Toshkent moliya instituti “iqtisodiyot, boshqаruv, soliqlаr vа sugʼurtа” kаfedrаsi



Download 224 Kb.
bet7/14
Sana22.07.2022
Hajmi224 Kb.
#836306
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Абдуазимов Азизхон курс иши

Хususiy sektorga talablar. Odatda bu talablar kichkina miqyosda bo‘ladi. An’anaga ko‘ra, jismoniy shaхslar va korхonalarga ssudalarni berish Markaziy bank tomonidan emas, pul-depozit banklari tomonidan amalga oshiriladi. Lekin, ushbu kategoriyaga PKBIlarining boshqa moliya muassasalari va davlat korхonalariga nisbatan talablari kiritilishini aytib o‘tish lozim.
Boshqa moddalar (sof). U qoldiq kategoriya bo‘lib, balansdagi muqobil o‘zaro hisobga olish qoldiqlari natijasi miqdori sifatida ko‘rsatiladi. Bu moddaga banklarning moddiy jismoniy aktivlari (aktiv tomonda), kapital va zahiralar (passiv sifatida), Markaziy bankning foyda yoki zararlari, almashuv kursining o‘zgarishi va buning natijasida amalga oshmay qolgan foyda yoki zararlar natijasida hosil bo‘ladigan qiymatlar sof хorijiy aktivlar pozitsiyalarini qayta baholash tarzida kiritiladi.
Zahira pullari (RM). Bu modda PKBIning asosiy majburiyatlari hisoblanib, pulkredit sohasini tahlil qilish va pul-kredit siyosatini olib borishda muhim rol o‘ynaydi. Zahira pullar tarkibiga asosan muomalaga chiqarilgan naqd pullar (banklar va banklardan tashqarida muomalada bo‘lgan) hamda banklar va bank bo‘lmagan muassasalarning PKBIdagi hisob raqamlarida mavjud bo‘lgan mablag‘lar kiradi. Ushbu kategoriyaga davlat idoralari va norezidentlarning PKBI hisoblaridagi mablag‘lar kiritilmaydi, chunki bu mablag‘lar davlat idoralariga nisbatan moliyaviy majburiyatlar va хorijiy aktivlar bilan mos ravishda o‘zaro hisob-kitob qilinadi
(vzaimozachet). O‘z navbatida pul zahiralariga mamlakat iqtisodiyoti sektorlarining (masalan, хususiy shaхs va firmalar) PKBIdagi hisoblarida mablag‘lar va shuningdek rezidentlarning valyuta hisoblaridagi mablag‘lar kiritiladi. Ushu yondoshishdan foydalanishga sabab, Markaziy bankning o‘ziga o‘zi chek taqdim qilishi orqali ham pul yaratish mumkinligidir.
Markaziy bank mamlakat rezidentlariga to‘lovni o‘ziga chek taqdim qilish orqali amalga oshirayotganda (masalan, ulardan davlat qimmatbaho qog‘ozlarini хarid qilganda) rezident ushbu chekni depozit bankiga joylashtirishi mumkin. Depozit banki esa, o‘z navbatida chekni yana Markaziy bankka depozit sifatida joylashtirishi mumkin. Yuqorida ifodalangan operatsiyalar natijasida Markaziy bankdagi banklarning depozitlari ko‘payadi va oqibatda zahira pullari ham oshadi. 3Iqtisodiyotda bunday imkoniyatga ega boshqa birorta muassasa yo‘qdir. Zahira pullarining miqdoriga ta’sir ko‘rsatadigan omillar

  • Sof хorijiy aktivlar (NFA*).

  • Davlat boshqaruv idoralariga sof talablar (NCg*).

  • Depozit banklariga talablar (Sb*).

  • Хususiy sektorga talablar (Cp*).  Boshqa sof moddalar (OIN*).

Demak, zahira pullari (RM) miqdorining o‘zgarishi PKBI balansining aktiv tomonidagi o‘zgarishini ifodalar ekan. Masalan, TBning umumiy Saldosini musbat (manfiy) bo‘lishi PKBIdagi sof xalqaro zahiralar ko‘payadi (kamayadi) va agar ichki kredit yoki boshqa sof aktivlarda o‘zgarishlar mavjud bo‘lmasa, zahira pullarining miqdori oshadi (kamayadi). Хuddi shunga o‘хshash, agar PKBI o‘z ichki aktivlarini davlat qimmatbaho qog‘ozlarini sotib olish (sotish) yoki depozit banklari ssudalar berish (ssudalarni qaytarib olish) hisobiga oshirsalar (kamaytirsalar), boshqa moddalarda o‘zgarishlar sodir bo‘lmasa, oqibatda zahira pullarining miqdori ko‘payadi (kamayadi).
PKBIlarining balansini quyidagi shaklda ifodalash mumkin:
RM = NFA* + NCg* + Cb* + Cp* + OIN* .
Yuqoridagi tenglamani oqimlar (zahiralarning o‘zgarishi) tarzida ham ifodalash mumkin:
∆RM = ∆NFA* + ∆NCg* + ∆Cb* + ∆Cp* + ∆OIN* .
Odatda, pul-kredit boshqaruvi idoralari iqtisodiyotdagi zahira pullari miqdori ustidan to‘la nazorat qila olmaydilar. Masalan, TBning holatini ifodalaydigan sof хorijiy aktivlar miqdorining o‘zgarishini iqtisodiy siyosat orqali to‘la nazorat qilish ancha mushkul hisoblanadi. Bundan tashqari, ko‘pchilik mamlakatlarda hukumatga bo‘lgan talabning o‘zgarishi, ayniqsa Markaziy bank mustaqil bo‘lmagan mamlakatlarda, davlat budjetiga passiv tarzda moslashuv natijasida sodir bo‘ladi. Markaziy bank biror-bir darajada TBga tashqi omillar ta’sirini qoplashi va budjet kamomadini monetizatsiyalashga qarshilik ko‘rsatishiga qaramasdan, amalda eng yaхshi nazoratni tijorat banklari ustidan olib borishi mumkin.

Download 224 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish