Тошкент молия институти “ижтимоий фанлар” кафедраси


Lekin hali ham xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ko‘ngilagidek, deb bo‘lmaydi. Agar mustaqillik yillaridagi statistik ma’lumotlarga



Download 0,96 Mb.
bet124/171
Sana02.01.2022
Hajmi0,96 Mb.
#307898
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   171
Bog'liq
УМК УЗБЕКИСТОННИНГ ЯНГИ ТАРИХИ янги вариант

Lekin hali ham xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ko‘ngilagidek, deb bo‘lmaydi. Agar mustaqillik yillaridagi statistik ma’lumotlarga e’tibor qaratilsa, jumladan, 2002 yilgacha respublikaning 31 tumanida xorijiy investitsiyalar ishtirokida birorta ham korxona tashkil etilmagan. Agar 2000 yilning boshida 143,5 ming korxona faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, 2002 yilda yurtimizda 240 mingta o‘rta va kichik korxonalar faoliyat ko‘rsatgan. SHulardan 85 mingtasi fermer xo‘jaliklaridir. Xususiy sektor aholining 30% ni ish bilan ta’minladi. Xususiy korxonalarni YAIMdagi ulushi 35% bo‘lgan.

Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzurida maxsus tashkil etilgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining roli esa bu borada oshib bormoqda. Jamg‘arma tomonidan tadbirkorlik sub’ektlariga o‘z tovar va xizmatlarini tashqi bozorlarga chiqarish bo‘yicha huquqiy, moliyaviy va tashkiliy xizmatlar ko‘rsatilgan. O‘zaro tuzilgan shartnomalar asosida 2015 yili qiymati 840 million dollardan ziyod tovarlar eksport qilingan11. Jamg‘arma ko‘magida 2016 yilda tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan 1 milliard 250 million dollar miqdoridagi eksport shartnomalari tuzilgan.

Ushbu ko‘rsatkich O‘zbekistonning bugungi imkoniyatlari nuqtai nazaridan olib qarganda albatta past. SHu boisdan, Prezident o‘zining “Tanqidiy tahlil qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik -har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” nomli kitobida muhim vazifalardan biri sifatida – «O‘ztadbirkoreksport» va «O‘zsanoateksport» aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek, Milliy bank huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi yo‘nalishi bo‘yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari eksporti bilan bog‘liq kamida 1 milliard 500 million dollarlik eksportni ta’minlashi kerakligini uqdirgan edi12.

Keyingi yillarda qishloq xo‘jaligi maxsulotlari etishtirish hajmining o‘sishi o‘rtacha 6 7 foizdan kam bo‘lmagan. Birgina 2015 yilda dalalardan 7.3 million tonnadan ortiq don, 12,8 mln tonnadan ziyod sabzavot va kartoshka, salkam ikki million tonna poliz mahsulotlari, qariyb 2,8 million tonna meva, 1,5 million tonnadan ziyod uzum mahsulotlari yig‘ishtirib olindi. Go‘sht ishlab chiqarish hajmi 2014 yilga nisbatan 106,7, sut ishlab chiqarish 107,1 tuxum ishlab chiqarish 111,1 foizni tashkil etdi. Bu qishloq mehnatkashlari, soha mutaxassislari va mutasaddilarining qilgan mehnatlari samarasidir.

2017 yilgacha yurtimizda 160 mingdan ziyod fermer ho‘jaliklari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ularning 36 mingdan ortig‘i ko‘p tarmoqli yirik sub’ektlarga aylandi. Buning quvonarli jihati shundaki, ayni paytda ular faqatgina dehqonchilik yoki chorvachilik bilan cheklanib qolmasdan, balki zamonaviy texnalogiyalar, ixcham qayta ishlash uskunalarini jalb etgan holda, qo‘shimcha tarmoqlarni o‘zlashtirishga harakat qilishyapti.

O‘zbekistonda etishtirilgan meva sabzavotlariga bo‘lgan talab dunyo miqiyosida talab ortib bormoqda. SHu bois ham, hukumat tomonidan istiqbolda oziq ovqat ekinlari maydonlarini kengaytirishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, Prezidentning 2015 yil 29 dekabrdagi “2016-2020 yillar davrida qishloq xo‘jaligini qayta shakllantirish va rivojlantirish chora tidbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi muhim dasturilamaldir. CHunki, bu hujjatda tuproq unumdorligi nisbatan past, suv ta’minoti og‘ir, kam rentabelli ekin maydonlariga paxta va g‘alla o‘rniga meva sabzavot, kartoshka, moyli, ozuqabop ekinlar ekish vazifasi belgilab berildi. Ularning amalga oshirilishi natijasida yaqin besh yilda boshoqli don etishtirish hajmini 8,5 mln tonnaga etkazish, kartoshka etishtirishni 35% ga, sabzavotlarni 30 foizga, meva va uzumni 21,5 foizga, go‘sht etishtirishni 26,2 foizga, sutni 43,7 foizga, tuxum etishtirishni 74,5 foizga ko‘paytirish, baliq etishtirishni 2,5 martaga oshirish mo‘ljallanmoqda. Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotining 40 foizdan ortig‘ini chorvachilik mahsulotlari tashkil etadi.

Ushbu sohada ham erkin bozor mehanizmlari shakllantirilgani, ko‘plab imtiyozlar berilayotgani natijasida chorva mollari bosh soni va chorvachilik ishlab chiqarish hajmi muttasil ortib boryapti. CHorvachilik fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, ularda naslli qoramollar podasini ko‘paytirish maqsadida keyingi 10 yil mobaynida Polsha, Avstriya, Gollandiya, Germaniya kabi mamlakatlardan 60 mingdan ko‘proq naslli qoramollar olib kelindi.


Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish