namoyon bo‘lishi
Avval biz axloqiy hissiyotlarni axloqiy anglash uchun muayyan ma’noda material ekani to‘g‘risida birrov
to‘xtalib o‘tgan edik. Bu xamda mumtoz faylasuflar xam e’tiborga sazovar fikr bildirganlar. CHunonchi,
buyuk ingliz mutafakkiri Jon Lokk, tushunchada nimaiki bor ekan, u bundan avval hissiyotda mavjud
bulgan, deb. ta’kidlaydi. “Tabiat qonuni borasidagi tajribalar” asarida u shunday deb yozadi “Agar
hissiyotdan aqlga narsalar qiyofasi etkazib berilmasa, u xolda tafakkur uchun xech qanday material
berilmagan buladi va aql bilishni tarakkiy ettirishi borasida tosh, yog‘och, kum va xokazo qurilish
materiallarisiz me’mor bino kurishda qanchalik ish qila olsa, shunchagina ish bajara biladi”. Aqlni
ideallashtirish, hissiyotni ikkinchi darajali omil sifatida talqin - etish, afsuski, Lokkga unga o‘xshash ba’zi
mutafakkirlar, fikrlarini hisobga olmaslik keyingi davrlarda, ayniqsa, kuchaydi. Xegel singari faylasuflar esa
bugun borliqni mantiqiylashtirish yo‘lidan bordilar. Lekin XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, Farb
allomalari bu yo‘lning ko‘p jixatdan yanglash ekanini angladilar. XX asr mutafakkirlari, puhiy tahlil
falsafasidagi yangi froydchilik oqimining atoqli namoyandalaridan biri Karl YUng shunday deb yozadi
“Farb kishisi” puhiy (“psixologik”), so‘zini eshitganida, uning uchun “u shunchaki ruxiy” tarzida
jaranglaydi. Uning uchun “psixe” - qalb qandaydir, achinarli darajada kichik, e’tiborga noloyiq, shaxsiy,
su6’ektiv v.h... SHu sababli “rux” (qalb) o‘rniga “aql” so‘zini ishlatish ma’qul ko‘radi...” Boshqa bir o‘rinda
“... barcha metafizik muloxazalar uchun ijodiy zamin aynan qalbning (ma’naviylikning) ko‘zga ko‘rinmas,
etishib bo‘lmas tarzdagi inikosi hisoblangan ongdir...”, degan fikrni bildiradi. Darxaqiqat, “yurak va aql”,
“hissiyot va ong” bahsida Farb, ayniqsa, bizning XX asrda, so‘zsiz, birinchilikni aqlga, ongga beradi.
YUqoridagi kabi fikrlar istisnoli xollardir. SHu bois axloqshunoslik nuqtai nazaridan muxabbat xaqida gap
ketsa, uni xissiyot, deb yana buning ustiga, ta’riflash qiyin bulgan tuyg‘u, deb ataydilar va uni tushuncha
tarzida olib qarashdan cho‘chiydilar. Vaholanki, muxabbat aynan axloqiy hissiyot va axloqshunoslikning
bosh mezoniy tushunchasidir.
2. Muxabbat bosh mezoniy tushuncha sifatida deyarli barcha asosiy tushunchalarda va tamoyillarda o‘z
“xissa”siga ega. Na ezgulikni, na yaxshilikni, na vataparvarlikni, na insonparvarlikni muxabbatsiz tasavvur
etib bulmaydi. Qo‘shimcha qilib shuni aytish mumkinki, u-insonni tashqi va transsendentrat olam bilan
bog‘lovchi, uni yolg‘izlikni olib chiqadgan buyuk kuch muxabbatning ob’ekti doimo go‘zallik, manfaatsiz
go‘zallik. U - Olloxmi, Vatanmi, yormi - muxabbat egasiga undan-da go‘zalroq narsa yo‘q. Ayni paytda bir
ob’ektni cevgan kishi boshqa ob’ektlarni xam sevmasligi mumkin emas. Deylik, yorga bulgan xaqiqiy
muxabbat Vatanga, insoniyatga muxabbatni inkor etmaydi, aksincha, barqaror qiladi. Zero “o‘z-o‘zicha”,
yakka, “xudbin” muxabbatning bulishi mumkin emas. Inson o‘zi-o‘zgaga aylanganida, o‘zgani o‘ziga
aylantira olganida xaqiqiy muxabbat egasi hisoblanadi. Mana shu ob’ekt bilan sub’ekt orasidagi farqning
Do'stlaringiz bilan baham: |