Toshkent moliya instituti «iqtisodiyot» kafedrasi «iqtisodiy fanlarni o


O’quv muassasalarida suhbat asosida dars o’tishning afzalliklari va kamchiliklari



Download 94,9 Kb.
bet4/6
Sana23.01.2021
Hajmi94,9 Kb.
#56386
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi A'loyeva M.S.

2. O’quv muassasalarida suhbat asosida dars o’tishning afzalliklari va kamchiliklari

Savol-javob odatda darsning og’zaki metodi hisoblanadi. Og‘zaki javobga asoslangan yana bir metod, suhbat metodidir. Bu metod odatda, nazariy va amaliy mashg’ulotlarda, maslahat darslarida keng qo'llaniladi. Bunda bilim o'qituvchi tomonidan ma’lum bir tizimga solingan holda tushunarli, o’quvchi-talabalar ruhiyatiga ta’sir etadigan tarzda yetkaziladi.

Og‘zaki uslubdagi darsning maqsadi ham boshqa metodlar kabi bilim berish, o'rgatish, axborot berish, o'zi olgan axborotni, bilimni yoki fikrni boshqalarga yetkazishdir. Bayon etish, hikoya qilish deb, o‘quv materialini monolog tarzida bayon qilishga aytiladi. Hikoya usuli odatda ko'proq maktablarda qo'llaniladi yangi mavzuni, materialni o'zlashtirishga tayyorlash uchun kirish so’zi, mazmunini esa hikoya tarzida bayon qilinadi.

Hikoya uslubida o’quvchi-talabalarga beriladigan ta’lim mazmunini og‘zaki bayon qilish ko'zda tutiladi. Bu uslubni qo'llashda muayyan pedagogik usullardan foydalaniladi. Masalan, diqqatni faolllashtirish, bayon qilish, taqqoslash, asosiylarini ajratish, yakunlash kabi mantiqiy tadbirlar shular jumlasidandir. Hikoya samaradorligining shartlari: rejani qunt bilan o'ylab tuzish, mavzuning izchil yoritilishini ta’minlash, ko'rgazmalarni muvaffaqiyatli tanlash, bayonda kerakli emotsionallikka erishish.

Suhbat metodi keng qo'llaniladi. Suhbat metodini buyuk filosof Suqrot nihoyatda mohirlik bilan qo‘llagan. Bu metod turli jihatdan qaraganda ham samarali bo‘lib, qo‘yilgan savollar orqali talabalarning xotirasidagi passiv bilimlarni faollashtiradi, yangi bilimlarni o'zlashtirish, mustaqil fikr yuritish orqali xulosa chiqarish va umumlashtirishga o'rgatadi. Talabani o'qituvchi fikrini ilg'ash, uni davom ettirishga yo'naltiradi. Maksimal darajada tafakkurni faollashtirish bilan birga olingan bilimni diagnostika qilish vositasi bo'lib ham xizmat qiladi. Suhbat: a) talabalarni bilim olish, o'qisho'rganishga chorlovchi (kirish); b) bilim beruvchi; d) bilimlarni mustahkamlashga; e) bilimni nazorat qilishga qaratilgan bo'lishi mumkin. Suhbat uslubini qo'llashda savollarni qo'yish (asosiy, qo'shimcha, yo'llovchi va boshqalar), o'quvchi-talabalarning javob va mulohazalarini muhokama qilish, suhbatdan xulosalarni shakllantirish, javoblarni tuzatish usullaridan foydalaniladi.

Pedagoglar suhbatni quyidagi turlarga bo'lishadi: evristik (yunoncha—heurikos — izlayman, topaman, kashf etaman) suhbat. O’qituvchining mohirlik bilan qo‘ygan savollariga talabalaming javoblari orqali yangi bilimlarni jadal o ‘zlashtirishlarini ta’minlashga qaratiladi.

Katehyezik suhbat (yunoncha — katechesis — nasihat, о ‘git), biron bir ta’limot asoslarini savol, javob shaklidagi bayoni tarzida olib boriladi.

Germenevtik suhbat (yunoncha — hermeneutikos — tushuntiruvchi, talqin etuvchi), o'qitilayotgan, o'rganilayotgan uzviy savolni yozilgan matnni sharhlash va uni talqin qilish— demak, nimanidir mazmunini, mohiyatini ochib berishga qaratiladi.

Suqrotchasiga va maevtikaga (yunoncha — maieutike — insonda yashiringan bilimlarni yuzaga chiqarishga undaydigan) asoslangan suhbat. Dialektik fikrlashga, bahs-munozara san’atiga o‘rgatish, qat’iyan man qilingan fikrlardan qochishga o‘rgatadigan suhbat.

Suhbat metodi o ‘quvchi-talabalarga beriladigan ta’lim mazmunini og‘zaki bayon qilish ko‘zda tutiladi. Bu uslubni qo‘llashda muayyan pedagogik usullardan foydalaniladi. Masalan, diqqatni faolllashtirish, bayon qilish, taqqoslash, asosiylarini ajratish, yakunlash kabi mantiqiy tadbirlar shular jumlasidandir. Uning samaradorligining shartlari: rejani qunt bilan o ‘ylab tuzish, mavzuning izchil yoritilishini ta’minlash, ko‘rgazmalarni muvaffaqiyatli tanlash, bayonda kerakli emotsionallikka erishishdir.

Ma’ruza — bilimni so‘z bilan ifodalash uslublaridan biri sifatida beriladigan bilimlarni og‘zaki bayon qilishni ko‘zda tutib, o‘z hajmining kattaligi, mantiqiy qurilishi, obrazli isbotlash va umumlashtirishning murakkabligi bilan hikoyadan ajralib turadi.

Ma’ruza davomida beriladigan bilimni og'zaki bayon qilish, uzoq vaqt davomida o’quvchi-talabalarning diqqatini tutib turish hamda ularning fikrlarini faollashtirish, isbotlash, ta’rif berish, bir tizimga keltirish, umumlashtirish kabi pedagogik usullardan foydalaniladi.

Bu metodning samarasi, asosan, 0‘qituvchi mahoratiga, uning ta’sirchan, tushunarli, diqqatni tortadigan emotsional bayon qilishiga, har bir so‘z, ibora uning ko‘zida, chehrasida qanday ifodalanishiga bog'liq. Suhbat talabalaming intellektual darajasiga mos bo'lishi lozim.

O’qituvchi ushbu metod asosida dars o’tishga tayyorlanar ekan, zamr materialni, mavjud sharoitda eng yaxshi maksimal natijaga erishish uchun metodik usullar tanlaydi. Ko‘pincha xotirada qoladigan usullar qo'llaydi. Taqqoslash, solishtirish, o‘xshatish, xulosa chiqarish kabilar xotirada qolishga yordam beradigan usullardir.

Suhbat mashg‘ulotlarda o'qitishning boshqa metodlari bilan ko'rgazmali vositalar bilan olib borganda yaxshi natijalar beradi. Bundan tashqari hikoyada qanday voqea, hodisa, dalillar, kishilar bayon qilinayotgani ham katta rol o‘ynaydi.

Talabalar ham amaliy m ashg'ulotlarda o'qituvchi tom onidan berilgan savolga shunday tarzda bayon qilish bilan javob beradilar.

O'quv jarayonida qo'llaniladigan suhbat - ya’ni qo'yilgan savolga atroflicha, aniq, tushunarli javob berish bilan suhbatdoshning diqqati masalaning turli jihatlariga qaratiladi.

Suhbat didaktik jarayondagi eng ko'hna metodlardan hisoblanadi. Suhbat - unda qatnashuvchilarda bilim olishga, o'qish, o'rganishga istak tug'diradi. Shu bois u keng tarqalgan.

Suhbatning afzallik tomoni shundaki, u fikrlashni maksimal darajada faollashtiradi, bilish jarayonini boshqarish imkonini beradi, buning uchun sharoit yaratadi. Lekin bu metodni samarali ravishda qo'llash uchun o'quvchi-talabalar m a’lum darajada bilim zaxirasiga ega bo'lishlari lozim.

Mavzuni bu metodni qo'llab o'rganishda induktiv va deduktiv suhbat tarzida o'tkazishning imkoni katta. Bunda o'qituvchi talabalarni amaliyotdan nazariyaga, umumlashtirishga yoki nazariya, umumiy qoidalarni amaliyot bilan bog'lash orqali qo'yilgan maqsadga yetadi.

Keyingi paytda uning hozirgi talablarga javob beradigan usullari keng qo'llanilmoqda. Ulardan biri suhbatni «intervyu berish» usulida o'tkazishdir. Bu usulda bir talaba intervyu oluvchi rolini bajarsa, ikkinchisi intervyu beruvchi sifatida qatnashadi. Natijada talabalar faolligi oddiy suhbat tarzida o'tkazilgan darsga qaraganda ancha yuqori bo'lishiga erishiladi. Undan tashqari «dumaloq stol atrofida suhbat», «tig‘iz payt», «mutaxassismehmonimiz» va boshqa usularni qo'llab o'tkazish mumkin. Eng asosiysi qanday savollar bilan murojaat qilinadi va qanday javoblar kutiladi, o'qituvchi nihoyatda oldindan puxta tayyorgarlik qilishi kerak.

Tajriba shuni ko'rsatadiki, suhbat metodini qo'llash orqali:

• o'quvchi, talabalarni darsda faol qatnashishga tayyorlash;

• yangi o'quv materiali bilan tanishtirish;

• egallagan bilimlarini mustahkamlash va ma’lum bir tizimga solish;

• egallagan bilimlari qay darajada ekanligini aniqlash va joriy nazorat qilish amalga oshiriladi va bu borada unga teng keladigani yo'q.

Savol-javob va suhbat metodlarini qo'llab dars o'tishning boshqa barcha uslublarga o'xshab, o'ziga xos afzalliklari hamda kamchiliklari mavjud. Ular quyidagilar:

Afzalliklari:

1. Darsda qo'yilgan maqsadni amalga oshirishni bevosita nazorat qilish imkoni kattaligi.

2. Talabalaming darsda qatnashishlarini turli savollar bilan

faollashtirish.

3. Har bir talabaga savol bilan murojaat qilish orqali, darsda

faol qatnashishni ta’minlash ko‘rsatkichini oshirish.

4. Birgalikda ishlash, savolni muhokama qilish jarayonida guruhni boshqarishni praktikada qo‘llash.

Kamchiliklari:

1. Talabalaming soni cheklangani, 25—30 tadan oshmasligi.

2. O’qituvchidan ko‘p kuch, asab, mahorat talab qiladi.

3. Savollar muhokamasi ko'p vaqt talab qiladi.

4. Yaxshi tayyorlanmagan yoki so'zga no‘noq talabalar dars

jarayonida chetda tomoshabin bo'lib qolishi xavfi bor.

5. Talabalardan m a’lum darajada bilim, tushuncha bo'lishini

talab qiladi. Guruhdagi talabalar yangiliklarni, о ‘zgarishlarni bilishi,

darsga puxta tayyorlanib kelishlari kerak. Bo'lmasa darsda qo'yilgan

maqsadga erishib bo'lmaydi

Javoblarni qanday baholash kerak?

Har bir javobga muvofiq ravishda baho berish kerak. Javobbergan ham, boshqa talabalar ham javobning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini bilishi kerak. To'g'ri javobni ayrim paytda qaytarish zarur bo'ladi, ayrim paytda so‘zma-so‘z qaytarish ortiqcha.

To'g'ri javobni e ’tirof etish. Javob to'g'riligi e ’tirof etilar ekan, doimo bir xilda «to'g'ri», «juda yaxshi» degan so'zlarni takrorlamaslikka harakat qilish kerak.

Javob yo'q. Talaba savolga javob bera olmasa, boshqa savol berib ko'rish kerak. O'qituvchi bunday paytda sabr-toqatli bo'lishi lozim. Agarda keying! savolga ham javob bo'lmasa, boshqa talabaga murojaat qilinadi.

Javob yetarli emas. Talaba bergan javob yetarlicha to'g'ri bo'lmasa, javobning to'g'ri qismini hisobga olgan holda esga soluvchi, yo'llovchi savollar berish kerak.

Berilgan javob noto‘g‘ri. Noto'g'ri berilgan javobni oydinlashtirish, uni boshqacharoq tarzda qo'yish yoki auditoriyaga hamma shunaqa fikrdami? Kelinglar, bir o'ylab ko'raylik deya murojaat qilish mumkin.

Javob mujmal bo‘lishi mumkin. Qo'yilgan savolga noaniq javob bo'lsa, o'qituvchi darhol «savol boshqa edi» yoki «men boshqa narsani nazarda tutgan edim» demay, keyingi savolni bergani ma’qul.

Noaniq tushunib bo4maydigan javob. Unda o'qituvchi talabadan yana qayta o'z fikrini qaytarishni so'rashi, hamma javobni tushunmadi, yana takrorlang, deb murojaat qilish kerak.

To‘g‘ri javobni alohida ajratib ko‘rsati.sh. Agar suhbat chog'ida bir necha fikr bildirilgan, turlicha javoblar berilgan bo'lsa, to'g'ri javobni albatta ajratib ko'rsatish, iloji boricha daftarga yozib qo'yish yoki tarqatiladigan materialda bo'lishi kerak.

Insonda tahliliy hamda tanqidiy fikrlash savol qo'yishdan boshlanadi. Shuning uchun savollarni qo'ya bilish, ularga hech bo'lmaganda qoniqarli javob olish katta ahamiyatga ega. Savolsiz dars o'tib bo'lmaydi. Shu bilan savollar yordamida qator modellashtiruvchi o'yinlar tashkil etish, yangilarini o'ylab topish mumkinki, ular so'zsiz talabalarni fanni puxta o'zlashtirishlariga yordam beradi.

Og'zaki javobga asoslangan yana bir metod suhbat metodi bo'lib, u ham fanni o'rganishning qadimiy metodlaridan sanaladi. Shu bilan birga hozirda ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan. Suhbat qatnashuvchilarda bilim olish, o'qish o'rganishga istak tug'diradi. Har bir dars metodini o'ziga xos afzalliklari va kamchiliklari mazkur metodlarga ham taalluqli bo'lib, dars o'tishda hisobga olish lozim.


Download 94,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish