Toshkent moliya instituti "ijtimoiy fanlar" kafedrasi



Download 4,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet373/643
Sana01.01.2022
Hajmi4,93 Mb.
#302989
1   ...   369   370   371   372   373   374   375   376   ...   643
Bog'liq
Mantiq

 

 

 

202 



 

o'zining  Vatan  mudofaasi  quvvatini  susaytirishga  harakat  qilgan  salkam  xiyonatkor  fuqaro  deb  e’lon 

etilishiga,  boshiga  behisob  tuhmatlar,  ta’na-dashnomlar  yog‘dirilishiga  sabot  bilan  chidadi,  ahdidan 

qaytmadi,  yovuzlik  saltanati  qo‘lida  o‘z  olimlik  iste’dodining  qo‘g‘irchoq  bo’lishiga,  harbiy  murvatga 

aylanishiga  yo‘l  qo‘ymadi.  Oxir-oqibatda  u  inson  huquqlarining  jahon  tan  olgan  eng  buyuk 

himoyachilaridan biri sifatida butun insoniyat tahsiniga sazovor bo‘ldi. Bunday misollarni ko‘plab keltirish 

mumkin. 

Bulardan  tashqari,  muallimlik  odobi,  huquq-tartibot  xodimlari  odobi,  muhandis  odobi  singari  birqancha 

kasbiy  odob  turlari  borki,  ular  ham  jamiyatda  axloqiy  munosabatlar  silsilasida  muhim  ahamiyatga  ega. 

Shuni aytish kerakki, barcha kasbiy odob qonun-qoidalarining ta ’sir doirasi, miqyosi bir xil emas. Ba’zi bir 

kasbiy  odobning  buzilishi  oddiy  odobsizlik  doirasidan  chiqib,  axloqsizlikka  aylanib  ketadi.  Masalan, 

rahbarlik  odobidagi  ba’  zi  nuqtalarga  to‘xtalaylik.  Rahbar  quyi  lavozimdagilarga  mensimay,  qo‘pol 

munosabatda bo'lishi, o'ziga ishonib topshirilgan hudud yoki tashkilotdagi oddiy odamlar arz-dodiga, orzu-

istaklariga 

to'ralarcha  qarashi  odobsizlikka  kirsa,  uning  shaxsiy  boylik  orttirishi  yo‘lida  korrupsiya  vositasida 

mamlakat,  viloyat  yoki  tashkilot  manfaatlarini  qurbon  qilishi  axloqsizlik,  nafaqat  rahbarlik  kasbiga,  balki 

Vatanga ham xiyonat tarzida baholanishi mumkin. Ba’zan kasbiy odobning kasbiy axloq deb atalishi ham 

ana shundan. Rahbarlikning axloqiy jihatlari, rahbar borasida Islom Karimovning mana bu fikrlari bag‘oyat 

ibratlidir:  «Oddiy  odamlarning  rahbarlarga  munosabati  ikki  fuqaro  o‘rtasidagi  munosabatgina  emas.  Ayni 

paytda u jamiyatda qaror topadigan ma’naviy-ruhiy, siyosiy-axloqiy muhitni ham  yaratadi. Haqiqiy rahbar 

odamlarning  ko'ngliga  yo‘l  topib,  ularni  ezgulikka,  yaxshilikka,  yaratishga  da’vat  etadi»

58

.  Yuqorida 



keltirilganlardan ko‘rinib turibdiki, kasbiy odob muammosi, 

ba’zilar  o’ylaganidek,  axloqshunoslikning  mayda  masalalaridan  emas.  Uni  har  tomonlama  o  ‘rganish, 

kasbiy  erkinlik  va  kasbiy  burch  munosabatini  tadqiq  etish  XXI  asr  axloqshunosligida  muhim  o  ‘rin 

egallayajak.  Zero,  kasbiy  odob  shaxs  va  jamiyat  axloqiy  hayotida  o  ‘zini  amaliy  axloq  tarzida  namoyon 

etuvchi ma’naviy hodisa sifatida baholanishi lozim. 


Download 4,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   369   370   371   372   373   374   375   376   ...   643




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish