Kasbiy-pedagogik muloqot
- pedagog va tarbiyalanuvchining
o‘zaro uzluksiz, doimiy hamkorlik ijtimoiy-psixologik aloqasi tizimi
bo‘lib, uning mazmuni axborotlar ayirboshlash, tarbiyaviy ta’sir
o‘tkazish, kommunikativ vositalar yordamida o‘zaro munosabatlarni
tashkil etish hisoblanadi.
Kasbiy tayyorgarlik
- bo‘lajak mutaxassisning psixologik,
jismoniy hamda ilmiy-nazariy va amaliy tayyorgarligi.
Keys stadi metodi
“case study method” -
o‘quvchi-talabalarni
qaror qabul qilishga o‘rgatishda muammoli vaziyat hosil qilib, uni
yechishni o‘rganish metodi.
Kitob ustida mustaqil ishlash metodi -
o‘quv axborotini o‘quvchi-
talaba uning o‘ziga xos sur’atda va qulay vaqtda olishini ta’minlashini
hisobga olib, kitob ustida mustaqil ishlashni o‘rgatish asosida fanni
o‘rganishga qaratilgan metod.
Do'stlaringiz bilan baham: |