4.5.8. Chayqovchilik faoliyati ...
a) qonun asosida ish yurituvchi tadbirkorlar uchun riskni orttiradi;
b) narxlarning beqarorligi tamoyilini kuchaytiradi;
c) iqtisodiy bum va retsessiyaga olib keladi;
d) doimo foyda olishga olib keladi;
e) tadbirkorlar uchun riskni kamaytiradi.
5.5.9. Quyidagi ta’riflardan qaysi biri bozor iqtisodiyotining mohiyatini to‘laroq xarakterlaydi?
a) mehnat taqsimoti mavjud bo‘lgan iqtisodiyot;
b) iqtisodiy subyektlar faoliyati erkin amalga oshiriladigan iqtisodiyot;
c) xususiy mulk ustunligiga asoslangan hamda iqtisodiy jarayonlar bozor mexanizmi yordamida boshqariladigan va tartibga solinadigan iqtisodiyotdir.
d) urf-odat, udumlar va an’analarga asoslangan iqtisodiyot;
e) yuqoridagilarning barchasi.
6.5.10. Bozor iqtisodiyotining qaysi subyekti iqtisodiy resurslarni yetkazib beruvchisi va pirovard mahsulotlarning asosiy iste’molchisi hisoblanadi?
a) uy xo‘jaliklari;
b) korxonalar;
c) davlat tashkilotlari;
d) davlat muassasalari;
e) chet elliklar.
7.5.11. Quyidagilardan qaysi biri bozor iqtisodiyotining tartibga soluvchi mexanizmi tarkibiy qismini xarakterlaydi?
a) narx, talab va taklif;
b) raqobat, talab va taklif;
c) narx, raqobat, talab va taklif;
d) narx, soliq, raqobat, davlat ijtimoiy dasturlari;
e) talab va taklif.
Do'stlaringiz bilan baham: |