Iqtisodiy fanlardan ma’ruza o‘qish o‘qituvchi oldiga quyidagi
vazifalarni qo‘yadi:
215
Ikkinchidаn,
аuditоriyadа tаlаbаlаrni o‘zini tutishi, аyniqsа,
o‘qituvchining оbro‘sigа putur yеtkаzаdigаn qiliqlаr qilаdigаn, hаttоki
mа’ruzаni bаrbоd qilаdigаn dаrаjаgаchа оlib bоrаdigаnlаrgа duch
kеlishi mumkin.
Shuning uchun hаm vаziyatgа ko‘rа qаrоr qаbul qilish nihоyatdа
muhim аhаmiyatgа egа. O‘qituvchi sinf, auditoriyani boshqarish uchun
doimo kuzatib turishi, agarda o‘quvchi-talabalarning diqqatlari
susayguday
bo‘lsa, so‘z ohangini o‘zgartirib, unga ko‘proq
emotsionallik berishi, savol yoki muammo qo‘yishi, hazil-mutoyiba
qilishi va boshqalar bilan diqqatni jalb etish kerak. Buni avvaldan
o‘ylab, texnologik xaritaga ham kiritib qo‘yishi kerak. Har bir
o‘qituvchining vazifasi tayyor topshiriqni berishgina emas, balki
mustaqil ravishda uni tayyorlashni o‘rgatishdir. Ma’ruzaning ijtimoiy-
iqtisodiy yo‘nalishi uning ilmiyligi bilan bog‘liq. Ma’ruzachi real
hayotning
obyektiv
tahliliga,
iqtisodiy
taraqqiyotning
asosiy
qonuniyatlariga, iqtisodiy hodisalar va xo‘jalik hayotining omillari
o‘rtasidagi ichki bog‘lanishlarni aniqlashga, tahlil qilishga asoslanishi
kerak.
Psixologlarning kuzatishlaricha bilish, o‘rganish jarayoni fikrlar
qarama-qarshiligi asosiga qurilsa, samarali bo‘ladi. Ilmiy munozara
talabalar uchun ijodiy muhit yaratadi. Iqtisodchi-pedagoglar uchun
mo‘ljallangan ma’ruzada munozarali savollarni qo‘yish, turli nuqtai
nazarlarni bayon qilish maqsadga muvofiq. Ma’ruzachining o‘zi ma’lum
bir nuqtai nazarni qo‘llab-quvvatlar ekan, talabalarga ham ana shu
qarash to‘g‘riligini tushuntirishi, auditoriyani ishontirishi kerak.
Ma’ruzaning ilmiyligi materialni bayon qilishning izchilligi,
savollarni aniq, tushunarli qo‘yilishini ko‘zda tutadi. Ilmiy-iqtisodiy
jarayonlar, iqtisodiy hayotni tahlil qilishda tarixiylik va mantiqiylikka
amal qilishni talab etadi.
Ma’ruzaga tayyorlanish jarayonida o‘qituvchi mavzu bo‘yicha
savollarni qanday bayon qilishni, qanday uslublar qo‘llashini ko‘z
o‘ngiga keltirishi kerak. Ana shundagina mavzu bo‘yicha adabiyotlar,
zarur ma’lumotlarni to‘g‘ri tanlashi mumkin. O‘qituvchi, zarur dalillar,
ma’lumotlarga ega bo‘lsada, ularni ishonarli, asoslangan holda bayon
qilmasa fandagi dolzarb savollarga javob berishdan chetlab o‘tishi yoki
chetga chiqishi mumkin. Bu hol talabalarda ma’ruzadan qoniqmaslikka,
uning ishonchliligi va tarbiyaviy ahamiyatini tushirishga olib keladi.
Nazariya bilan amaliyotning o‘zaro bog‘lanishi nihoyatda
216
murakkab jarayon. U turli-tuman: ichki, tashqi, bilvosita va bevosita,
muhim va uncha muhim bo‘lmagan omillar bilan aniqlanadi. Shuning
uchun ham ma’ruzaga tayyorlanish paytida ana shu jarayonlarni chuqur
tahlil qilishni bilish, u yoki bu hodisani rivojlanishining asosiy
tendensiyalarini aniqlash kerak. Mavzudan chetdagi turli-tuman misollar
bilan cheklanish yaramaydi.
Nazariyani asoslash uchun xo‘jalik hayotidagi turli-tuman
hodisalarni ijobiy yoki salbiy misol sifatida keltirish unchalik qiyin
emas. Lekin real voqelikni noto‘g‘ri ko‘rsatish, faqat yuzaki tashqi
aloqalarni takidlash bilan cheklanish yaramaydi. Ular masalaning
mohiyatini ifodalamaydi va ochib bermaydi. Ma’ruzada materialni qay
tarzda bayon qilinishiga qarab dalillar, xususiy, umumiy xulosa, nazariy
qoidalar - aniq faoliyat uchun amaliy xulosalarga kelish tarzida berilishi
mumkin. Induktiv metodda ma’ruza ko‘pincha qiziqarli, ko‘zga
tashlanadigan fakt yoki misoldan, ayniqsa, shu kunning biron dolzarb
masalasi bo‘lgan, auditoriyaning diqqatini jalb qiladigan masaladan
boshlanadi. Induktiv metod talabalarni xususiy kuzatuvlardan ketma-ket
umumiy xulosa chiqarishga o‘rganish imkonini beradi. Ularni mustaqil
fikrlashga o‘rgatadi. Deduktiv metodda esa ma’ruza umumiy nazariy
masalalardan boshlanadi. Bu metod iqtisodiy fanlarning umumiy
qonunlari, qoidalarini real hayotga tatbiq qilish, amaliyotda ko‘rish va
baholash, xo‘jalik hayotida qo‘llash, iqtisodiy hayot hodisalari,
jarayonlarini, xo‘jalik yuritish siyosatini chuqurroq tushunish imkonini
beradi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, ma’ruza ham induktiv, ham deduktiv
metod asosida olib borilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Avval ishchi
gipoteza, taklif shaklida auditoriyaga umumiy savol tashlanadi, so‘ngra
talabalarni mulohazalari dalillari, faktlari tahlil ma’lumotlari shu savolga
to‘g‘ri kelishi birgalikda muhokama qilinadi, xulosalar chiqariladi.
Bu holda ma’ruza-asosiy g‘oya, uni dalillar asosida tasdiqlash -
xususiy savollarni izchillikda bayon qilish, deduktiv metodda
mavzuning umumiy xarakteristikasini berish tarzida tuziladi.
Ma’ruzaning samarasini oshirishda ko‘rgazmali qurollar (jadval,
sxema, diagramma, grafik kabilar)ning ahamiyati kattadir. Ko‘rgazmali
qurollar orqali axborotni qabul qilish, mavzuni chuqurroq tushunishga,
o‘quv materialini xotirada uzoq saqlanishiga yordam beradi. Lekin
ko‘rgazmali qurollarga haddan tashqari berilib ketish ham kerak emas,
chunki auditoriya bilan muloqot yo‘qoladi va natijada ma’ruzaning
samarasi pasayadi. Ammo tanlab olingan, tayyorlangan ko‘rgazmali
217
qurollar so‘zsiz ma’ruza samarasini anchagina oshiradi.
Ma’ruzaga iloji boricha talabalar diqqatini qaratish kerak. Buning
uchun ma’ruzaning kirish yoki uning asosiy qismida masalaning
mohiyatini ochib berishga qaratilgan savol qo‘yish maqsadga muvofiq.
Pedagoglar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, o‘qituvchining mavzuni bayon
qilishidan avval yoki bayon qilish jarayonida savol qo‘yishi, uni bayon
qilib bo‘lgach, qo‘yilgan savoliga qaraganda to‘liqroq, yaxshiroq
natijaga olib kelar ekan. Chunki ilgari qo‘yilgan savol talabani javob
qanday bo‘lishi kerak, deb o‘ylantira boshlaydi va javobni o‘qituvchidan
eshitishga diqqatini qaratadi.
Ikkinchidan, ma’ruza boshlanganidan 20 daqiqacha vaqt o‘tgach,
talabalar diqqati susayadi. Buni hisobga olib, har 15-20 daqiqada yoki
har bir uzviy savolni bayon qilishda turli metodlardan foydalanish,
talabalar diqqatini jalb qiladigan savollar tashlash maqsadga muvofiqdir.
Dars berish jarayonida misol keltirganda guruhdagi talabalarga
bevosita misollar keltirishi diqqatni o‘ziga jalb qiladi. Masalan, “Odiljon
bilan Erkinjon biznes bilan shug‘ullanishmoqchi, lekin ishni nimadan
boshlashni o‘ylanib turishibdi. Sizningcha, ular nimadan ish boshlashi
kerak?”, “Dilbar doimiy o‘rtacha xarajatlar mahsulot ishlab chiqarish
hajmi ortgan sayin kamayib boradi, deydi, Dinora esa yo‘q,
o‘zgarmaydi, deydi. Sizningcha ularning qaysi biri haq?” singari
murojaatlar jonli muloqotga boshlaydi.
Boshqa o‘quv shakllariga qaraganda ma’ruzachining ma’ruzasini
his-hayajon, jo‘shqinlik bilan bayon etishi muhim rol o‘ynaydi.
Ma’ruzachi his-hayajonini o‘zgartirish, mimikasi orqali talabalarni
darsga qiziqishini kuchaytirishi yoki aksincha, susaytirishi mumkin.
1. Ma’ruzaning emotsional ta’siri o‘qituvchining ma’ruza
materialini erkin bayon qilishi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Erkin
bayon qilish orqali auditoriya bilan bog‘lanish yaxshilanadi.
Talabalarning aks tasirini kuzatish imkoni vujudga keladi. Og‘zaki nutq
xususiyatlari, ya’ni dialogdan foydalanish mumkin bo‘ladi. Aksincha,
ma’ruza matniga qarayverish auditoriya bilan kontakt o‘rnatishni
qiyinlashtiradi, uni buzadi, chunki yozma nutq, odatda, monolog tarzida
bo‘ladi. Bu yerda gap faqat ma’ruzachining tayyorlangan materialni
erkin egallagan bo‘lishi, matnni zerikarli tarzda o‘qimasligi haqida
bormoqda.
2. Og‘zaki nutq, ya’ni ma’ruza tushunarli, eshitib, qabul qilishga
oson, qisqa jumlalardan tuzilgan bo‘lishi kerak, chunki uzun, murakkab
218
jumlalar fikrni xiralashtiradi. O‘qituvchi bayon qilinayotgan materialni
yaxshi bilishidan tashqari o‘z ovozini ham nazorat qilishi zarur.
Intonatsiyani goh baland, goh past qilib nutq o‘zgartirish orqali talabalar
diqqatini tortish, o‘z vaqtida pauza va boshqa intonatsiyalardan ham
foydalanish zarur.
3. Ma’ruzachi o‘zining tashqi ko‘rinishiga ham e’tibor berishni
yoddan chiqarmasligi zarur.
4. Ma’lumki, ma’ruzaning jo‘shqinligi, ma’lum darajada uning
yorqinligiga bog‘liq. Jo‘shqin, ma’noli nutq faqat aniq, misollar
bilangina emas, balki maqol, matal, badiiy obrazlar bilan boyitilishi
zarur. Bu hol ma’ruzani qiziqarli qilib, talabalar diqqatini jalb etadi.
Shunday qanotli so‘zlar ham bo‘ladiki, ular nihoyatda ajablanarli
darajada nishonga tegishi bilan murakkab hodisalar mohiyatini ochib
beradi. Faqat ana shu badiiy so‘z, maqollar, matallar bayon qilinayotgan
material bilan bir butunlikni tashkil qilishi zarur. Masalan, me’yoriy
naflilikni tushuntirganda talabalarga “Me’yoriy naflilik mazmunini
ifodalovchi qanday maqolni bilasiz?” - deb murojaat qilish yoki
“Naflilikni darajasi pasayib borishi qonunini ifodalovchi qanday
maqolni bilasiz? Naflilik tovarning narxini shakllanishida qanday rol
o‘ynaydi?” yoki “Hisobini bilmagan - hamyonidan ayrilar” maqoli
nimaga ishora qilyapti? deb murojaat qilish mumkin. Birinchisida
talabalardan “holvaning ozi shirin”, ikkinchisida “oldingdan oqqan
suvning qadri yo‘q”, uchinchisida, “hisob-kitobning naqadar muhim
ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi” javobini olishga ahamiyat berish
yoki maqolni bayon qilib, uni bayonini talabalar bilan birgalikda naflilik
nazariyasi bilan yoki xarajatlar, foyda va boshqalar hisob-kitobi bilan
bog‘lash mumkin.
5. Ma’ruzaning to‘g‘ri tuzilishi, darsning har bir minutidan
samarali foydalanish mashg‘ulotlarning muvaffaqiyatini taminlaydi.
6. Auditoriya bilan “qayta aloqa” o‘rnatishda talabalarning savoli
va o‘qituvchining javobi muhim rol o‘ynaydi. Odatda, ko‘pincha
ma’ruzaning oxirida savollarga vaqt ajratiladi, lekin bu ma’ruza
jarayonida savol berilmaydi, degani emas. Savollarga javob berganda
javobning qisqa, asoslangan bo‘lishiga ahamiyat berish kerak. Agar
savol qo‘shimcha dalillarni talab etadigan bo‘lsa, buni ochiq aytish
mumkin, (aytaylik, statistik ma’lumotlar shu daqiqada yo‘q bo‘lsa)
sababini ko‘rsatib, kelgusi darsda javob berishga va’da qilsa, buning
aybi yo‘q. Agar savol induvidual tarzda bo‘lsa, ma’ruzadan so‘ng yoki
219
maslahat darsida javob berish mumkin.
Savol-javobda o‘qituvchining nutq ohangidan doimo xayrixohlik
sezilib turishi, savoldan salbiy munosabat sezilmasligi kerak, aks holda
auditoriyaning ishonchi yo‘qoladi.
7. Har qanday sharoitda (tashqaridagi shovqin-suron, eshik ortidagi
g‘ala-g‘ovur, qurilish va hokazo) o‘qituvchi o‘zini tuta bilishi lozim.
8. Nutqda taqliddan qochish, bir gapni bir necha marta
takrorlamaslik kerak. 9. Nutqda siyqasi chiqqan so‘zlarni imkon qadar
ishlatmaslik zarur.
Mа’ruzаni bаyon qilishdа tovushlarning o‘rni,
mimikа, qo‘shimchа qo‘l hаrаkаtlаri muhim rоl o‘ynаgаni uchun оynа
оldidа, diktоfоn yordаmidа vаqtni bеlgilаgаn hоldа mаshq qilish kаttа
yordаm bеrаdi. Hоzirgi pаytdа kоmpyutеr, qo‘l tеlеfоnlаrining
imkоniyatlаrini kаttа ekаnligini hisоbgа оlаdigаn bo‘lsаk, mа’ruzаni
yozib оlib, so‘ngrа uni ko‘rib, kаmchiliklаrini to‘g‘rilаsh imkоni kеng.
Ma’ruza o‘qishda darslikda yaxshi yoritilmagan qismlariga,
masalalarga alohida diqqat qaratish kerak. Ularni ajratib yozdirish, har
bir savolni intonatsiya bilan ajratib ko‘rsatish, harbir savolda asosiylarni
(eslab qolish lozim bo‘lganlarni), ikkinchi darajalilarni (namoyish etish
uchun), qiziqarli va qiziqarli emaslarni (qiziqarli ko‘rsatish) maqsadga
muvofiq. Murakkab va oddiylarni (ahamiyat berib) ajratib ko‘rsatish,
atamalarni aniq talaffuz etish va doskaga yozish, har bir haqiqatni har bir
o‘quvchiga yetib borishiga erishish, auditoriya munosabatini his etish va
tushunish, ma’ruzaning har bir kichik qismidan so‘ng iloji boricha
teskari aloqa tamoyilidan foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Аgаr tехnik yo‘nаlishdаgi o‘quv yurtlаridа mutахаssislik
fаnlаridаn zаrur bo‘lgаndа tаjribаlаr nаmоyish qilinsа iqtisоdiy fаnlаrdа
ko‘prоq mаvzugа tеgishli qаbul qilingаn qоnunlаr, mе’yoriy hujjаtlаr,
yo‘riqnоmаlаrni o‘rgаnishgа diqqаt qаrаtilаdi.
Albatta, ideal tarzda ma’ruza o‘qib bo‘lmaydi. Lekin har bir
o‘qituvchi o‘zining barcha imkoniyatini, mahoratini ishga solib, dars
o‘tishi shubhasiz, ma’ruzaning ijobiy tomonlarini ustun bo‘lishiga olib
keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |