244
uchun ham san'at o'zini tobora insonga yaqinlashtirib boradi. Chinakam san'at insonni bu xolatdan
qutqarishga qodir bo'lgan estetik tarbi vositasidir. Shuningdek, shaxsning estetik tarbiyasini san'at vositasida
amalga oshirishning afzal tomonini ikki xususiyat bilan ifodalash mumkin. Birinchidan, san'at ijtimoiy
anglashning boshqa shakllariga qaraganda insonga birmuncha yaqinroq hamda tezroq ta'sir ko'rsata olish
imkoniga ega. Ikkinchidan, san'at insonni estetik jihatdan kamolotga yetkazish jarayoniga muayyan
mafkuraviy mazmun bag'ishlashi bilan birga inson ma'naviy qadriyatlarini ro'yobga chiqarishda yaqindan
yordam ko'rsatadi. San'at o'zining estetik bisotini to'laligicha namoyon qilishi uchun ham tarbiya jarayoni
bilan chambarchas bog'lanadi. Chunonchi, inson tafakkurini go'zallashtirish estetikaning tadqiqot obekti
hisoblansa, estetik tarbiyaning predmeti esa ma'naviy dunyoni inson tomonidan estetik anglash bilan
belgilanadi. Ma'lumki, fuqarolarda yuksak did va idealni shakllantirish estetik tarbiyaning asosiy
vazifalaridan hisoblanadi. Bu vazifaning zalvorli yukini avval ham, hozir ham va bundan keyin ham
chinakam san'at, adabiyot va ma'rifat ko'tarishiga shubha yo'q. Shuni aytish lozimki, so'nggi yillarga kelib
san'at va madaniyatga jamiyat hayotini o'zgartiruvchi, unga xizmat qiluvchi, fikrlar almashinuvini
ta'minlovchi hamda estetik ahamiyat kasb etuvchi murakkab ijtimoiy jarayon sifatida munosabat
bildirilayotganligi diqqatga sazovor. Negaki, turli–tuman madaniy–ma'rifiy tadbirlar, rang–barang ko'rik–
tanlovlar, san'at bayramlari va festivallarini o'tkazilshi o'z navbatida kishilarni tayyor ma'naviy
«mahsulotning iste'molchisi»ga aylanib qolishidan saqlaydi. Shuningdek, san'atning inson estetik
tafakkurini yuksaltirishdagi ahamiyati yana shu bilan izohlanadiki, san'at avvalo; voqelikni badiiy qiyofalar
yordamida aks ettiradi, o'zida moddiylik va ma'naviylikning estetik mazmunini namoyon qiladi, ijtimoiy
hayotga yangicha ko'rk bag'ishlaydi, ularni qaytadan tashkil etadi va o'zgartiradi. Ana shunga ko'ra,
insonning bilimlilik tomoni san'atning ko'rinishlarini namoyon ettirish holatlarini amalga oshiradi. Mazkur
xolatlar natijasida estetik tarbiyaviylik hususiyati o'z ifodasini topadi. Demak, ko'rinib turibdiki, san'at
voqelikka estetik munosabatning kengqamrovli sohasi bo'lib, u insonni nafosatli hamda badiiy didini
shakllantirishda muhim vosita vazifasini bajaradi. San'atning tarbiyaviy-g'oyaviy funksiyasi hayot
haqiqatlarini qaytadan tiklash orqali namoyon bo'ladi. Estetik haqiqatning o'zi esa hayotni badiiy ijod
qonunlari
bilan
aks
ettirishi
natijasida
vujudga
keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |