215
tovarlarga so‘nggi qo‘llanilishi nuqtayi nazaridan qaraganda ular ikki
guruhga bo‘linadi: iste’mol tovarlari va ishlab chiqarish – texnik
maqsadlarga mo‘ljallangan tovarlar.
Iste’mol tovarlari – bu bevosita insonlarning shaxsiy ehtiyojlarini
qondirishga mo‘ljallangan eng zarur tovarlardir. O‘z navbatida, iste’mol
tovarlari jiddiy tanlanadigan tovarlar, alohida ahamiyatga ega bo‘lgan
tovarlar, talab juda kichik bo‘lgan tovarlar guruhlariga bo‘linadi.
Kundalik ehtiyoj tovarlari – bu iste’mol tovarlari bo‘lib, xaridor uni
o‘ylamasdan va boshqa tovarlar bilan deyarli taqqoslamasdan, tez-tez
xarid qiladigan tovarlardir.
Jiddiy tanlov tovarlari – bularga sotib olish vaqtida sifati, narxi,
tashqi ko‘rinishi, yaroqlilik darajasi kabi ko‘rsatkichlari bo‘yicha
o‘xshash tovarlar bilan solishtiriladigan tovarlar kiradi. Masalan, kiyim-
kechak, mebel, elektrotovarlarni shu guruhga kiritish mumkin.
Alohida ahamiyatga ega bo‘lgan tovarlar – bular tengi yo‘q tavsifga
ega bo‘lgan yoki mashhur firmaning nomi bilan bog‘liq bo‘lgan
tovarlardir. Masalan, mashinaning noyob markasi, o‘ta qimmatbaho
taqinchoqlar.
Talab juda kichik bo‘lgan tovarlar – bular kam iste’mol tovarlari
bo‘lib, odatda xaridorlar bu tovarlarni sotib olishni o‘ylamaydilar.
Masalan, yangi tovarlar. Bu guruh tovarlarini sotish uchun anchagina
marketing harakatlarini bajarishga to‘g‘ri keladi. Ishlab chiqarish –
texnik maqsadlarga mo‘ljallangan tovarlar – bu yakka shaxslar va
tashkilotlar tomonidan boshqa tovarlarni ishlab chiqarishni davom
ettirish yoki biznes sohasida foydalanish uchun sotib olinadigan
tovarlardir.
Tovar bilan bog‘liq elementlardan biri uning markasi hisoblanadi.
Marka – bu nom, atama.Tovar belgisi –bu rasm, simvol, emblema
bo‘lib, uni so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydi va u tovarni qaysi markaga
tegishli ekanligini belgilaydi, u muayyan tovarni identifikatsiyalashda
qo‘llaniladi.
Tovar raqobatchilar tovaridan markasi bilan osongina farqlanadi.
Markali tovar tovarlarning umumiy massasi orasidan yaqqol ko‘rinadi,
iste’molchilar ongida u ijobiy tasavvurga ega. Marka siyosatini amalga
oshirish marka nomini tanlash, markaning bozor kuchini aniqlash, va
nihoyat, marka strategiyasini ishlab chiqish bilan bog‘liq. Markaning
nomi avvalo, tovarning xususiyati, asosiy sifatini aks ettirishi va boshqa
belgilarga to‘g‘ri kelmasligi kerak. Buyumlar va xizmatlardan tashqari
216
shaxslar faoliyati, ularning manzili, ishlab chiqarishni, xizmatni tashkil
etish shakllari va fikrlar, g‘oyalar ham tovar hisoblanadi. Ko‘pchilik
rahbarlar, mahsulot ishlab chiqarganda faqat texnik detallariga e’tibor
qaratadilar, lekin ko‘pchilik mijozlarning qarashi bunday emas. Mijozlar
uchun mahsulot bu – o‘z ehtiyojlarini qanoatlantirishdir. Shunday ekan
mahsulot sifati mijozlarning istaklari, qarashidan kelib chiqishi kerak.
Mahsulot va xizmatning farqi:
Mahsulot – bu moddiy yoki fizik xususiyatga ega bo‘lib, uni ko‘rish
yoki ushlab ko‘rish, sotib olib unga egalik qilish mumkin. Odatda,
mahsulotni sotib olayotganda nima xarid qilayotganingizni oldindan
bilasiz va ko‘rasiz.
Xizmat esa – bir tomonning ikkinchi tomon uchun ko‘rsatayotgan
xatti-harakatdir. Siz mijozga xizmat ko‘rsatganingizda, mijoz uni ko‘z
bilan ko‘rib, qo‘l bilan ushlamaydi, balki his etadi, foydalanadi, iste’mol
qiladi.
Mahsulot korxonada ishlab chiqariladi va sotiladi. Mijoz kelgunga
qadar do‘konda yoki omborda saqlanadi. Biroq xizmatlar odatda, avval
sotiladi, keyin ishlab chiqariladi. Mahsulot ishlab chiqaruvchilar mijoz-
dan ancha uzoqda bo‘lishi mumkin, lekin xizmat ko‘rsatuvchi va mijoz
odatda yonma-yon turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: