1. Takror ishlab chiqarishning alohida ehtiyojlarini qondirish va uzluksiz takror ishlab chiqarish jarayonini moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun ijtimoiy boylikni shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlariga yo’naltiriladigan maqsad va vazifalarning yechilishini aniqlash moliyaviy siyosat deyiladi.
2. Moliyadan foydalanishning metodlari, uni tashkil qilishning amaliy shakllari va metodologik tamoyillarining majmui (yig’indisi) moliyaviy siyosat deyiladi.
Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, aholi turmushining darajasi va sifatini oshirish uchun moliyaviy sharoitlarni yaratish moliyaviy siyosatning eng asosiy maqsadi bo’lib hisoblanadi.
Korxona moliyaviy menejerlarining biznesni yuritish maqsadlariga erishish borasidagi maqsadga yo’naltirilgan faoliyati korxona moliyaviy siyosati deyiladi.
Korxona moliyaviy siyosatining maqsadi quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
raqobat kurashi sharoitida korxonaning sog’lom faoliyat ko’rsatishiga erishish;
yirik moliyaviy muvaffaqiyatsizliklardan va bankrotga uchrashdan himoyalanganlik;
raqiblar bilan kurashda yetakchilikka erishish;
korxonaning bozor qiymatini ko’paytirish;
korxona iqtisodiy salohiyatining barqaror o’sish sur’atlarini ta’minlash;
mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmini oshirish;
... ga moliyaviy boshqaruvning barcha tizimi asoslanadi;
moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element hisoblanadi;
davlatning moliyaviy munosabatlar sohasidagi mustaqil faoliyatidir;
bu faoliyat davlatning u yoki bu iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish dasturini amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga qaratilgan;
... ni faqat iqtisodiy siyosatga bog’lab qo’yish maqsadga muvofiq emas;
o’z-o’zini bosib turuvchi mustaqil ahamiyatga ega bo’lib, bir vaqtning o’zida ijtimoiy faoliyatning har qanday sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning muhim vositasi hisoblanadi;
bu yerda uning iqtisodiyot, ijtimoiy soha, harbiy islohotlar yoki xalqaro munosabatlar bo’lishi tamoyillar ahamiyatga ega emas.
Moliyaviy siyosat
Moliyaning o’zida (boshqaruv obyektlarida) bevosita mujassam bo’lgan boshqaruvning salohiyatli imkoniyatlarini, ishning aniq metodlari, moliya tizimining (boshqaruv subyektlari) organlarini tashkil qilish bilan yagona joyga bog’lashga imkon beradi.
dunyoning barcha mamlakatlarida moliya tizimi orqali amalga oshirilib, uning faoliyati quyidagi tamoyillar asosida quriladi
moliyaviy tizim bo’g’inlarining o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarini inobatga olib moliyaviy boshqaruvni amalga oshirish
barcha quyi boshqaruv organlarining faol ishtirokida markazdan umumiy boshqarish
Moliyaviy siyosatni amalga oshirishning asosiy metodologik tamoyillari
pirovard maqsadga bog’liqlik
xo’jalik barcha tarmoqlarining makroiqtisodiy balans-lashtirilganligi (muvozanatliligi, mutanosibligi)
jamiyat barcha a’zolarining manfatlariga mos kelishi
Moliyaviy siyosatning amalga oshirilishini davlat tomonidan o’z funktsiyalari va dasturlarini (uzoq, o’rta va qisqa muddatli) bajarish uchun moliyaviy resurslarni mobilizatsiya qilish (jalb qilish), ularni taqsimlash va qayta taqsimlashga yo’nalti-rilgan davlat tadbirlarining majmui ta’minlaydi
Bu tadbirlarning orasida moliyaviy munosabatlarning shakllari va normalarini huquqiy reglamentatsiya qilish (tartibga solish) muhim o’rin egallaydi
moliyaviy siyosat faqat o’z manfaatlarini ko’zda tutadigan hokimiyat organlarining u yoki bu maqsadlarga erishishining instrumenti emas, balki jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini yechish vositasi bo’lishi kerak
davlatning moliyaviy siyosati faqat davlat hokimiyat organlarining emas, balki moliya tizimi barcha subyektlarining manfaatlarini hisobga olishi lozim
Davlat moliyaviy siyosatini mamlakat moliya tizimining barcha bo’g’inlarida moliyaviy resurslarning o’sishini balanslashtirilgan holda ta’minlash bo’yicha davlat ijyimoy-iqtisodiy siyosatining bir qismi sifatida qarash kerak. Xorijiy tajribalarning ko’rsatishicha, moliyaviy resurslarning balanslashtirilgan holda o’sishining zarurligini inkor etish mamlakat moliya tizimining o’zini degradatsiyalashuviga, iqtisodiyotning yemirilishi va vayron bo’lishiga olib keladi.