Toshkent moliya instituti hamdamov baxrom kasimovich ilxomov shavkat islomovich


 Asosiy vositalarni harakati bilan bog‘liq muomalalar auditi



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/136
Sana17.07.2022
Hajmi2,59 Mb.
#817673
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   136
Bog'liq
Амалий аудит Дарслик

2.5. Asosiy vositalarni harakati bilan bog‘liq muomalalar auditi 
Dastavval, auditor moddiy javobgar shaxslarni va ular bilan 
tuzilgan 
to‘liq 
moddiy 
javobgarlik 
to‘g‘risidagi 
shartnomalar 
mavjudligini aniqlashi zarur. Agar shartnomalar bo‘lmasa, u holda 
auditor ularni tuzishni tavsiya qilishi lozim. 
Amaldagi tartibga ko‘ra asosiy vositalarning analitik hisobi 
ularning tasnifiy guruhlari va inventar obyektlari bo‘yicha, shuningdek 
obyektlarning moddiy javobgar shaxslarda turish joyi (bo‘linmalar, 
brigadalar, tsexlar, uchastkalar va h.k.) bo‘yicha yuritiladi. 
Subyektga kelib tushgan asosiy vositalarni tekshirishda har bir 
obyekt bo‘yicha alohida tuzilgan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi 
(AV-I shakl) ning rasmiylashtirilishiga e’tibor qaratish zarur. Bunda 
dalolatnomadagi obyektning tavsifi, turgan joyi, sotib olingan manbai, 
chiqarilgan yoki ko‘rilgan yili, ishga tushirilgan vaqti, obyektning sinov 
natijalari, uning texnik talablarga muvofiqligi va boshqa ma’lumotlar 
tekshiriladi. 


68 
Ayrim hollarda bir turdagi va narxi bir xil Xo‘jalik inventarlari, 
asboblar, stanoklar olinganda asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish 
umumiy dalolatnomasi tuzilishi mumkin. Bunda ushbu dalolatnoma 
ma’lumotlari, unga ilova qilingan pasportlar, ishlatish tartibi, 
yo‘riqnomalar ham tekshirilishi zarur. 
Hisobga qabul qilingan har bir asosiy vosita obyektiga inventar 
raqam berilgan bo‘lishi lozim. Masalan, 001 dan 099 gacha inventar 
raqamlar binolarga, 100 dan 199 gacha inshootlarga, 200 dan 299 gacha 
bo‘lgan raqamlar uzatish qurilmalariga beriladi va hokazo. Berilgan 
inventar raqami asosiy vositalar obyektiga metall jeton bilan biriktirib, 
uchmaydigan bo‘yoq bilan yozib yoki boshqa usullarda belgilab 
qo‘yilishi lozim. Bu belgilar obyekt foydalanishda bo‘lgan jami davr 
ichida saqlanib, buxgalteriya hisobining barcha tegishli dastlabki 
hujjatlarida va hisob registrlarida ko‘rsatiladi. Obyekt hisobdan 
chiqarilganidan so‘ng, uning inventar raqami yangi kirim qilingan asosiy 
vositalarga berilmaydi. 
Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (ilova 
qilingan hujjatlar bilan birga) buxgalteriyaga o‘z vaqtida topshirilgan 
bo‘lishi lozim. Subyekt buxgalteriyasida asosiy vositalarning analitik 
hisobi, ularning har bir turi bo‘yicha ochiladigan AV-6 shakldagi 
inventar kartochkalar yuritiladi. Bu kartochkada obyekt haqidagi barcha 
ma’lumotlar (dastlabki yoki tiklanish qiymati, amortizatsiya ajratmalari 
me’yori, kirim qilingan paytdagi eskirish darajasi) qayd etilgan bo‘lishi 
kerak. 
So‘ngra inventar kartochkalar ma’lumotlarining asosiy vositalarni 
hisobga olish bo‘yicha inventar kartochkalar ro‘yxati (AV-7 shakl) ga 
asosiy vositalarning tasnifiy guruhlari bo‘yicha o‘tkazilganligi 
tekshiriladi. 
Ro‘yxatga olingan kartochkalar asosiy vositalar kartotekasida 
tarmoqning tasnifiy guruhlariga, guruh ichida esa turgan joyi, 
foydalanish joyi va turlari bo‘yicha guruhlangan bo‘lishi kerak. 
Ishlatilmayotgan asosiy vositalarning inventar kartochkalari alohida 
guruhlangan bo‘lishi kerak. 
Asosiy vositalar hisobdan chiqarilganida dalolatnoma tuzilib, uning 
ma’lumotlari tegishli inventar kartochkalarda qayd qilinadi, so‘ngra bu 
kartochkalar kartotekadan olib qo‘yiladi. Amaliyotda, asosiy vositalar 
obyektlarining qiymati quyidagi Xo‘jalik operatsiyalari natijasida 
subyekt aktivlari tarkibidan chiqib ketadi: 
- sotilganda; 


69 
- foydalanish maqsadga muvofiq emasligi sabablariga ko‘ra 
hisobdan chiqarilganda; 
- boshqa subyekt va shaxslarga beg‘araz berilganida; 
- boshqa subyektlarning ustav kapitalini shakllantirish uchun ulush 
sifatida qo‘shilganida; 
- kamomad yoki yo‘qotish aniqlanganda va.h.k. 
Audit jarayonida qayta baholash natijasida narxlar oshgan yoki 
kamaygan summalarining buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirilishi 
ham tekshiriladi. Qayta baholanib oshgan summa 0100 - «Asosiy 
vositalarni hisobga oluvchi schyotlar» ning debeti va 8510 – «Mulklarni 
qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» schyotining kreditiga yoziladi. 
Qayta baholangan asosiy vositalar obyektlari bo‘yicha tiklanish 
qiymati inventar kartochkaning rekonstruksiyalash, modernizatsiyalash 
bo‘limida qayd etilgan bo‘lishi lozim. Shu bilan birga qayta baholangan 
eskirish summasi ham inventar kartochkaning tegishli bo‘limida aks 
ettirilgan bo‘lishi kerak. Har bir moddiy javobgar shaxs asosiy vositalar 
obyektlarining analitik hisobini AV-9 shakldagi vedomostda yuritishi 
kerak. Bunda hamma moddiy javobgar shaxslar bilan belgilangan 
shaklda va ikki nusxada to‘la moddiy javobgarluk to‘g‘pisida 
shartnomalar tuzilganligi, shartnomalarning bir nusxasi moddiy javobgar 
shaxslarning hujjatlar to‘plamida, ikkinchi nusxasi esa shu xodimlarning 
o‘zlarida saqlanayotganligi tanlab tekshirilishi lozim.Bulardan tashqari, 
auditor barcha moddiy javobgar shaxslar asosiy vositalarni o‘z 
javobgarligiga olganligini tasdiqlab, inventarizatsiya vedomostlarida 
imzo qo‘yganliklari hamda asosiy vositalarning keyingi kirimlari esa 
ularning dastlabki hujjatlardagi imzolari bilan tasdiqlanganini tekshiradi. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish