Toshkent moliya instituti "dinshunoslik" fanidan



Download 3,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/191
Sana05.03.2022
Hajmi3,88 Mb.
#483527
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   191
Bog'liq
Dinshunoslik oum

Tayanch tushunchalar: 


E’tiqod, din, davlat, diniy tashkilot, vijdon erkinligi, konfessiya, YUNESKO, BMT.
 
 Din va davlat munosabatlari. 
Mustaqillik ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, 
jumladan, ma’naviy hayotdagi yangilanish jarayoni va tub o‘zgarishlar davrini boshlab berdi. 
Dinga bo‘lgan munosabat ijobiy tomonga o‘zgardi: sobiq sovet tizimining dinga ateistik 
hujumkorlik siyosatiga barham berildi, vijdon erkinligi qonun orqali kafolatlandi. 
Din kishilarni hamisha yaxshilikka, ezgu ishlarga chorlab kelgan. Jumladan, ota-
bobolarimizning muqaddas e’tiqodi bo‘lgan islom dini ham yuksak insoniy fazilatlarning 
shakllanishiga xizmat qilgan. U tufayli xalqimiz ming yillar mobaynida boy ma’naviyati va 
merosi, o‘zligini omon saqlab keldi. 
O‘zbekiston Respublikasi jahon hamjamiyatiga kirib borayotgan bir sharoitda turli 
konfessiya vakillari bilan muloqot qilishning yuksak madaniyatiga erishish katta ahamiyat kasb 
etadi. O‘zbek xalqining ilg‘or madaniy va ma’naviy merosini tiklash va yangi sharoitda yanada 
rivojlantirish, bu hududdagi ilk zamondan hozirgacha mavjud dinlarning tarixi, hayotiy tajribasi 
tadrijiy taraqqiyotini o‘rganish vatan tarixini chuqurroq tushunib etish, uni sevish va u bilan 
faxrlanish his-tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladi. Din va Qonun o‘zaro munosabatlarini 
bilish respublikada demokratik huquqiy jamiyat qurish poydevorini mustahkamlashga xizmat 
qiladi. 
Din va dunyoviy davlat orasidagi munosabat haqida gap ketar ekan, uning asosida eng 
avvalo dinning davlatdan ajratilishi tamoyili yotishini ta’kidlash zarur. Bu haqda 
Konstitutsiyamizning 61-moddasida shunday deyiladi: 
“Diniy tashkilotlar va birlashmalar 
davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga 
aralashmaydi”
2

Mazkur moddada muhim ahamiyatga ega qoidalar mustahkam qo‘yilgan. Birinchidan, 
diniy tashkilotlar qaysi konfessiyaga taalluqliligidan qat’i nazar, bir xil huquqiy maydonda 
faoliyat olib boradilar. Bugungi kunda respublikamizda 15 ta noislomiy konfessiyaga mansub 
186 ta tashkilot emin-erkin faoliyat olib borayotgani ham buning amaliy ifodasidir. 
Ikkinchidan, diniy birlashmalar faoliyatini tashkil etish ularning ichki ishi hisoblanadi va 
davlat nazoratidan xolidir. 
SHu bilan birga, diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan bo‘lsa-da, bu dinning 
jamiyatdan ajratilganini anglatmasligini ta’kidlash zarur. Zero, biror dinga e’tiqod qiluvchi 
fuqarolar ham jamiyatning tarkibiy qismi va shu sababli din fuqarolik jamiyatida o‘z 
mavqeiga ega bo‘ladi. 
2
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. – Т.: Ўзбекистон, 2003. – Б. 13.


Davlatning dinga bo‘lgan munosabatini ifodalovchi yana bir tamoyil shundan iboratki, 
davlat dinni xalq ma’naviyatining uzviy qismi sifatida tan oladi. SHundan kelib chiqib, uning 
rivoji uchun tegishli shart-sharoit yaratishga harakat qiladi.
I.A.Karimovning Oliy Majlisning o‘n to‘rtinchi sessiyasida so‘zlagan nutqida bu tamoyil 
o‘zining yorqin ifodasini topgan: “Mamlakatimizni demokratik tamoyillar, ilm-fan yutuqlari, 
yuksak texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish bilan birga, muqaddas dinimizni, milliy 
o‘zligimizni asrab-avaylab yashashni maqsad qilib qo‘yganmiz”
3
. Bu fikrlar hayotiy voqelikka 
aylanmoqda. 
Dunyoviy davlatning dinga bo‘lgan munosabatida dindorlarning huquqiy maqomi va 
davlat tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlarda diniy konfessiyalar haqidagi qonunlarning hayotga 
tatbiq etilishidek ikki muhim jihat ham bor. 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida bu masalalar o‘z echimini topgan va u 
dunyodagi rivojlangan mamlakatlardagi huquqiy-me’yoriy talablarga to‘la javob beradi. Har 
qanday dinga e’tiqod qiluvchi va hech qanday dinga e’tiqod qilmaydigan kishilar uchun bir 
xildagi shartlar qo‘yilishini ta’minlovchi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-
moddasida, jumladan, shunday deyiladi: 
“Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod 
qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan 
singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi”
4
.
 
Mazkur qoidada dunyoviy davlatning dinga bo‘lgan munosabatini ifodalaydigan asosiy 
tamoyillar o‘z ifodasini topgan: 
-
dindorlarning diniy tuyg‘ularini hurmat qilish; 
-
diniy e’tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish; 
-
diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga amal qilmaydigan 
fuqarolarning ham huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta’qib qilishga yo‘l qo‘ymaslik; 
-
ma’naviy tiklanish, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida turli 
diniy uyushmalarning imkoniyatlaridan foydalanish uchun ular bilan muloqot qilish yo‘llarini 
izlash zarurati; 
-
dindan buzg‘unchilik maqsadlarida foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini e’tirof 
etish
5
.
Davlatning dinga munosabatidagi asosiy xususiyati – bu dinning siyosatga 
aralashmasligi. Zero, har qanday din, birinchi o‘rinda ma’naviy-axloqiy jihatni o‘z ichiga oladi. 
3
Каримов И.А. Ватанимизнинг тинчлиги ва хавфсизлиги ўз куч-қудратимизга, халқимизнинг букилмас 
иродасига боғлиқ. – Т.: Ўзбекистон, 2004. – Б. 8.
4
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. – Т.: Ўзбекистон, 2003. – Б. 8.
5
Каримов И.А. Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт 
кафолатлари. – Т.: Ўзбекистон, 1997. – Б. 43-44.


Hech qaysi din o‘zida xalqning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatlarining 
barchasini qamrab olishga da’vogarlik qilmaydi. Aks holda u din bo‘lmay qoladi. Xuddi shu 
asosda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57-moddasida diniy-siyosiy partiyalar 
tuzish taqiqlangan
6

O‘zbekiston davlatining dunyoviylik, diniy bag‘rikenglik, barcha dinlarga bir xilda 
munosabat, jamiyat taraqqiyotida din bilan hamkorlik qilish xususiyatlari ushbu tamoyil asosida 
amalga oshiriladi. CHunki, konstitutsiyaviy dunyoviy-ma’rifiy davlatda vijdon erkinligi qonuni 
diniy e’tiqodi va dunyoqarashidan qat’i nazar, siyosiy xohishlarini bildirishda barcha 
fuqarolarning teng ishtiroki tamoyiliga rioya qiladi. 

Download 3,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish