Agrar islohotlarga ustuvorlik berildi. Chunki, respublika aholisining 62%
qishloqda yashaydi, qishloq xo‘jaligida YaIMning 30 foizi, mamlakat valuta tushumlarining 55 foizi shakllanardi. Agrar islohotlar natijasida qishloq xo‘jaligida davlat tasarrufidagi mulk xususiylashtirildi. Qishloq xo‘jaligida nodavlat sektorining ulushi qariyb 100 foizni tashkil qilmoqda.
Islohot yillarida odamlarga shaxsiy tomorqa uchun qo‘shim- cha ravishda 550 ming gektar sug‘oriladigan yer ajratildi va shaxsiy tomorqa uchun berilgan yer maydoni 700 ming gektarga yetdi, 9 milliondan ortiq odam ana shu yer hosilidan foydalanmoqda.
Qishloqda xo‘jalik yuritishning maqbul shakllarini yaratishga alohida e’tibor berildi. Agrar islohotlarning dastlabki yillarida sovxoz va kolxozlar jamoa xo‘jaliklariga aylantirilgan edi. Ammo ular xo‘jalik yuritishda o‘zlarini to‘la-to‘kis oqlamaganliklari tufayli mulk paylari asosida shirkatlarga aylantirildi. 1999-yilda 898 ta, 2000-yilda 856 ta qishloq xo‘jaligi korxonalari shirkatlarga aylantirildi. Ularning umumiy soni 2002-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, ruspublika bo‘yicha 1900 taga yetdi, ularda 1 mln 400 ming kishi shirkat a’zosi sifatida mehnat qildi. Biroq shirkat xo‘jaliklari ham o‘zini oqlamadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 24-martdagi «Qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhum yo‘nalishlari to‘grisida»gi Farmonida agrar islohotlarining yangi yo‘nalishlari belgilab berildi. Farmonga binoan 2003—2007-yillar- da shirkat xo‘jaliklari tugatildi, ularning negizida fermer xo‘jalikla- ri tashkil etildi. 2007—2008-yillarda paxtachilik, sabzavotchilik, chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarining yer maydonlari qariyb 2,5 baravarga kengaytirildi. Fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchining asosiy shakliga aylandi.
Qishloqlarda shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar dehqon xo‘jaliklari sifatida qayta shakllantirildi. Dehqon xo‘jaligi — bu oilaviy mayda tovar xo‘jaligi bo‘lib, tomorqa yer uchastkasi oila boshlig‘iga umrbod meros qilib berildi, mahsulotlar oila a’zolarining shaxsiy mehnat asosida yetishtiriladi va sotiladi. 2004-yil boshlarida mamlakatimizda 3,5 millionga yaqin dehqon xo‘jaliklari yuridik va jismoniy shaxs maqomida faoliyat yuritdi, ularda 8 milliondan ortiq ishga yaroqli kishilar mehnat bilan band bo‘ldi. Dehqon va fermer xo‘jaliklari O‘zbekistonda asosiy ishlab chiqarish subektlariga aylandi. Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarilayotgan yalpi mahsulotning qariyb 100 foizi dehqon va fermer xo‘jaliklarida yetishtirilmoqda.
Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan agrar islohotlar natijasida qishloq hayoti yangilandi, dehqon va fermerning mehnatga munosabati, dunyoqarashi o‘zgardi. Ular yerning haqiqiy egasiga, o‘z mehnati evaziga yetishtirgan mahsulotning egasiga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |