Тошкент молия институти “ижтимоий фанлар” кафедраси



Download 0,96 Mb.
bet168/171
Sana02.01.2022
Hajmi0,96 Mb.
#307898
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   171
Bog'liq
УМК УЗБЕКИСТОННИНГ ЯНГИ ТАРИХИ янги вариант

(asosiy tushunchalar va atamalar)

SSSR. (Soyuz Sovetskix Sotsialisticheskix Respublik). Jahon siyosiy xaritasida bu nom 1922 yil 30 dekabrda paydo bo’lib, RSFSR, UkSSR (Ukraina), BSSR (Belorussiya) va ZSFSR (Zakavkaze Sotsialistik Federativ Sovet Respublikasi) larning ittifoqi sifatida tashkil etiladi. Keyingi yillarda uning tarkibiga birin-ketin qator «ittifoqchi» sovet respublikalari karitiladi. O’zSSR 1925 yil mayda ittifoq tarkibiga qabul qilinadi. 1940 yilga kelganda uning tarkibidagi respublikalar soni 15 taga yetadi. Zo’ravonlikka asoslangan bu sun’iy davlat juda qisqa umir ko’rib 1991 yilga kelib parchalanib ketdi

Sotsializm (lot. socialis – ijtimoiy) –xususiy mulkni ijtimoiy (umumiy) mulkka aylantirish orqali erkinlik va tenglikka, baxt va farovonlikka erishish mumkin deb hisoblovchi ta’limot. Sotsializm tarafdorlari ana shu yo’l bilan qurilgan ijtimoiy tuzumni ideal (barchaga manzur, oqilona) jamiyat deb hisoblaganlar. Sotsializmda inson xususiy mulkdan tamomila ajratiladi. Oqibatda inson o’z individual xususiyatlaridan ham mahrum etiladi. U “omma”ga aylanib, o’z “meni”ni ham yo’qotadi. Jamiyatda zo’ravonlik, tobelik kuchayadi.

XX asrning 20-30 yillarida SSSRda, ikkinchi jahon urushidan keyin SHarqiy Yevropaning barcha mamlakatlarida, shuningdek, Osiyoning ba’zi mamlakatlarida sotsializm tuzumi o’rnatildi. Sotsializm to’g’risidagi tasavvurlar dunyoning muayyan qismiga yoyildi. Sotsializm qurilishi e’lon qilingan mamlakatlarning barchasida davlat mulkining monopoliyasi, direktivali markazlashtirilgan rejalashtirish, shuningdek, qonunsizlik, ma’naviy-diniy qadriyatlarning inkor etilib, oyoq osti qilinishi, o’zgacha fikrlovchilarga toqat qila olmaydigan bir guruh shaxslarning yakka hukmronligi va diktaturasi o’rnatildi.

Totalitar rejimlarning hukmronligi iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy bo’hronga (krizis-inqirozga), dunyoning rivojlangan mamlakatlaridan orqada qolishiga olib keldi. O’zbekiston ham shu jarayondan chetda qolmadi. Bu yerda ham hunarmandlar, savdogarlar, tadbirkorlar va erkin kasb egalari tugatildi. Zo’rlik asosida qurilgan bu tuzumda quloq qilish, o’zbek ayollarini ozodlikka chiqarish, jamoalashtirish siyosati va boshqa ko’rinishdagi qatag’onlarni sotsializm qurish yo’lidagi qonuniy jarayon sifatida asoslashga urinildi.

XX asrning 80-90-yillari chegarasiga kelganda sotsializm jamiyatning ob’ektiv taraqqiyoti qonuniyatlariga zid, oxiri yo’q va sarob g’oya ekanligini yuqorida keltirilgan mamlakatlar xalqlari o’z hayotlarida sinab ko’rib, bu g’oyadan ixtiyoriy va ommaviy ravishda voz kechdilar.

Totalitarizm (lot. Totalis –butun, hammasi, to’la)-davlat boshqaruvining g’ayridemokratik shakllaridan biri bo’lib, unda jamiyat hayotining barcha sohalari ustidan davlat hokimiyat organlari to’liq nazorati o’rnatiladi. Siyosiy erkinliklar bo’g’ilib, ommaviy axborot vositalariga tsenzura (davlat nazorati) o’rnatiladi. Erkin fikr ta’qiqlanadi va qatag’on qilinadi.

Byurokratiya (fr. bureau – yozuv stoli, ish kabineti, devonxona. yunon. kratos – qudrat, hokimiyat) –davlat va jamiyatni xalqdan ajralgan holda u bilan hisoblashmasdan ma’muriy buyruqbozlik yo’li bilan boshqarish usuli. Byurokratik boshqaruvda xalqqa berilgan va’dalar faqat qog’ozda qolib ketib, u hech qachon amalda bajarilmay qoladi. Ana shu qog’ozbozlik va to’rachilik ma’muriy boshqaruv tuzilmalardan tortib ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha jabhalariga kirib boradi. Hukumat va yuqori tashkilotlarning buyruq-ko’rsatmalari amalda bajarilmagan bo’lsa ham qog’ozda bajarilgan qilib ko’rsatiladi. Qog’ozda aks ettirilgan ko’rsatkichlar va yutuqlar hayotga tadbiq etilmaydi.

Sobiq SHo’rolar davlatida byurokratizm bu kapitalistik jamiyatga xos xususiyat, sotsialistik tuzumda byurokratizmga yo’l qo’yilmaydi deb balandparvoz shiorlar ilgari surilgan bo’lsa-da, byurokratiyaning asl ko’rinishlari aynan sho’rolar jamiyatida gullab yashnadi.

SHovinizm (frantsuzcha «chauvinisme»)-millatchilikning keskin ko’rinishlaridan biri, bir millatning ikkinchisidan ustun qo’yish. SHovvinistik siyosat millat yoki xalqlar o’rtasida o’zaro dushmanlik munosabatlarini keltirib chiqarishga qaratilgan siyosat shovinistik siyosat deb yuritiladi.

Ateizm (fr. «theos» xudo, gr. «a» inkor yuklamasi). -Xudosizlik, xudoni inkor etish. Marksizm-leninizm g’oyalariga ko’ra xudoning mavjudligini inkor etish. Sobiq sho’rolar davrida kommunistik partiya tomonidan ommoviy ravishda targ’ib qilingan g’ayriinsoniy ta’limot.

Ma’lumki, din dunyo, inson, mavjudodlarning kelib chiqishini, hayotning mazmuni va ma’nosini, insonning yashashdan maqsadlari kabi savollarga javob beruvchi dunyoqarash shakli xisoblanadi.

SHo’rolar davrida dinga qarshi olib borilgan xuruj va xujum, tashviqot va targ’ibot oxir-oqibatda, istibdodchilar kutgan natijani bermadi va din faqatgina qoloqlikning, savodsizlikning, fan yutuqlarini bilmaslikning natijasi deyish nihoyatda yuzaki fikr ekanligini, din inson tafakkuri, madaniyati, ma’naviyati, ruhiyati, kundalik hayoti bilan juda murakkab bog’langanligini ko’rsatdi. Din har bir jamiyat, davlat va mamlakatning madaniy, ma’naviy, ruhiy hayotida hamma vaqt ma’lum o’rinni tutgan va bundan keyin ham shunday bo’lib koladi. Darhaqiqat, bugungi Amerika Qushma SHtatlarining milliy volyutasi-dollarning orqa tomoniga «In god wee trust» -ya’ni «Biz xudoga ishonamiz» degan so’zlar yozib qo’yilgan.

«Qizil imperiya». 1917-1991 yillarda mavjud bo’lgan Sobiq Sovet Ittifoqi (SSSR) ga tarixchilar, badiiy ijod ahli va ilmiy ziyolilar tomonidan ishlatiladigan atama. SHo’rolar davlatining bayrog’i qizil rangda bo’lganligi uchun shunday nomni olgan. g’arb ommaviy axborot vositalarida bu davllat «xalqlar turmasi» deb ta’riflangan bo’lsa, AQSH prezidenti R.Reygan (1980-1992) Sovet Ittifoqini «Yovuzlik imperiyasi» deb atagan edi. «Imperiya» so’zi lotincha so’z bo’lib, mutlaq hokimiyatga ega hokimni, mahkumlar, mazlumlar ustidan cheklanmagan huquqqa ega, jabr-zulm va ezishga asoslangan idora etish va boshqarish usulini, mustamlakalarga egalik qiluvchi va qaram xalqlarni asoratga solib shafqatsiz ekspluatatsiya qiluvchi yirik tajovuzkor davlatni bildiradi.

Orol muommosi. XX-asr 60-yillaridan sovet hukumatining tashabbusi bilan O’zbekistonda paxta yetishtirish ko’rsatkichlarini yanada oshirish maqsadida yangi ekin maydonlarini ochish, irrigatsiya tarmoqlarini barpo etish kompaniyasi boshlandi. Bu rejani amalga oshirish maqsadida Amudaryo va Sirdaryoning suv resurslari paxta ekin maydonlarini sug’orish uchun sarflanib Orol dengiziga suv quyilishi umuman yo’q darajaga borib yetdi. Orol dengizining qurishi oqibatida yerlarning sho’rlanishi, tuproq unumdorligining keskin pasayib ketishi, atmosfera havosining ifloslanishi natijasida o’simlik va hayvonot dunyosining tabiiy muvozanati buzildi. Atrof muhitdagi ekologik o’zgarishlar bevosita inson salomatligiga ham jiddiy havf sola boshladi. Bu esa o’zbek xalqining ijtimoiy siyosiy hayotida orol muommosi kabi global muommoni yuzaga keltirdi. CHunki orol muommosi allaqachon O’zbekiston doirasidan chiqib yon-atrofdagi xududlar va butun mintaqaning tabiiy muvozanatini buzuvchi katta bir ekologik tahdidga aylanib qoldi. SHu ma’noda Orol muommosini sobik sovet tuzumi o’zbek xalqiga og’ir meros sifatida qoldirdi. Bugungi kunda bu muommo nafaqat mustaqil O’zbekiston davlati, balki butun xalqaro hamjamiyatning asosiy diqqat markazida turibdi.

«Tushunchalar tahlili» uslubidagi tarqatma metariallar.




Tushunchalar

Mazmuni

Totalitarizm




Byurokratiya




Sotsializm




Milliy-davlat chegaralanishi




O’zbekiston SSR




Kompartiya




Orol muommosi




SHovvinizm




Ateizm



“Muammo” texnologiyasi

1-guruh:

Muammoning turi

Muammoning kelib chiqish sabablari

Muammoni yechish yo’llari

Orol muammosi





2-guruh:


Muammoning turi

Muammoning kelib chiqish sabablari

Muammoni yechish yo’llari

Paxta yakkahokimligi





3-guruh:


Muammoning turi

Muammoning kelib chiqish sabablari

Muammoni yechish yo’llari

Миллатлараро низолар




4-guruh


Muammoning turi

Muammoning kelib chiqish sabablari

Muammoni yechish yo’llari

Орол муаммоси




Mavzu bo’yicha test savollari.

1. Qachon O‘zbekiston SSR Oliy Soveti o‘n ikkinchi chaqiriq II sessiyasida Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilindi.

A) 1990-yil 20-iyulda B) 1991-yil 20-iyulda * S) 1990-yil 20-iyunda D) 1991-yil 25-iyulda

2. O‘zbekiston SSR tarkibidagi Qoraqalpog‘iston ASSR suvereniteti to‘g‘risida Deklaratsiya qachon qabul qilindi.

A) 1990-yil 20-iyulda

B) 1991-yil 20-iyunda

*S) 1990-yil 14-dekabrda

D) 1991-yil 15 dekabrda

3. Sovet Ittifoqi tarkibidan 1990-yil mart – may oylarida qaysi davlatlar chiqib ketdi.

*A) Litva, Latviya ,Estoniya

B) Armaniston,Ozarbayjon,Gruziya

S) Moldova,Litva,Gruziya

D) Estoniya,Ukraina ,Belorussiya

4. 1990-yil 12-iyunda qaysi davlatning suvereniteti to‘g‘risida Deklaratsiya qabul qilindi.

*A) RSFSR B) Belorussiya

S) Ukraina D) Zakavkaze

5.Qachon birinchi martaSSSRda umumxalq referendumi o‘tkazildi.

A) 1991-yil 18 mart *B) 1991-yil 17-mart

S) 1992-yil 21- mart D) 1992-yil 17-mart

6. 1991-yil 23-aprelda Moskva yaqinidagi Novo-Ogaryovoda “Mamlakatdagi ahvolni barqarorlashtirish va tanglikni bartaraf etishga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida qo‘shma bayonot” qabul qilindi.Bu bayonotda nechta davlat ishtirok etdi.

*A) “9+1” B) “8+1”

S) “9+2” D) “7+2”

7. Mustaqil Davlatlar Ittifoqi to‘g‘risida shartnoma” loyihasi qaysi davlat matbuotida 28-iyun va 16-avgust kunlari e’lon qilindi.

A) Qozog’iston *B) O‘zbekiston

S) Qirg’iziston D) Turkmaniston

8.Moskvada 1991-yil 19 – 21-avgustda yuz bergan voqealar natijasi qanday oqibatlarga olib keldi.

1. M.S.Gorbachyovning hokimiyatdan chetlashtirildi, 2. Favqulodda Holat Davlat Komiteti SSSRning kelajagi yo‘qligidan dalolat berardi.3.Vitse-prezident Gennadiy Yanayev boshchiligidagi oliy eshelon rahbarlari tomonidan Favqulodda Holat Davlat Komiteti (GKChP) tuzildi, 4. RSFSR prezidenti etib Boris Yelsin saylandi .

A) 1,2 *B) 1,3 S) 2,4 D) 3,4

9.KPSS siyosiy partiya sifatida qachon o‘z faoliyatini to‘xtatdi.

*A) 1991-yil 29-avgustda

B) 1992-yil 28 avgustda

S) 1991-yil 1-sentabrda

D) 1992-yil 29 avgustda

10. Qachon SSSR davlati xalqaro huquq subyekti sifatida barham topdi.

*A) 1991-yil 25-dekabrda

B) 1991-yil 29-avgustda

S) 1992-yil 28 avgustda

D)1991-yil 1-sentabrda

11. 1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n ikkinchi chaqiriq navbatdan tashqari nechanchi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi to‘g‘risida prezident I.A.Karimovning ma’ruzasi tinglandi.

A) V sessiyasida *B) VI sessiyasida

S) VII sessiyasida D) IV ses siyasida

12. “O‘zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi asoslari to‘g‘risida” Qonun qabul qilindi.Mazkur qonun moddadan iborat.

A) 16 moddadan *B)17 moddadan

S) 18 moddadan D) 12 moddadan
1-5 ta to’g’ri javob – “qoniqarli”

6-9 ta to’g’ri javob – “yaxshi”

10-12 ta to’g’ri javob – “a’lo”
Baholash mezonlari

Guruh

Tushunchalar tahlili, Muammo

Izoh

(aniqlik, mantiqiylik)



Guruh faolligi

(qo‘shimchalar, savollar)



Jami

Baholash
















1
















2
















3
















4-МАВЗУ.

1-илова


№1 эксперт варақаси

  1. Мамлакатимиз тарихида озодлик учун курашлар тарихидан кимларни биласиз?

  2. Собиқ иттифоқда 20 асрнинг 80-йилларидаги қандай жараёнлар Ўзбекистонда мустақиллик учун курашларни янада жонлантирди?

  3. Давлатимиз мустақиллигига эришиш имкониятини яратган омиллар нималардан иборат эди?

№2 эксперт варақаси

1. Мустақиллик халқимизга қандай имкониятлар берди?

2. Тараққиётнинг «ўзбек модели» қандай тамойилларга асосланади?

3. Собиқ иттифоқдан, эски мустабид тузумдан мамлакатимизда демократик ислохотларни амалга оширишга тўсиқ бўлган қандай сиёсий мерос колган эди.?
№3 эксперт варақа

1. Ўзбекистонда ҳуқуқий давлат, фуқаролик жамияти қурилишида қандай тамойиллар, тажрибалар ва қадриятларга таянилади?

2. Ўзбекистонда бошкарувнинг қандай тизимига амал қилинмоқда?

3. Кучли давлатдан кучли жамият сари», деган тамойилнинг мазмун ва мохиятини тушунтириб беринг?

4. Ўзбекистон Республикаси давлат рамзлари тўғрисидаги концептуал жадвални тўлдиринг.

Давлат рамзи номи

Қабул қилинган пайти

Асосий белгилари

Таърифи

Конституция










Байроқ










Герб










Мадҳия










Валюта










Бошқалар










№4 эксперт варақ



  1. Ўзбекистонда миллий давлат қуриш йўлида қандай тадбирлар амалга оширилди?

  2. «Судларнинг мустақилликка эришуви» деганда нимани тушунасиз?

  3. Мамлакатимизда Ватан хавфсизлигини таъминлаш борасида қандай ишлар амалга оширилди?

  4. Президент И.А. Каримовнинг «Бизнинг бош мақсадимиз-жамиятни демократлаштириш ва янгилаш, мамлакатни модернизация ва ислох этишдир» номли китобида ҳуқуқий демократик давлат барпо этиш ва унга эришиш борасида қандай вазифалар белгилаб берилди?

№5-эксперт варақаси

  1. Мамлакатимизда нима сабабдан фуқароларнинг ўзини-ўзи бошқариш органларига муҳим аҳамият берилмоқда?

  2. Республикамизда қандай партиялар, ҳаракатлар ва жамият ташкилотлари фаолият кўрсатмоқда?

  3. Республикамиздаги оммавий ахборот воситалари ва уларнинг демократик ўзгаришлардаги ўрни ҳақида фикрингизни билдиринг?

  4. Республикамиз парламенти ва ривожланган давлатлар парламентларини солиштириб умумий ва ўзига хос томонларни аниқловчи концептуал жадвални тўлдиринг.



Парламент номланиши

Тузилиши ва номланиши

Ваколатлари

Ваколат муддати

Сайлов тартиби

Ўзбеистон парламенти













АҚШ парламенти













Буюк Британия парламенти













Германия парламенти













Россия парламенти













Япония парламенти













2-илова

Иш тартиби ва регламенти

1. Гуруҳлардаги ички вазифаларни тушунтириш – 1-2 мин.

2..Гуруҳ иши натижалари намойиш этувчи материаллани жамоа бўлиб муҳокама этиб тайёрлаш –12-15 мин.

3. Намойиш материаллари презнтациясини ўтказиш –5 мин.

4. Бошқа гуруҳлар қатнашишини баҳолаш ва ўқитувчига маълум қилиш.


№3-илова

Гуруҳ ишини баҳолаш мезонлари ва кўрсаткичлари



гуруҳ

Саволларни тўлиқ ёритилиши

Баён этишнинг аниқ ва тушунарли эканлиги

Таълимни ташкил этиш, кўргазмалилик

Гуруҳ аъзоларининг фаоллиги

Жами баллар






















































4 – илова

Назорат саволлари


  1. Ўзбекистон Олий Кенгашининг нечанчи сессияси давлатимиз мустақиллигини эълон қилган?

  2. Қайси ҳужжатда “Ўзбекистон Республикаси ўз таркибидаги Қорақалпоғистон Республикаси билан бирга мустақил, демократик давлатдир”,-деб қонунлаштирилди.

  3. “Ўзбекистон Республикасининг Давлат мустақиллигини маъқуллайсизми?” мавзуида қачон референдум ўтказилди?

  4. Мустақилликка эришганимиздан кейин давлатимиз олдида қандай маъсулиятли вазифа турар эди?

  5. Ислоҳотларни инқилобий сакрашларсиз амалга ошириш бозор иқтисодиётига ўтишда нечанчи тамойил ҳисобланади?

  6. Ўзбекистон Республикаси байроғи ЎзР Олий Кенгаши (12 чақириқ) нинг нечанчи йилда бўлган қайси сессиясида қабул қилинган?

  7. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси неча бўлим, неча боб ва неча моддадан иборат?

  8. Мустақил Ўзбекистон давлатининг, унинг халқининг бош мақсади нима?

  9. Ўзбекистонда қачондан бошлаб икки палатали парламент фаолият кўрсата бошлади?

  10. “Кучли давлатдан кучли жамият сари” тамойили биринчи навбатда нимани англатади?

  11. “Фуқароларнинг ўзини-ўзи бошқариш органлари” дейилганда биринчи навбатда қайси жамоа уюшмалари тушунилади?

  12. 2004 йил охири ва 2005 йил бошида бўлиб ўтган икки палатали парламент сайловларида қайси сиёсий партия ғолиб бўлди?

5-илова


Мустақил иш учун вазифалар:

1. «Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаёт пировард мақсадимиздир» мавзусида тарихий иншо ёзиш.

2. Ўтилган мавзу юзасидан тест саволлари тузиш ва ишлаб келиш.

3. Маъруза матни асосида кейинги дарсга тайёрланиб келиш.

5-MAVZU: O’zbekistonda demokratik, fuqorolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar.


Prezidentlik hokimyati vakolatlari

Oliy Majlis vakolatlari

Siyosiy partiyalarning prezidentlik va parlament saylovlaridagi ishtiroki

























Guruhlarga bo’lib bajarish uchun topshiriq

Jadvalni to’ldiring.

1-masala.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga bir qator deputatlar guruhi tomonidan Qonunchilik palatasi Reglamentiga o‘zgartirish bo‘yicha qaror loyihasi kiritildi. Mazkur loyihaga muvofiq Qonunchilik palatasi kengashiga mamlakatdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotidagi o‘zgarishlardan kelib chiqib yangi qo‘mitalar tashkil etish, vaqtinchalik komissiyalar tuzish hamda quyi palata qo‘mitalariga ayrim masalalar bo‘yicha quyi palata nomidan qaror qabul qilish vakolati berilishi nazarda tutilgan. Qaror loyihasi tashabbuskorlarining fikriga ko‘ra, mazkur amaliyot bir qator xorijiy mamlakatlar parlamentida keng qo‘llanilayotgan bo‘lib, quyi palata faoliyatini optimallashtirish va samaradorligini oshirishga, uning mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotiga ta’sirini ortishiga xizmat qiladi.

Savol:



Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish