Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni



Download 4,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet333/541
Sana16.01.2022
Hajmi4,83 Mb.
#372868
1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   ...   541
Bog'liq
fayl 1793 20210913 (1)

    

 

 

 

 

2.  Bu  fanlarning  muhim  umumiy  tomoni  ular  pul  mablag‘lari, 

ularning  manbalari,  pul  oqimlari  harakati:  dаrоmаd  sifаtidа  tоpilishi, 

taqsimlanishi,  ishlatilisi  bilan  bog‘liq.  Bu  esa  pul  oqimi  hapakatini 

uzluksiz olib borish, rasmiylashtirish, kuzatisnni talab qiladi.     

 

 



Shuning  uchun, 

birinchidan,

  hujjatlashtirish  buxgalteriya  hisobi 

fanining  predmetini  o‘rganish  metodlari  orasida  asosiy  metod  sifatida 

ko‘riladi. Boshqa metodlar ham hujjatlashtirishga tayanadi.   

 

 

Ikkinchidan



,  hujjatlashtirish  uzluksiz  olib  boriladi.  Shu  asosida 

xo‘jalik muomalalari ishonchliligi ta’minlanadi.    

 

 

 



 

Uchinchidan

, hujjatlar yuridik kuchga ega bo‘lar ekan, demak ular 

belgilangan  ma’lum  qonun-qoidalar  asosida  yuritilishini  bildiradi. 

O‘zbekistonda  buxgalteriya  hisobini  yuritishni  tartibga  soluvchi 

huquqiy, me’yoriy hujjatlar to‘rt darajali tizim orqali amalga oshiriladi: 

 

“Buxgalteriya  hisobi  to‘g‘risida”gi  qonun  hamda  qonun 



chiqaruvchi va ijro etuvchi organlarning boshqa me’yoriy hujjatlari;  

 

I.  Buxgalteriya  hisobini  me’yoriy  tartibga  solish  funksiyasi 



yuklatilgan  O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  Vazirligi  va  boshqa 

organlari  tomonidan  tasdiqlangan  buxgalteriya  hisobining  milliy 

standartlari;  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

II.  Moliya  vazirligi  va  boshqa  organlar  tomonidan  amaldagi 



qonunlarga  mos  ravishda  va  tegishli  obyektlarning  hisobini  tashkil 


 

 

 



267 

qilishga doir metodik ko‘rsatmalari va tavsiyanomalari, yo‘riqnomalari; 

 

IV. Korxonaga bevosita tegishli operatsiyalar va faoliyatga tegishli 



hisobga  doir  ishchi  yo‘riqnomalar  va  ko‘rsatmalar,  ya’ni  korxonalar 

hisob siyosatini aniqlaydigan hujjatlar. Korxonaning o‘zini buxgalteriya 

hisobini olib borishdagi birlamchi, ishchi hujjatlari.  

 

 



 

 

Shundаy  hujjаtlаshtirish,  bаnk,  mоliya  va  boshqa  muassasa, 



tаshkilоtlаrigа hаm tеgishli.  

 

 



 

 

 



 

 

 



Nazariya  bilan  amaliyot  birligi  buхgаltеriya  hisоbichаlik  boshqa 

hech  bir  iqtisodiy  fanlarda  bunchalik  bir  butun  tarzda  ifodalanmaydi. 

Lеkin аudit, mоliya, bаnk ishi, bаnklаrdа buхgаltеriya hisоbi vа аudit va 

boshqa  fаnlаridа  hаm  аnа  shu  birlikni  kuzаtish  mumkin.  Bu  o‘z 

navbatida har bir yangi o‘zgarishni dars jarayonida e’lon qilish muvofiq 

ravishda  topshiriqlar  va  ularni  bajarishga  o‘zgartirish  kiritishni  talab 

qiladi. Chunki, qabul qilingan har bir qonun, farmon natijasida xo‘jalik 

yuritish  faoliyatida  nimagadir  ruxsat  beriladi  yoki  nimadandir 

cheklanadi.  Demak,  talabalar  undan  xabardor  bo‘lishlari,  kelajakda 

qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lishini anglab yetishlari zarur. 

3.

   

Bu  fаnlаrning  amaliyot  hаmdа  pul  mаblаg‘lаri  hаrаkаti  bilаn 

bog‘liqligi  yanа  bir  umumiy  хususiyat  –  hаmmаsi  uchun  hisоb-kitоb 

qilishni zаrurligidа ifоdаlаnаdi. 

Ulаrning  bu  fаоliyati  qаbul  qilingаn  qоnunlаr,  mе’yoriy-huquqiy 

hujjаtlаr  аsоsidа  оlib  bоrilаdi.  Mamlakatimizda  buxgalteriya  hisobi  va 

hisobotni  tashkil  etish  hamda  yuritish  O‘zbekiston  Respublikasining 

“Buxgalteriya  hisobi  to‘g‘risida”  gi  qonuni,  O‘zbekiston  Respublikasi 

Vazirlar Mahkamasining “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish 

va  sotish  xarajatlarining  tarkibini  hamda  moliyaviy  natijalarni 

shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori, 

Buxgalteriya  hisobining  milliy  standartlari  (BXMS)  va  “Xo‘jalik 

yurituvchi  subyektlar  moliyaviy-xo‘jalik  faoliyatining  buxgalteriya 

hisobi  schyotlarining  rejasi”,  asosida  amalga  oshiradi.  Ushbu  me’yoriy 

hujjatlar  buxgalteriya  hisobi  va  hisobotni  tashkil  qilish  hamda  olib 

borishning umumiy tartiblarini belgilaydi.  

Ayniqsa,  “Xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarning  moliya  xo‘jalik 

faoliyatining  buxgalteriya  hisobi  schyotlarining  rejasi  va  uni  qo‘llash 

bo‘yicha  yo‘riqnoma”  nomli  21-sonli  “Buxgalteriya  hisobi  milliy 

standartlari”ning  ishlab  chiqilishi,  buxgalteriya  hisobi  sohasida  olib 

borilayotgan islohotlarning asosiy bosqichlaridan biri bo‘ldi. 2000-yil 30 

martda Moliya vazirligining 37- sonli qarori bilan tasdiqlangan va 1 iyun 




 

 

 



268 

2000-yili  Moliya  vazirligida  430  -  son  bilan  ro‘yxatdan  o‘tkazilgan  bu 

standart  buxgalteriya  hisobining  xalqaro  standartlariga  mos  ravishda 

ishlab chiqilgan. 

Respublikamizda 

buxgalteriya 

hisobini 

yuritish, 

hujjatlarni 

rasmiylashtirish  davlat  tomonidan  o‘rnatilgan  buxgalteriya  qoidalari 

asosida yuritiladi. 

Buxgalteriya hisobi va hisobotga doir qonun hujjatlari buxgalteriya 

hisobining  yagona  huquqiy  va  metodologik  asoslarini,  uning  tashkiliy 

qismlarini, buxgalteriya faoliyati va moliyaviy hisobot tuzishning asosiy 

yo‘nalishlarini,  shuningdek,  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlar  buxgalteriya 

hisobini yuritish va hisobot taqdim qilishining asosini belgilaydi. 

Buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish, buxgalteriya hisobi 

standartlarini  ishlab  chiqish  va  tasdiqlash  O‘zbekiston  Respublikasi 

Moliya vazirligi zimmasiga yuklangan. 

Belgilangan qonun - qoidalarsiz xo‘jalik faoliyatini nazorat qilishni 

amalga oshirib bo‘lmaydi. 

Demak,  buxgalteriya  hisobining  yana  bir  nihoyatda  muhim 

xususiyati  hisob  yuritishni  qabul  qilingan  qonun-qoidalar  asosida  olib 

borilishidir.  

Ko‘rinib turibdiki, o‘qituvchi dars berish, o‘qitish metodlarini tanlar 

ekan, albatta, ana shu xususiyatlarni hisobga olishi lozim.



 

Buxgalteriya  hisobi  hamma  korxonalar  uchun  umumiy  bo‘lgan 

me’yoriy  hujjatlar  bilan  tartibga  solinadi.  Ammo,  har  bir  xo‘jalik  

subyektlari  faqat  o‘ziga  xos  bo‘lgan,  faoliyat  shartlari,  maqsad  va 

vazifalarini inobatga olib,  hisob siyosatini shakllantirishi mumkin. Bitta 

korxonaga  ma’qul  va  foydali  bo‘lgan  tavsiyalar,  boshqa  korxonalar 

uchun aksincha bo‘lishi mumkin. 

Bu  fikrlar  bank,  moliya  tashkilotlari  faoliyati  uchun  ham  tegishli, 

ular  faoliyati  ham  qabul  qilingan  qonun,  me’yoriy  hujjatlar, 

muomalalarni  ular  asosida  olib  borish,  rasmiylashtirish    asosiy  rol 

o‘ynaydi. 

Ularning  shakl-shamoyili  qanday,  qanday  qoidalar  asosida 

rasmiylashtiriladi, bularni og‘zaki aytib tushuntirib bo‘lmaydi. Ayniqsa 

bаnk  vа  kаssа-pul  hujjаtlаri  -  tuzаtishlаr  vа  o‘chirib  yozishlаrgа 

umuman  yo‘l  qo‘yilmаydigаn  hujjаtlаr  hisoblanadi.  Demak,  qo‘yilgan 

maqsadga  yetishning  samarali  yo‘li  tarqatma  materiallar  yordamida 

mashq  qilish.  Masalan,  kundalik  hayotimizda  eng  ko‘p  uchraydigan 

rasmiylashtiriladigan hujjat, to‘lov cheki.  




 

 

 



269 

          

 

           xabarnoma 



 

 

           g‘aznachi 



               

 

 



 

Uni  to‘ldirishni  o‘rganish  uchun  ta’lim  oluvchilarga  tarqatamiz, 

to‘ldirishni  ko‘rsatamiz.  Vaqt  belgilaymiz.  So‘ngra  to‘g‘ri  rasmiylash-

tirilgan chek ko‘rsatilgan tarqqatma materialni tarqatamiz.  

Hamma  o‘zi  to‘ldirgan  hujjat  bilan  solishtirish  va  xatosini 

to‘g‘rilashni taklif etiladi. 

Hujjatlashtirishni,  ularni  rasmiylashtirishni  tarqatma  materialsiz, 

mashq qilmay o‘rganib bo‘lmaydi.  

Iqtisodiy  fanlar  ayniqsa  Buxgalteriya  hisobi,  Audit,  Banklarda 

buxgalteriya  hisobi  va  audit  fanlarining  xususiyatlariga  ko‘ra  ularni 

o‘rganishda  ko‘rgazmali  materiallardan  hamda  axborot  va  topshiriq 

tarzidagi tarqatma materiallardan keng ravishda foydalanish talab etiladi. 

Ayniqsa,  hujjatlashtirishni  ularsiz  og‘zaki  tushuntirish  yaxshi  natija 

bermaydi.  Har  bir  darsda  qanday  hujjat,  qay  tarzda  to‘ldiriladi,  albatta 

talabalar bilan ko‘rib chiqish zarur. 

Shunday  qilib,  boshqa  hech  bir  fanni  o‘rganish  mana  shu 

fanlarchalik  namoyish  qilinuvchi,  ko‘rgazmali  material  va  tarqatma 

materiallarga  muhtoj  emas. 




Download 4,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   ...   541




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish