Narxni raqobatga yo‘naltirish metodi raqobatchilar narxlarini kuzatib borishni talab etadi, o‘z xarajatlari va talabning hisobi bo‘ysunuvchi rolini o‘ynaydi. Narxning yetakchisi sifatida raqobatchi yetakchining narxi yoki o‘rtacha tarmoqli so‘raladigan narxning yuzaga kelgan darajasi ko‘rib chiqiladi. Narx yuqori, past yoki firma xaridorga uning takliflarini boshqa raqobatbardoshlikni tashkil etuvchilar sifati, foydali xossasi, servisi, kafolati va boshqalarga ko‘ra ustuvorligi sifatida raqobatchi tovar narxi darajasida bo‘lishi mumkin.
Yuqorida aytilganlardan ko‘rinadiki, narx belgilash metodining har biri alohida bozorning, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlardan ajralgan holda yuz beradi. Optimal narx odatda, sotuvchi, xaridor va raqobatchilar manfaatlarini tenglashtirmog‘i zarur. Tovarni sotish narxi-ni narx siyosatining “sehrli uchburchagi” doirasida belgilash marketing-ga oid yondashuv hisoblanadi.
Xalqaro savdoda narxni belgilash murakkab, chunki narx noturg‘un kattalikdir. Unga jahon iqtisodiyoti egallab turgan sikli, bozor konyunkturasi, raqobatchilar, vositachilar va xaridorlar, valutalar kursining o‘zgarishi ta’sir qilib turadi. Xalqaro savdoda bahoning turli ko‘rinishlaridan foydalaniladi. Bu baholarni ifodalashda maxsus so‘zlar-dan foydalaniladi, ularni qo‘shib aytish zarur.
Firma ichida tovar siyosati o‘tkazilganda firmaning umumiy natijalarini muvofiqlashtirish nuqtayi nazaridan baho belgilanishi kerak.
Ikkita maqsadga intilish zarur:
baho yetarlicha yuqori bo‘lishi kerak, ya’ni ishlab chiqarish bo‘limini quvvatlash, bunda tovar ichki bozorda ham yaxshi sotilishi ko‘zda tutiladi;
baho yetarlicha past bo‘lishi kerak, ya’ni tashqi savdo tarmog‘i chet el bozorlarida raqobatdosh bo‘lishi uchun.
Chet eldagi filiallar uchun transfert baho ancha murakkab, chunki soliq qonunlari, valuta kurslari, mahalliy qoidalar, bojxona tariflari va firmaning filial faoliyatida ishtirok etish darajasini hisobga olishni talab qiladi.
257
Agar soliq solish miqdori ikkala mamlakatda har xil bo‘lsa, qaysi mamlakatda sotish foydali ekanligi masalasi ko‘ndalang turadi.
Umumiy holda firma soliq miqdori past bo‘lgan mamlakatda past transfert bahosi belgilashdan manfaatdor, lekin bu o‘z mamlakatining soliq xizmati tomonidan qarshilikka sabab bo‘ladi. Ikkinchi tomondan esa eksportyor mamlakat bojxona xizmati past baholarni asos sifatida qabul qila olmaydi, chunki u kam foyda berish bilan birga, mamlakatdagi mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish sifatiga ham ta’sir qiladi.
Firmaning filial faoliyatida qatnashishi shu tomondan muhimki, qo‘shma korxona yoki litsenziya haqida gap ketsa, eksport qiluvchi uni yuqori transfert bahoda sotadi, foydani esa hamkori bilan bo‘lishmaydi.
Agar firma filialiga to‘liq egalik qilsa, past narx belgilashga harakat qiladi.
Turli davlatlarda huquq formalari va soliq qonunchiligining har xilligi hisobga olinsa, xalqaro saviyada standart strategiya ishlab chiqish qiyinligini baholash qiyin emas.
Eksport xarajatlari tashqi bozorda belgilanadigan bahoning ancha qismini o‘z ichiga oladi. Shuning uchun ham tashqi bozorda belgilana-digan baho bilan xalqaro transfert baho eksport xarajatlarini hisobga olgan holda solishtirilishi kerak.
Eksport xarajatlari, ya’ni tovarni quruqlik, dengiz yoki havo yo‘llari transportida tashish, yuklash-tushirish, bojxona, port kabilar yig‘imlari, sug‘urta, eksport-import bojlari eksport qilinayotgan tovar narxini sezilarli ko‘tarib, uning raqobatbardoshligini pasaytirishi mumkin. Shuning uchun bu xarajatlarni aniq baholashni, javobgar shaxs kim bo‘lishini aniq tasavvur qilishni talab qiladi.
Narx belgilashda chet eldagi narx ichki narxdan kam bo‘lmasligiga e’tibor berish kerak, chunki importer mamlakat firmani dempingda ayblashi mumkin.
Endi tovarning jahon bahosiga kelsak, u mana shu tovarni jahon bozorida sotiladigan o‘rta bahosidir.
Jahon bahosi quyidagi asosiy alomatlari bilan ifodalanadi: katta tovar bozorlari talablariga mos keladigan yirik eksport va import kelishuvlarida qo‘llaniladigan baho, muhim bozorlardagi muntazam amalga oshiriladigan bitimlarda qo‘llaniladigan baho, to‘lov erkin konvertirlangan valutada olib boriladigan kelishuvlarda qo‘llaniladigan baho.
258
Ommaviy tovarlar uchun jahon bahosi sifatida xalqaro savdoning asosiy markazlari birjasi hamda auksiondagi baho qabul qilinishi mumkin. Sotuvchilar uchun ham, xaridorlar uchun ham jahon baholari haqida ma’lumotga ega bo‘lish muhim ahamiyatga ega.
Jahon bozoridan baholar haqida ma’lumot saqlanadigan manbalarni quyidagicha guruhlash mumkin.
Hisob-kitob erkin konvertirlangan valutada olib boriladigan oddiy bitimlardagi baholar haqida olinadigan ma’lumotlar, xalqaro tovar birja-larida e’lon qilinadigan xomashyolar uchun kotirovkalar.
Jurnallarda muntazam chop etiladigan baholar haqida ma’lu-motlar, xalqaro uyushmalar, biznesmenlar, yirik agentliklar, maxsus tashkilotlarning davriy nashrlarida e’lon qilinadigan ma’lumotlar.
Importyorlarning chet ellik mahsulot yetkazib beruvchilari bilan import shartnomalari haqida ma’lumotlar.
Eksportyorlarning tashqi bozorda ma’lum tovarni sotishidagi baholar haqida ma’lumotlar.
Preyskurantlar, firma kataloglari va shunga o‘xshash manbalardagi ma’lumotlar.
Ko‘pincha bojxona statistikasi orqali ham baholar haqida ma’lumotlar olish mumkin. Har bir tashqi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi firma doimiy ravishda jahon bahosi haqida ma’lumotlarni o‘rganishi zarur. Bu ishlar bilan narx bo‘yicha xizmatchilargina emas, balki bevosita eksport-import operatsiyalari bilan shug‘ullanadigan tezkor guruh ham shug‘ullanishi mumkin.
Xalqaro bozorda baho siyosati strategiyasini tanlashda quyida-gilarga e’tibor berish kerak: eksport xarajatlari, xalqaro talab, raqiblar narxi, narx belgilashdan ko‘zlangan maqsadlar, narxlarni boshqarish bo‘yicha davlat tadbirlari va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |