Abu Mansur Moturidiy
(melodiy 944 yilda vafot etgan) kalom ilmining aql maqomiga alohida
e’tibor qaratgan Samarqandda Moturidiya maktabini yaratgan. Mu’taziliylar (ajralib chiqqanlar) yakka
xudolikning adolatli ekanini, Qur’onning tangri tomonidan yaratilganligini, iroda erkinligini yoqlab
chiqqan. Uning asoschisi Vosil ibn Atodir (699-748 yillar). Uning oxirgi vakillaridan biri Zamahshariydir.
Kalom islom ilohiyotining o‘ziga xos falsafiy ta’limotidir. U diniy aqidalarni asoslab berishga
uringan. U Qur’onga tayanib, jannat va do‘zaxning azaliy ekanligini, insonda iroda erkinligining
yo‘qligini, lekin insonning Olloh oldida o‘z qilmishlari uchun mas’ul ekanligini asoslab berishga xarakat
qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |