122
turli ko‘rinishlarda alohida e’tibor qaratilgan. Tarixning o‘tish davrlarida, keskin ijtimoiy konfliktlar yuz
bergan davrlarda bashoratning ahamiyati ayniqsa, oshgan. Bu insoniyat hayotining barcha jabhalarida
olamshumul o‘zgarishlar yuz berayotgan hozirgi davrga ham xos. Yuzaga kelgan sharoitda ijtimoiy bashorat
masalalari o‘ta muhim nazariy va metodologik ahamiyat kasb
etmoqda, ularni ishlab chiqish esa falsafiy tafakkurning dolzarb vazifalaridan biriga aylanmoqda.
Darhaqiqat, kelajak bilan shug‘ullanmagan falsafaning kelajagi yo‘q.
Ushbu mavzuning maqsadi bashoratga umumiy tavsif berish, uning asosiy turlarini ko‘rib chiqishdan;
ijtimoiy prognoz nimaligini, uning metodlari va tiplarini aniqlashdan; davrimizning olamshumul
muammolar bilan belgilangan asosiy futurologik konsepsiyalarini tahlil qilishdan iborat.
Bashorat – kelajak haqidagi, ya’ni hali amalda mavjud bo‘lmagan, lekin rivojlanishning kutilayotgan
rivojini belgilovchi ob’ektiv va sub’ektiv omillar ko‘rinishida hozirgi zamonda potensial mavjud bo‘lgan
hodisalar va jarayonlar haqidagi bilim.
Bashorat o‘z gnoseologik tabiatiga ko‘ra gipotezani ilgari surishga
yaqin turadi. Ammo gipoteza – o‘tmishni ham, hozirgi zamonni ham, kelajakni ham bilishga tatbiq
etiladigan mantiqiy shakl, bashorat esa
kelajakka yoki hali ma’lum bo‘lmagan hozirgi davrga qarab mo‘ljal
oladi.
Kelajakni oldindan aytish usuli, teranlik va aniqlik darajasiga ko‘ra
bashoratning qo‘yidagi turlarini
farqlash mumkin: 1) mifologik bashorat,1)
kundalik bashorat; 2) intuitiv bashorat; 3) ilmiy bashorat,
4)ijtimoiy basho-
rat.
Mifologik bashorat arxaik ongda shakllangan obrazlar harakatida kelajakni bashorat qilishdi.
Masalan,
Drezden qo‘lyozmalarida ta’kidlanishicha, Mayya qabilalaribashorat qilishicha, 2012 yil 21 dekabr qiyomat
kuni, deb belgilangan. Xususan, qo‘lyozmalarda to‘p o‘ynayotgan navkarlar ramzi ifodalangan. Olimlar
fikricha, to‘p Quyosh ramzi, balandlikdagi doira Somon yo‘li ramzi muvozanat markazining ifodasi.
Navkarlar to‘pni tepib doiraga kiritishi lozim. Doiraga to‘pni kirita olmagan navkarning boshi olingan.
Olimlar, to‘pning doiraga tushishini qiyomat kuni, ya’ni muvozanatning buzilishi ramzi, deb tahlil
qilmoqdalar. SHuningdek, Mayya qabilalari qo‘lyozmalarida, dunyoviy suv toshqinlari ham obrazlarda
ifodalangan. Darhaqiqat, bundan ikki ming yil ilgari arxaik ong darajasidagi bashorat XX asrdagi tez-tez
takrorlanayotgan zilzilalar, suv toshqinlari, dengiz to‘fonlari va shu kabi boshqa tabiiy
ofatlarda namoyon bo‘lmoqda. SHu bois, bugungi kunda pessimist olimlar qiyomat kuni yaqin, deb
ayyohannos solsalar, optimistlar bu astronomik sikllar almashinuvi xolos, deb bashorat qilmoqda.
Insoniyatni kelajada nima kutmoqda. Bu savolga, inson, o‘z faoliyati maqsadi va natijalariga ko‘ra javob
berishi lozim.
Kundalik bashorat insonning kundalik hayot tajribasiga, tabiat
va jamiyatda u yoki bu voqealarning tez
-tez
takrorlanishini bevosita kuzatishga asoslanadi.
Kundalik bashoratlarga xalqda keng mashhur bo‘lgan ob-
havo alomatlari misol bo‘lishi mumkin. Masalan, Quyosh botayotganda odatdagidan uzoqroq ushlanib
qolgan bo‘lsa, yomg‘irni kutish kerak; yozda ertalab tuman tushgan bo‘lsa, demak, kunduzi havo ochiq
bo‘ladi; SHarqdan shamol essa, tez orada yomg‘irlar tugaydi.
Astrologik bashorat osmon jismlari harakati,
Oy va Quyosh tutilishini kuzatishlarga asoslanadi.
Astrologik bashorat o‘rta asrlarda keng tarqalgan bo‘lsa-
da, keyinchalik unga munosabat o‘zgargan. Lekin, XX asrda ezoterik bilimlarning rivoji astrologik
bilimlarning asosli ekanligini tan olmoqda.
Intuitiv bashorat ilmiy dalilarsiz va mantiqiy mushohadasiz haqiqatning tagiga bilvosita etishdir.
Bashoratning bu turi hali yaxshi o‘rganilmagan
va ko‘pincha unga etarlicha baho berilmaydi. Holbuki, aqlni
lol qoldiradigan
dalillar ma’lum. Masalan, to‘rt yuz yil oldin yashagan fransuz tabibi Mishel
Nostradamus
misli ko‘rilmagan bashoratgo‘ylik qobiliyatiga ega bo‘lgan.
O‘zining mashhur «Senturiyalari» va boshqa
asarlarida, u XX asrning texnik
kashfiyotlari – suv osti kemalari, samolyotlar, vodorod bombasinigina emas,
balki fransuz va rus inqiloblarini, shuningdek, de Goll, Franko, Lenin,
Stalin, Gitler, Mussolini kabi
shaxslarning paydo bo‘lishini ham bashorat
qilgan.
O‘z davrining mashhur folbini Aleksandra Filippovna
Do'stlaringiz bilan baham: |