Omma esa, ijtihod qila olmaydigan, boshqacha qilib aytganda, mustaqil tarzda shariat
manbalarini tushunmaydi va ulardan qanday hukm olinishini bilmaydigan kishi. Ular mujtahidga
taqlid qiladi va u muqallid-taqlid qiluvchi deyiladi. Taqlid qiluvchi mujtahidning hukmiga amal
qiladi. Musulmonlarning asosiy qismi shu guruh - taqlid qiluvchilar guruhidan iborat.
SHu kungacha yashagan musulmon olimlarining faoliyati natijasida mazhablar jamiyatda
o‘z o‘rniga ega bo‘lgan. Mazhabsizlik va shunga o‘xshash fikrlar faqat islom dushmanlari
musulmonlar orasida tarqatishga harakat qilmoqda. Tarixda bunday holat kuzatilmaganini
musulmon olimlari ta’kidlamoqda.
Olimlardan SHoh Valiulloh Dehlaviy to‘rt mazhabdan biriga taqlid qilish haqida:
«Bilginki, ushbu to‘rt mazhabning birini ushlashda (taqlid qilishda) ummat uchun katta foyda va
afzallik bor. Ulardan yuz o‘girishda katta fasod bor», degan.
Aslini olganda esa, musulmonlar Payg‘ambar (a.s.)ga ergashadi, mujtahidlarga taqlid
qiladi xolos. Ulamolarning tutgan yo‘llari haqida mashhur muhaddis Zahabiy: «Biz, to‘rt imom
(Abu Hanifa, Molik, SHofeiy, Ahmad), ikki Sufyon (Sufyon Savriy va Sufyon ibn Uyayna),
Avzoiy, Dovud Zohiriy, Ishoq ibn Rohuvayh va boshqa imomlar haq yo‘lda bo‘lganlar, deb
ishonishimiz lozim. Ular o‘zlari haqda aytilayotgan ayb (gap)lardan pok bo‘lib, u gaplarga
e’tibor qaratilmaydi. Boshqa mujtahid muayyan bir mazhabga ergashishi shart... Ikki haram
imomi (Juvayniy) ta’kidlaganidek, sahoba va tobeinlarga ergashib bo‘lmaydi, chunki ularning
mazhabi yozilmagan va shakllantirilmagan. Qozilik masalalari va fatvo berishda to‘rt mazhabdan
boshqasiga taqlid qilinmaydi», degan. Boshqa bir olim Tojuddin Subkiy shunday yozadi:
«Ushbu to‘rt mazhab (hanafiy, molikiy, shofeiy, hanbaliy), Alloh rahmati ila, e’tiqodda bir
bo‘lgan. Ularning izdoshlaridan ayrimlari mo‘‘taziliylar va mujassimaga qo‘shilib ketganlariga
qaramasdan, uarning mutlaq ko‘pchiligi haqiqatga rioya qilganlar...». «Ahli sunna val-jamoa»
olimlari to‘rt mazhabdan biriga taqlid qilish shart ekani borasida ixtilofga bormaganlar.
Xulosa qilib aytish mumkinki, islomdagi fiqhiy mazhablar musulmonlarning birligini
saqlashga va omma xalqning diniy ishlarni amalga oshirishidagi qiyinchiliklarini oldini olishga
xizmat qilgan. Biroq mazhablarni inkor qilish g‘oyalari musulmonlar oldiga turli shubhalarni
solib sof islom g‘oyalarini inkor qilib jamiyatda ixtilofli vaziyatni keltiribl chiqarishga harakat
qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: