Amaliyotning tarkibiy qismlari:
1) maqsad; 2) maqsadga muvofiq faoliyat; 3) amaliyot vositalari; 4)
amaliy harakat ob’ekti; 5) harakat natijasi kabilar
.
Maqsad sub’ektga yoki odamlar guruhiga xos.
Maqsad
– erishish mo‘ljallangan kelajakning sub’ektiv obrazi.
Pirovard maqsad muqarrar tarzda muayyan
predmetlarga bog‘lanadi, deb o‘ylash yaramaydi. Insonning chegara bilmas intilishi
bilan tavsiflanadigan
ideal ham maqsad bo‘lishi mumkin. Maqsad haqidagi falsafiy ta’limot – teleologiya, deb ataladi. Amaliyot
o‘z maqsadlarini ko‘zlovchi
odamning faoliyatidir. SHu sababli u maqsadga muvofiq faoliyat hisoblanadi.
Bu faoliyatning o‘zi maqsad timsoli sifatida amal qiladi. Bu erda sub’ekt muqarrar tarzda g‘ayri niyatni
emas, balki kuchni tan oladigan tabiat bilan
to‘qnashadi. Inson tabiatga tabiiy kuch sifatida qarshi turadi.
Maqsadga erishish uchun ishga solinadigan hamma narsa amaliyot vositasi deb ataladi
. Bu nafaqat
mashinalar, mehnat qurollari, balki odamlarning bilimlari va hayot tajribasi hamdir. Harakat qaratilgan narsa
amaliyot ob’ekti deb ataladi. Faoliyat mahsulotda to‘xtaydi, maqsad ro‘yobga chiqadi. Ro‘yobga chiqqan
maqsad
maqsad emas. Imkoniyat borliqqa aylanadi; amaliy harakat bajariladi. Amaliy
harakatlar estafetasi
inson amaliyoti, uning faol hayotini tashkil etadi.
Amaliyot natijasiga erishish bosqichida sub’ekt o‘z harakatlarining samaradorligini, ularga yo‘ldosh bo‘lgan
emotsional va oqilona jihatlarni baholash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Amaliyot haqiqat mezoniga aylanadi.
Amaliyot haqiqatning birdan-bir mezoni emas, biroq u haqiqatni baholashning bosh mezonlaridan biri
sifatida tan olinadi. Inson o‘z tafakkurining haqiqiyligini, uning butun qudratini amaliyotda isbotlab berishi
lozim. Amaliyot tarkibida har xil ahamiyatga ega bo‘lgan nisbatan mustaqil jihatlar mavjud bo‘lib ular
falsafiy ta’limotlar mazmunida o‘z aksini topadi. Kantchilar amaliyotni tahlil qilishda sub’ektning
faolligidan kelib chiqadilar. Markschilar amaliyot vositalarini birinchi o‘ringa qo‘yadi. Vaholanki, amaliyot
yaxlit hodisa bo‘lib, bu erda hamma narsa o‘zaro bog‘langandir. Amaliyotni tarkibiy qismlarga ajratish va
ular o‘rtasida subordinatsiya o‘rnatish doim ham o‘rinli bo‘lavermaydi.Dunyodagi barcha narsalar va
hodisalar kabi amaliyot ham u yoki bu darajada rivojlangan shakllarda mavjud bo‘ladi. Nafaqat ijtimoiy
ishlab chiqarish,balki insonning har qanday faoliyati amaliyot hisoblanadi. Masalan, individual tafakkur
jarayoni ham amaliyotdir. Amaliyotda nafaqat ishchi va muhandis, balki siyosatchi, olim, xullas, har bir
odam ishtirok etadi. Agar tabiiy jarayonlar inson faoliyati sohasi bilan bog‘liq bo‘lmasa, ular amaliyot
sohasiga kirmaydi. Nazariya va amaliyot o‘rtasidagi tafovutni bartaraf etish lozimligi to‘g‘risida ko‘p so‘z
yuritiladi, demak, nazariya amaliyotga zid bo‘lishi mumkin. Boshqa bir yondashuvga ko‘ra, yaxshi
nazariyadan amaliyroq narsa yo‘q. Nazariya va amaliyot o‘rtasidagi soxta tafovutni bartaraf etish emas,
balki amaliyotni rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish muhim vazifadir. Samarali ish ko‘radigan
sub’ekt va jamiyat yaxshi amaliyotchidir. Amaliyot shakllariga kelsak, ular inson faoliyatining tarkibiga
muvofiq ancha ko‘p. Masalan, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy hayot amaliyoti, san’at va fan
amaliyoti, til amaliyoti va hokazolar bor. Falsafa amaliyotga kategoriyalar, ya’ni amaliyotning barcha
shakllariga xos bo‘lgan umumiy jihatlar nuqtai nazaridan yondashadi.
5.
Do'stlaringiz bilan baham: |