2.4. Talabning holati va rivojlanishiga ko‘ra
marketingning turlari
Marketingning evolyutsion bosqichida qo‘llanish sohasi, hamda
bozordagi talabning xarakteriga qarab marketing turlari va shakllari
farqlanadi. Marketingning asosiy turlari quyidagilar hisoblanadi:
1.
Nodifferensial marketing.
2.
Differensial marketing.
3.
Mujassamlashgan yoki konsentratsiyalashgan marketing.
4.
Kommunikativ marketing.
Nodifferensial marketing –
1950 – yillarda rivojlanib, bozorni seg-
mentlarga bo‘lishni nazarda tutmagan. Maksimum ishlab chiqarish va
sotish asosiy tamoyil bo‘lgan va keyinchalik esa tovar-xaridor -sotish -
reklamaga e’tibor qaratildi.
Differensial marketing –
1960 – yillarda shakllanib, unda bozorni
segmentlarga bo‘lib o‘rganish, xaridorlar segmetini aniqlash, ularga mos
tovar va xizmatlar ishlab chiqarishga katta e’tibor qaratildi.
Segmentlash g‘oyasining rivojlanishi
Do'stlaringiz bilan baham: |