2000-yilda 954 ta, 2001-yilda 1002 ta traktor ishlab chiqarilgan bo‘l- sa, hozirgi paytda yiliga 3,5—4 ming donagacha traktor, minglab tir- kamalar ishlab chiqarilmoqda.
1995-yil oktabr oyida O‘zbekiston bilan AQSHning «ABB Lummus Global» kompaniyasi o‘rtasida Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasini qurish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Qurilish ishlari 1997-2001 yillarda amalga oshirildi, majmua qurilishiga 1 mlrd AQSH dollari hajmida sarmoya o‘zlashlirildi. 2001-yil dekabrda Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi ishga tushirildi. Majmua yiliga 125 ming tonna polietilen, 137 ming tonna suyultirilgan gaz va 126 ming tonna gaz kondensati ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Yengil va to‘qimachilik sanoati tez sur’atlar bilan rivojlanib bor- moqda. Janubiy Korea ishtirokida paxtani qayta ishlovchi «Qabul—O‘zbekKO», «Kosonsoy—Tekmen», «Papfen», «Asnam tekstil», «Karakulteks», «Chinoz to‘qimachi», «Qabul—FerganaKO», «Oqsaroy to‘qimachi» qo‘shma korxonlari barpo etildi. Faqat 2004-yilda 17 ta yengil sanoat korxonalari qurilib ishga tushirildi. Bu tarmoqda xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish kengaydi, minglab yangi ish o‘rinlari yaratildi. Agar 1991-yili respublikamizda paxta tolasini qayta ishlash 12 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2004-yilda bu ko‘rsatkich 28 foizga yetdi. Kalava, ip, paxta va shoyi gazlamalarini eksport qilish hajmi ancha oshdi.
Mustaqillik yillarida «Zarafshan—Newmont» korxonasi, Qizilqum fosforit kombinati, Qo‘ng‘irot soda zavodi, Quvasoy kvars zavodi, Yangiyo‘l va Andijon spirt zavodlari, Toshloq ip yigiruv fabrikasi va boshqa ko‘plab korxonalar bunyod etildi.
Iqtisodiyot tarkibidagi tub o‘zgarishlar, yangi korxonlalarning bunyod etilishi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida samarali natijalar berdi. 1991—2002-yillarda 1872 korxona va boshqa ishlab chiqarish muassasalari qurildi, mahsulotning 9,5 mingdan ortiq yangi turlarini ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. 1990-yilda respublika bo‘yicha ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmini
foiz deb olsak, undan keyingi yillarda kamayib bordi. 1995-yilga kelib makroiqtisodiyotda barqarorlikka erishildi va 1995-yildan boshlab barqaror o‘sish ta’minlandi. 1990-yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 100 foiz deb olsak, 2000-yilda 123,6 foizga, 2010-yilda 3 martaga o‘sdi. Un va un mahsulotlari, kiyim-kechak, poyabzal, shakar va qand mahsulotlari ishlab chiqarish sezilarli dara- jada ko‘paydi, iste’mol buyumlari importi kamaydi.
Yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish 1991—1995-yillarda pasayib bordi, 1996-yildan boshlab o‘sish boshlandi. Natijada O‘zbekistonda
2000-yilda ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulot (xarid qobilyati pariteti bo‘yicha) 1990-yilga nisbatan 1,3 marta, 2010-yo‘lda esa 3,4 marta o‘sishiga erishildi.
O‘zbekiston MDH davlatlari orasida birinchi bo‘lib iqtisodiy barqarorlikka erishgan, iqtisodiy ko‘rsatkichlari izchil o‘sib borayotgan mamlakatdir. O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning yillik o‘sish sur’atlari so‘nggi 11 yil — 2005—2015-yillar davomida 8 foiz- dan yuqori bo‘lib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |