy va yuridik shaxslarning soliqlarni o‘z vaqtida va to‘liq to‘lamaganliklari uchun mas’uliyatini oshirishga qaratilgan choralarni kuchaytirish bo‘yicha takliflar kiritsin.

12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O. B. Murodov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B. M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.



3.O’zbekiston Respublikasining amaldagi soliq tizimidagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo’llari.

Soliq siyosati va mamlakatimizdagi soliq organlari tizimining samarali isloh qilinishi iqtisodiyotimizning bozor iziga ko’chirishda muvaffaqiyatga erishishning asosiy omillaridan biri ekanligini hozirgi paytda deyarli hamma tan olayapti. Bugungi kunda soliqlar muammosi bizning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar amaliyotidagi eng murakkab muammolardan biri bo’lib qolmoqda. Juda keskin tanqidga uchrayotgan, juda qaynoq munozalarga sabab bo’layotgan isloh qilish bo’yicha tahlil ob’ekti va qarama-qarshi g’oyalarga ega bo’layotgan soliqlar muammosidan bo’lak islohotlarning boshqa bir yo’nalishi yo’qdir. Boshqa bir tomondan esa, soliq tizimi bozor munosabatlarining eng muhim elementlaridan bo’lib, mamlakatdagi iqtisodiy o’zgarishlarning muvaffaqiyati ko’p jihatdan unga bog’liqdir. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda mavjud soliq tizimini keskin qayta o’zgartirish to’g’risidagi berilayotgan takliflarga juda ehtiyotkorlik bilan yondoshish zarurligini taqozo etmoqda. Bunday hollarda faqat bir daqiqalik samarani hisobga olmasdan, balki bu takliflarni mamlakat iqtisodiyoti va moliyasini barcha tomonlariga qay darajada ta’sir etishi, albatta inobatga olinmog’i lozim.

Iqtisodiyotni erkinlashtirish soliq tizimiga ham muqarrar ta’sir ko’rsatadi. Soliq tizimi to’xtovsiz harakatlanuvchi mexanizm bo’lib, uzluksiz takomillashib bormog’i lozim. Bundan asosiy maqsad - korxonalar zimmasidagi soliq yukini makroiqtisodiy o’zgarishlarni hisobga olgan holda muntazam kamaytirib borishdir. Soliqlar yukining yuqori bo’lishi korxonalarni ishlab chiqarishni rivojlantirishga, zamonaviy texnika hamda texnologiyalar bilan qayta qurollantirishga, aylanma mablag’larni ko’paytirishga mablag’lar yo’naltirish imkoniyatini keskin kamaytiradi. Bu esa oxir oqibatda ishlab chiqarish darajasining pasayishiga olib keladi. Natijada xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy muammolari keskinlashuviga sabab bo’ladi.

Soliqlarning fiskal vazifasi birlamchi hisoblansada, iqtisodiyotni tartibga solish funktsiyasi ham muhimdir. Soliqlardan imtiyozlar berish, stavkalarni pasaytirish va boshka turli engilliklar yaratish iqtisodiyotdagi tuzilmaviy o’zgarishlarni amalga oshirish va ustivor tarmoqlarni rivojlantirish katta ahamiyatga ega. Agar soliq solish mexanizmi adolat mezonlari doirasidan chiqib ketsa, u holda soliqni to’lay olmaslik xolatlari ro’y beradi hamda soliqdan qochishning turli yo’llari qidira boshlanadi. Shu

bois, soliq stavkalari va undirib olish usullarini joriy etishga oqilona yondoshish zarur.



O’zbekistonda mustakil soliq tizimi joriy etilgandan beri utgan davrda ko’plab ijobiy natijalarga erishildi. Davlat byudjetining asosiy xarajatlarini ta’minlashga etarli soliqlar va yig’imlar joriy qilindi. Ayni paytda esa soliq to’lovchilar toifalari uchun keng imtiyozlar tizimi ham qo’llanilmoqda. Biroq, yutuqlarimiz bilan bir qatorda soliqqa tortish tizimida muayyan muammolar ham borki, ular hozirgi kunda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va tadbirkorlarning moliyaviy faoliyatiga ma’lum ma’noda salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Bu bir tomondan, soliqlarning ko’pligi yoki ularning stavkalari yuqoriligida emas, balki soliqlarning hisoblash usullari va shakllariga oiddir.

Davlatimiz tomonidan olib borilayotgan bunday siyosat bugungi kunning eng oqil siyosatlaridan biridir. Chunki, bozor iqtisodiyotiga kirib borayotgan mamlakatimizda bevosita soliqlar salmog’ini pasaytirish va bilvosita soliqlardan unumli foydalanish o’ta murakkab iqtisodiy zaruratdir. Bunga biz quyidagicha talqin beramiz: birinchidan, bevosita soliqlarni muayyan chegarasidan ortiq olinishi soliq to’lovchilarning ishlab chiqarishdan manfaatdorligini so’ndiradi. Bilvosita soliqlarda esa rasmiy to’lovchisi tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ortuvchi, sotuvchi bo’lsa ham, haqiqiy to’lovchisi ularning iste’molchisidir. Ikkinchidan, bevosita (egri) soliqlar mohiyatan mahsulot (ish, xizmatni) sotuvchilarning moliyaviy ahvoliga hech qanday ta’sir etmasligi kerak. Ammo, buning uchun bevosita (egri) soliqlarga tortiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bahosining doimo o’zgarib turishini hisobga olib, soliq stavkalarini shunday belgilash kerakki, ishlab chiqaruvchilar bevosita (egri) soliqlar hisobiga mahsulot (ish, xizmatni) sotishda qiyinchiliklarga uchramasin, omborlarda tovarlar to’planib qolmasin. Bilvosita soliqlar mahsulot ishlab chiqaruvchilarga nisbatan doimo betarafligicha qolishi kerak.

Biroq, bevosita soliqlar hamda bilvosita soliqlar ichida haligacha ba’zi bir muammolar hanuzgacha saqlanib kelinmoqda.



Lekin, bizning fikrimizcha respublikamizda bugungi kunda bevosita soliqlar salmog’ini byudjet daromadlari tarkibida oshishini ta’minlash dolzarb vazifalardan biridir deb o’ylaymiz. Uni soliqlar yukini ko’tarish hisobiga emas, balki tadbirkorlikni rivojlantirish, yuridik shaxslar daromadlari ko’lamini ko’paytirish orqali hal etilishi lozim. Bizning fikrimizcha, buning uchun tadbirkorlik sub’ektlariga erkinlik berish, ularning faoliyatiga turli to’siqlar ko’rinishida paydo bo’layotgan turli g’ovlarni olib tashlash maqsadga muvofiqdir.

Bugungi kunda O’zbekistonda bevosita soliqlar turi ko’p, lekin ularning xazinaviy samaradorligini oladigan bo’lsak, bu ko’rsatkich bizda unchalik baland emas. Chunki ularning ob’ektlari har-xil bo’lib, hisoblash tartiblari turlichadir. Buning oqibatida korxonalarda yaratilgan daromad ushbu soliqlar manbai bo’lib qolmoqda. Demak, bevosita soliqlar qanchalik birxillashtirilsa, soliqlarni hisoblash va to’lash shunchalik oddiylashib, tezlashar ekan. Natijada ishlar kamayib, ijtimoiy xarajatlar va ketadigan vaqt qisqaradi. To’g’ri, bu ishlarni birdaniga qilib bo’lmaydi, lekin ularni kelgusi davrlar (yillar) uchun ishlab chiqiladigan soliq siyosatining strategiyasiga bir yo’nalish sifatida kiritilishi maqsadga muvofiq bo’lar edi, deb hisoblaymiz.

Soliqlar turi ko’p bo’lgani bilan, ular osonlikcha byudjetga tushmaydi. Nazariyadan ma’lumki, imkoniyatdan ortiqcha soliq olinsa, iqtisodiy rivojlanish

sussayib ketadi. Shu bois respublikamizda soliq yukini kamaytirilishidan tashqari, yana soliqlarni soddalashtirish ham lozimdir. Bunday talab, soliqlarning oddiylilik tamoyiliga mos kelishini ta’minlaydi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, soliq siyosatini yanada takomillashtirish asosida chuqur o’ylab, oqilona qabul qilingan qarorlar turishi kerak. Ular bir tomondan, soliq to’lovchilar zimmasidagi soliq yukini jiddiy kamaytirishga, ikkinchi tomondan, barcha darajadagi byudjet daromadlarini va byudjetdan tashqari fondlarning barqaror asosini saqlashni ta’minlashga qaratilmog’i lozim.

Bunda tadbirkorlik sub’ektimi, jismoniy shaxsmi – har-bir soliq to’lovchi nima uchun soliq to’layotganini yaqqol tasavvur etishiga erishish nazarda tutilishi kerak. Eng muhimi - soliqlarning oxir-oqibat mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga yo’naltirilishi, ya’ni soliq to’lovchining o’ziga ijtimoiy to’lovlar, stipendiyalar, ta’lim va tibbiy xizmatlar, taraqqiy etgan infratuzilmalar va boshqa ne’matlar shaklida foyda keltirishini chuqur anglab olishlari juda muhimdir.

Shunday ekan, bizning fikrimizcha, moliyaviy munosabatlarning keyingi erkinlashtirish va chuqurlashtirish yo’lida soliq siyosatida zarur izchil o’zgarishlarni amalga oshirishda soliqlarning rag’batlantirish funktsiyasini kuchaytirish va soliq siyosatini takomillashtirishda quyidagi yo’nalish va chora-tadbirlar uning asosini tashkil etishi lozim deb o’ylaymiz:

-bir-xil faoliyat bilan shug’ullanuvchi, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha soliq to’lovchilarni adolatlilik va tenglik tamoyili asosida soliqqa tortish;

-iqtisodiyotdagi soliq yukini yanada kamaytirish;

-ikki marta soliqqa tortishni oldini olish;

-soliqlarni sodda, tushunarli va ko’p yilliligini ta’minlashda, soliq ma’murchiligi tizimini takomillashtirish va soliq solish mexanizmini tartibga solish;

-soliq qonunchiligini barqarorligini ta’minlash;

-byudjet daromadlarini shakllantirishda resurs va mulksoliqlari rolini oshirish.

Davlatning soliq siyosati uning iqtisodiy—moliya siyosatining ajralmas tarkibiy qismidir va unga bog’liq holda olib boriladi, chunki soliq munosabatlari moliya munosabatlarining muhim tarkibiy qismidir.

Soliq siyosati davlatning soliq sohasidagi barcha tadbirlarini rejalashtirish, qonun, farmon va qarorlar ijorosini ta‘minlash hamda uni tashkil qilishdagi ishlab chiqilgan chora-tadbirlar yig’indisidir. Shunday ekan, faqat mustaqil davlatgina o’zining mustaqil soliq siyosatiga ega bo’ladi va uni amalga oshiradi.

Davlat soliq siyosatini ishlab chiqish moliya — iqtisodiy munosabatlardan kelib chiqadi. Davlat soliq siyosati respublika iqtisodiyotini barqarorlashtirish, ijtimoiy himoyalangan, erkin bozor iqitisodiyotini boshqarishga har tomonlama tag’sir ko’rsatadi.

Soliqlar pul munosabatlarini ifoda etib, iqtisodiy munosabatlarningtarkibiy qismi, bozor iqtisodiyotining zaruriy qismidir. Soliq siyosatining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun u ilmiy jihatdan asoslangan bo’lishi kerak. Buning uchun soliq munosabatlari chuqur o’rganilib, undan ilmiy xulosalar chiqarilishi lozim.

Jahon soliq siyosati tajribasida soliqqa tortishning quyidagi yo’nalishlariga katta e‘tibor berilishini alohida ta‘kidlash lozim:




1. Har xil mulk shakllariga moslangan korxona va tashkilotlarning xo’jalik yuritishiga mumkin qadar iqtisodiy sharoit yaratish, ularni har tomonlama bozor munosabatlariga kirib borishiga yordamlashish.


Download 39,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish