241
nigohini, diqqatini tortadigan madaniy, maishiy muassasalar atrofini badiiy-estetik bezatish san’atini,
loyihalashtirishni nazarda tutamiz. Uning asosiy retsipienti shahar kishisidir.
«SHahar dizayni» tushunchasi o‘tgan asrning o‘rtalarida paydo bo‘lgan va u kishilar, ayniqsa iste’molchilar
to‘planadigan joylarni, vitrinalarni informatsiya tarqatish funksiyasini bajaradigan tumbalar reklamalar,
ko‘rsatkich va afishalarni nazarda tutgan. Dizaynshunos V.L. Glazichevning fikriga ko‘ra, yuqoridagi oddiy
bezaklar o‘rniga 50- yillarga kelib bil-bord, aylanma vitrinalar, savdo-sotiq o‘choqlariga ulanib ketgan
kioskalar, ko‘p qavatli uylar oldida xalq amaliy san’ati namunalari bilan bezatilgan maydonchalar paydo
bo‘ladi [1]. Natijada kishilarning badiiy-estetik didini shakllantirishga, inshootlar, ko‘p qavatli uylar,
istirohat maskanlarini dizayn qonunlariga muvofiq badiiy bezatishga ehtiyoj tug‘iladi. SHahar kishisining
serharakatligi, seytnot, psixologik ta’sirlarning ortib borayotgani, butun badiiy-estetik izlanishlarda va san’at
asarlari yaratishda bo‘lgani kabi shahar dizayni oldiga ham qator talablar qo‘yadi.
Birinchi talab shunda ediki, shahar dizayni mavjud inshootlar kompleksini, kishilarning ko‘zi tushadigan
joylarni badiiy-estetik go‘zal, betakror va o‘ziga xos mohiyatli qilishi lozim. Qad ko‘tarayotgan inshootlar
sonining oshishi bilan ularning tashqi ko‘rinishiga, badiiy-estetik jixatlariga talab ham ko‘paydi, ya’ni
o‘tgan davrda an’anaga aylangan temir-beton inshootlarni qurishga badiiy-estetik ko‘rinish, bezash lozim
bo‘ladi. Masalan, 60- 70 yillarda Toshkentda (ayniqsa Chilonzor tumanida) “xruщevka” nomini olgan
temir- beton uylarda deyarli hech qanday badiiy- estetik mohiyat ko‘zga tashlanmaydi. Zerikarli, qo‘ng‘ir
rangli beton-uylar ham shaharsozlikda dizayn belgilari shakllanmaganidan dalolat beradi. Mustaqillik
yillarida zerikarli ko‘rinishdagi temir-beton inshootlarning birinchi qavatini zamonaviy shisha, mramor,
plastika, alyubond va rang-barang vitrinalar bilan bezatish an’anaga aylandi. Bugun ushbu binolar dizaynida
asekko (devorga rasm chizish uslubi) freska, vitraj, bakkar (xrustal bilan bezatish uslubi), rang-tasvir,
grafika, glintika (toshga o‘yish san’ati), gobelen, izrazets, inkrustatsiya bilan birga o‘zbek xalq amaliy
san’ati – naqqoshlik, yog‘och o‘ymakorligi, ganch o‘ymakorligi va boshqalardan foydalanilayotganini
ko‘ramiz.
Ikkinchi talab serharakat shahar kishisining vaqtini tejash hamda unda ma’lum bir voqealar, hodisalar
haqida ta’surot uyg‘otish, fikr shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan [2]. O‘sha davrda hukmron bo‘lgan
kommunistik mafkura ko‘chalar, maydonlar va binolarga turli shiorlar, plakatlar ilishni an’anaga
aylantirgan. Ularda asosiy e’tibor shriftga, ya’ni shior mazmuniga mos keluvchi shriftdan foydalanishga
qaratilgan. SHiorlar ko‘pincha qizil alvonga uzoqdan ko‘zga tashlanuvchi kesma shriftlar bilan yozilgan.
70-yillarga kelib katta ko‘chalarda, korxonalar maydonchalar, istirohat maskanlari va ma’muriy idoralar
oldida katta plakatlar, temir konstruksiyalar yoki oq mramor bilan qoplangan stendlar, mozaika pannolar
o‘rnatish keng tarqaladi. Mazkur stend va pannolarni hozirgacha Toshkent shahrida uchratish mumkin.
Shuni qayd etishimiz kerakki, mazkur plakat, stend va pannolar asosan ideologik vazifani bajargan, ularda
shaharning badiiy-estetik obrazini yaratish, san’at asarlarini dizayn talablariga muvofiq loyihalashtirish,
bezatish nazarda tutilmagan.
Uchinchi talab shahar – inson konsepsiyasi yuzaga kelgani bilan bog‘liqdir. O‘sha davrda o‘tkazilgan
maxsus tadqiqotlar ko‘rsatadiki, shahar shunchaki makon, kishilar ishlaydigan va istiqomat qiladigan
muhitgina emas, u insonning dunyoqarashi, badiiy-estetik didi va hayotiy idealini shakllantiradigan ijtimoiy-
tarbiyaviy omildir. SHahar muhiti, undagi tarixiy-madaniy an’analar, turmush tarzi, arxitektura, ko‘chalar
va istirohat maskanlari insonda ma’lum etnostereotiplarni shakllantiradi. Mazkur tadqiqotlarda shaharni
loyihalashtirishga dizayn san’ati nuqtan nazaridan yondashish lozim, degan fikr ilgari suriladi. To‘g‘ri,
ularda hali «shahar dizayni» degan ibora ishlatilmaydi, ammo tadqiqotchilar shahar muhitini badiiy-estetik
g‘oyalar va asarlar bilan bezatish konsepsiyasini ilgari suradilar. Masalan, S.B. Bazazyansning fikriga ko‘ra,
shahar muhiti, ko‘chalar, inshoot va maydonlar musavvirga rang-barang san’at turlaridan foydalanishga
imkon beradi, shuning uchun «har bir ijodkor shahar muhitini badiiy-estetik ta’sir ob’ekti, shahar kishisini
esa retsipient» sifatida qabul qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |