Mahsulotning (xizmatning) narxi va qadrliligi o‘rtasidagi aloqa
Mahsulot / xizmat
Xaridorning
didi
va
istaklari
Xaridor tomonidan qabul
qilingan
mahsulotning(xizmatning)
qadrliligi
NARX
Xaridorning mahsulotni
xarid qilishga tayyorligi
Boshqa marketing vositalari Xaridorning
moliyaviy
ahvoli
Monitoring – kuzatish, korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati
to‘g‘risida axborot yig‘ish va umumlashtirish tizimi. Narxlar moni-
toringi esa ro‘yxatdan o‘tkaziladigan shartnomalar qo‘shimcha ustama
xarajatlarsiz, vositachilik xizmatlarisiz tuzilganligi hamda narxlarning
maqsadga muvofiqligini kuzatishdir. Xaridorning mahsulot sotib olishi
jarayonidagi narx va qiymat o‘rtasidagi muvozanat 10.2. jadvalda
keltirilgan.
Tovarning qadrliligiga eng avvalo, uning xususiyatlari, ya’ni ushbu
xususiyatlar xaridorlar didiga qanchalik mosligiga bog‘liq. Yuqorida
ko‘rsatilgan xususiyatlarning baholanishi xaridorlarning subyektiv qabul
qilishiga bog‘liq. Mahsulotning bir xil xususiyatlari xaridorlar
tomonidan har xil baholanishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki, xaridor-
lar bir xil mahsulot uchun har xil narx to‘lashga tayyordirlar.
Mahsulotning qadrliligiga marketing vositalari ta’sir qiladi (korxonaning
imiji, marka imiji sotish sharoitlari, reklama va boshqalar). Shuning
uchun yangi sotuvchining yutug‘ini faqat mahsulotning past narx bilan
belgilab bo‘lmaydi. Past narxda sotuvchining yutug‘i faqatgina xaridor-
ning hech bo‘lmaganda sifatga bo‘lgan ehtiyojini qondirishi kerak.
Tovarni bozorda namoyish qilish narxlardan marketing kompleksi
elementlaridan biri sifatida tovar, savdo (o‘tkazish) va rag‘batlantirish
bilan bir qatorda faol foydalanishni ko‘zda tutadi. Narx samarali narx
siyosatini o‘tkazish sharoitida maqsadli bozorga ta’sir etishning aniq-
ravshan vositasiga aylanadi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda uzoq vaqtlargacha
narx iste’molga oid qarorlar qabul qilinishining eng muhim mezoni
bo‘lgan. Hayot darajasi nisbatan past bo‘lgan mamlakatlar uchun va
247
shuningdek, ommaviy talab bo‘lgan tovarlarga nisbatan bunday
yondashuv bugungi kunda ham adolatli hisoblanadi. Hozirgi davrda narx
siyosatining roli tovar, savdo va rag‘batlantiruvchi siyosat kabi
iste’molchiga ta’sir etuvchi narxga oid bo‘lmagan choralarga nisbatan
tushmoqda. Shu munosabat bilan mutaxassislar bevosita narxga oid
raqobatdan qochishni, narxga oid bo‘lmagan raqobatdan faol
foydalanishni, bozorni segmentlash, bozorda o‘z o‘rnini qidirib topish,
tovarni, uning sifatini differensiyalash, yangi tovarlarni ishlab chiqish,
reklama metodlari va vositalarini kengaytirish va savdoni rag‘bat-
lantirish, savdo tizimi samaradorligini oshirishni tavsiya qilmoqdalar.
Ammo shunga qaramasdan narx o‘ta muhim, bozordagi ahvolga va
tadbirkorning oladigan foydasiga katta ta’sir o‘tkazuvchi marketing
siyosatining jiddiy elementiligicha qolmoqda.
Xaridorlar bozori sharoitida narxlar darajasi sezilarli darajada
iste’molchilar tomonidan belgilanadi, sotuvchining narx sohasidagi
imkoniyatlari keyin paydo bo‘ladi. Biror bir tovarni sotib olmoqchi
bo‘lgan xaridor uchun narx “iqtisodiy qurbonlik” hisoblanadi. Xaridor
bu ”qurbonlik”ni tovarni sotib olish va undan foydalanishdan keladigan
foyda bilan taqqoslaydi, tovarning foydasi uning narxiga nisbatan
yuqori, deb hisoblagandan keyingina sotib oladi. Xaridorlar hatto yuqori
narx bilan bo‘lsa ham sifatli tovar sotib olishni afzal ko‘radilar.Tovar
sotib olgan odam uchun qancha foydali bo‘lsa, uning yuqori narxi
shunchalik oqlangan bo‘ladi. Ommaviy xaridorlar uchun imkoniyatli
narxlardagi yaxshi sifatli tovarlar kerak. Shunday qilib, xaridorlar
narxlarga talab, daromadlar darajasi, istak va mos keluvchi tovarni sotib
olish imkoniyati bilan ta’sir o‘tkazadi. Xaridorlar tomonidan narxlarni
ruhan idrok etish omili juda muhim.
Narxlarning asosiy darajasi hisobi bozorga chiqarilgan tovarga talab
(uning hajmi va dinamikasi) va savdoning aniq bozorida talabning har
bir guruhi bo‘yicha elastikligini aniqlash bilan boshlanadi. Marketing
bo‘yicha mutaxassis nafaqat narx va buning natijasida yuzaga kelgan
talab orasidagi bog‘liqlik xarakterini talab qonuni bilan ifodalanishini,
shuningdek, ushbu mahsulotning turlicha narxiga talab qanchalik
qaratilayotganini ham bilishi kerak. Bu bog‘liqlik darajasini talabning
narxga oid elastikligi (o‘zgarishliligi), deb atash qabul qilingan va grafik
jihatdan u egri talabning egilishidagi ma’lum burchak sifatida
tasvirlanadi.
248
Oddiy vaziyatda narx va talab bir-birlariga teskari bog‘liqlikda
bo‘ladi, ya’ni narx qancha yuqori bo‘lsa, talab shuncha kam bo‘ladi.
Budjeti cheklangan iste’molchilar muqobil tovarlarni tanlashga duch
kelganlarida ular uchun narxi juda yuqori bo‘lganlarini juda kam sotib
oladilar.
Raqobat orqali narxni o‘zgartirish talabning oshishi yoki
pasayishiga bog‘liq. Aksincha, narx qancha past bo‘lsa, talab shuncha
oshadi. Baho talab qayishqoqligining o‘zgarishiga olib keladi. Ammo
hamma xaridorlar ham bahoning o‘zgarishiga bir xil munosabatda
bo‘lmaydilar.
Elastik, deb narxlarning sezilmas o‘zgarishidan ham sezilarli o‘zga-
radigan talabga aytiladi. Talabning elastik (o‘zgaruvchan)ligi raqobat
darajasiga bozorda substit (o‘rnini bosuvchi) tovarlar mavjud bo‘lganda,
xaridorlarning daromad darajalari va muomala qila olish (xarid
qobiliyati) xususiyatlariga bog‘liq. Miqdoriy jihatdan u sotilgan tovar
hajmi foizli o‘zgarishining uning narxi foizli o‘zgarishiga bo‘lishdan
chiqqan qismi sifatida aniqlanadi. Talab qanchalik kam elastik bo‘lsa,
tovarning sotuvchisi unga shunchalik yuqori narx belgilashi mumkin. Va
aksincha, talab qanchalik elastik bo‘lsa, sotuvchi firmada o‘z
mahsulotiga emas, boshqalarnikiga narxlarni pasaytirish siyosatidan
foydalanishiga to‘g‘ri keladi, bu esa savdo hajmining va firma
foydasining keskin oshishiga olib keladi. Narx elastikligi asosida
belgilangan talab narxlarning yuqori chegarasini shakllantiradi.
Agar raqobat cheklangan bo‘lsa, firmaning narx ustidan nazorat
darajasi oshadi, bozorning ta’siri esa pasayadi. Raqobat yuqori darajada
bo‘lganda narxni bozor boshqaradi. Shuning uchun bozor yetakchisi
narxlarni hisob-kitob qilganda xomashyo, materiallar yetkazib
beruvchilar narxini, o‘xshash mahsulotlar ishlab chiqaradigan
raqobatchilar narxini, bir xildagi o‘xshash tovarlar taklif qiluvchi
raqobatchilar narxini e’tiborga olishlari kerak. Tovar narxi darajasi va
uning strukturasi raqobatchi firmalarning o‘xshash tovarlari bilan ular
sifatining texnik-iqtisodiy parametrlari va boshqa raqobatbardoshlikni
tashkil etuvchilari asosida taqqoslash bilan belgilanadi. Taqqoslash
raqobatchilar tovarini xarid qilish, xaridorlar fikrini so‘rash kabilarni
ko‘zda tutadi. Narxlar unga raqobatchilar tomonidan bo‘ladigan
reaksiyani hisobga olib, tuzatiladi. Bu holatni pisand qilmaslik firma
narx siyosatining mag‘lubiyatiga va uning tadbirkorlik faoliyati izdan
chiqishiga olib kelishi mumkin. Narx urushi bo‘shashgan (sust)
249
firmalarni bozordan siqib chiqaradi. Shunday qilib, narxlar darajasi
birinchi navbatda, firma, xaridorlar va raqobatchilar manfaatlarini
tenglashtirmog‘i lozim.
Narxlar darajalari aytib o‘tilgan omillaridan tashqari davlat
boshqaruvi choralariga ham (hukumat antidemping va antitrest qonunlar
doirasida ta’sir etishi mumkin), shuningdek, mamlakat va ushbu
bozordagi soliqqa tortish tizimi va inqiroz darajasi xarakteridan, davlat
moliyaviy ahvoli, valuta kurslari nisbati, siyosiy vaziyat va boshqalardan
kelib chiqib ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |