3. Qoraqalpog‘iston Respublikasida ekologik ahvol. Orol fojiasi.
Mintaqada ekologik barqarorlikni ta’minlash masalasi davlat rahbarlariining doimiy e’tiborida bo‘lib kelmoqda. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq yurtboshimiz Islom Karimov bu masalaga jahon hamjamiyati e’tiborini qaratdi. Xalqaro Orolni qutqarish jamg‘armasi ana shunday olijanob sa’y-harakatlar samarasida tashkil etildi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi xalqi O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimovning BMT minbaridan turib dunyo mamlakatlarini Orol dengizini saqlab qolishga qarata chaqirig‘ini katta quvonch bilan kutib oldi. Uning tashabbusi bilan 1994-yili 14-yanvarda Nukusda Markaziy Osiyoning beshta davlat Prezidentlari hamda Rossiya Federatsiyasining vakillari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda Orolga va Orolbo’yi aholisiga amaliy yordam berish masalasi muhokama etildi. 1995-yili xalqaro konferensiyada “Nukus Deklaratsiyasi” qabul qilinib, unda butun dunyo jamoatchiligi e’tibori Orol muammosiga qaratildi. Deklaratsiyada ovul va o‘rmon xo‘jaliklarin ilmiy tizimga o‘tkazish, suv resurslarin foydalanishning iqtisodiy usullari va texnologiyasi ishlab chiqish, hududning tabiiy resurslarini boshqarish tartibini yengillashtirish, ushbu hududda yashovchi odamlarning turmush darajasini yaxshilash masalalari kun tartibiga qo‘yildi. 1995-yili 24-oktyabrda BMTning 50 yilligiga bag’ishlangan Bosh Assambleya majlisida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Bugungi kunda xalqaro moliya tizimlari bilan rivojlangan davlatlar qo‘llab-quvvatlashisiz, BMTning tashkiliy rolisiz bu muammoni yechish mumkin emas” deb aytdi.
Orolni qutqarish fondi Nukus filiali tashkil etildi va Markaziy Osiyo davlatlari o’z kuchlari va chet el donorlari yordami bilan 2 mlrd 686 mln dollar investitsiya to‘plab, shundan 856,25 ming dollar 1997-yili yuqoridagi muammolarni yechishga to’g’ridan-to’g’ri yo’naltirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha 2013-2017-yillarga mo‘ljallangan dasturi bu boradagi ishlarni yangi bosqichda davom ettirishda muhim ahamiyat kasb etayotir. Dasturda Orolbo‘yini ekologik sog‘lomlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, cho‘llanishning oldini olish, Orol dengizining qurigan hududlarida sun’iy o‘rmonlar barpoetish uchun keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Dasturga ko‘ra, mazkur ishlarga 89,39 milliard so‘m, 1635,55 million AQSh dollari va 57,63 million yevro mablag‘ yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.
Xalqaro Orolni qutqarish jamg‘armasi Nukus filiali tomonidan 2014-yilda Mo‘ynoq tumanida, Orol dengizining Axantay qismida 1500, Oqqum qismida 34 gektarlik saksovulzor – sun’iy o‘rmon barpo etildi.
Ayni paytda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda 90 million AQSh dollari miqdoridagi loyiha asosida Orol dengizining qurigan qismida cho‘llanishdan himoyalovchi mitti o‘rmonlar bunyod etishga kirishilayotgani ham hudud aholisi turmush farovonligini yuksaltirish borasidagi ezgu ishlarning davomidir.
O’zbekiston Respeblikasining Prezidenti SH.M.Mirziyoyev 2017-yil 19-sentabrda BMTning 72-sessiyasida so’zlagan nutqida Orol fojeasi masalasida yana bir bor jahon jamoatchiligiga yuzlandi.
“Bugungi kunning eng o’tkir ekologik muammolaridan biri – Orol xalokatiga yana bir bor e’tiboringizni qaratmoqchiman. Mana, mening qo’limda Orol fojeasi aks etgan xarita. O’ylaymanki, bunga ortiqcha izohga xojat yo’q.
Dengizning qurishi bilan bog’liq oqibatlarni bartaraf etish xalqaro miqyosdagi say-harakatlarni faol birlashtirishni taqazo etmoqda. Biz BMT tomonidan Orol fojeasidan jabr ko’rgan aholiga amaliy yordam ko’rsatish bo’yicha shu yil maxsus dastur to’liq amalga oshirilishi tarafdorimiz”.
Do'stlaringiz bilan baham: |