Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni



Download 4,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/541
Sana16.01.2022
Hajmi4,83 Mb.
#372868
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   541
Bog'liq
fayl 1793 20210913 (1)

  

 

 



 

 

 



90 

Shuning uchun ham barcha pedagoglar talabalarga bilim berishning 

eng  samarali  yo‘li,  dars  o‘tishda  turli  metodlarni  qo‘llash  zarur  degan 

fikr  tarafdori  bo‘lib,  aynan  qaysi  metod  qaysi  kategoriyadagi  talabalar 

uchun  qo‘llanilishi  ma’qulligi  bo‘yicha  esa  yagona  qolip  yo‘q,  Jahon 

pedagogikasi  tajribasi  shuni  ko‘rsatadiki, 



tahliliy  fikr 

yuritadigan 

talabalardangina  muvaffaqiyat  bilan  ishlovchi  biznesmenlar,  siyosiy 

liderlar (sardorlar), fan arboblari yetishib chiqadi.  



Tahliliy  fikrlash  mustaqil  fikrlashdir. 

Har  bir  kishining  fikr 

yuritishi  individual  xarakterga  ega  bo‘lib,  boshqalarnikidan  ajralib 

turadi. Axborot esa tahliliy fikrlashning boshlang‘ich nuqtasidir.  



To‘rtinchidan,

  tajriba  shuni  ko‘rsatadiki,  o‘quvchi-talabalarni 

barkamol,  chuqur  bilim  egasi,  mustaqil  fikrlaydigan  inson  bo‘lib 

shakllanishi  faqat  individual  xususiyatlariga  bog‘liq  emas.  Ta’sir 

ko‘rsatadigan  yana  bir  muhim  omil,  ta’lim  berish  jarayonini  tashkil 

etishdir.  



Bеshinchidаn

pedagog  -  olimlarning  tadqiqotlari  bo‘yicha  o‘qitish 

jarayonida berilgan axborotni eslab qolish qo‘llanilgan metodlarga ko‘ra 

hаm kаttа fаrq qilаr ekаn. Biz ma’ruza, doklad eshitar ekanmiz uning 5 

foizini, o‘qigan materiallarimizni 10 foizini, video, rasm, ko‘rgazmalarni 

ko‘rganimizni  20  foizini,  tajriba  namoyish  qilinganida  ko‘rgan  va 

eshitganlarimizni  30  foizini,  munozaraga  kirishsak,  birga  muhokama 

qilganimizni  40  foizini,  mashq  yechar  ekanmiz,  o‘qigan,  yozgan, 

gapirganlarimizning  50  foizini  eslab qolar  ekanmiz.  Ishbilarmon  o‘yin, 

loyiha metodi, mustaqil o‘qiganlarimiz, tahlil qilganlarimizni muhokama 

qilish  samarali  metod  ekan.  Buning  natijasida  talabalar  ongida 

ma’lumotning  75  foizi  saqlanib  qolar  ekan.  Lekin,  o‘quv-amaliy 

mashg‘ulotlar  jarayonida  talabalarning  bir-birlariga  o‘rgatishlari  undan 

ham samaraliroq hisoblanadi, bunda 90 foiz ma’lumot o‘zlashtiriladi. 

Ta’lim  berish  jarayonini  tashkil

 

etishda  esa  o‘qitish  shakllari  va 

metodlari asosiy rol o‘ynaydi. Ayniqsa, ta’lim metodlarini tanlash katta 

ahamiyatga ega.



 

O‘quv metodlarini tanlashda esa uning samaradorligini 

e’tiborga olish zarur. 

Yuzaki  qaraganda,  har  bir  mavzuni  xohlagan  metodni  qo‘llab 

o‘tkazaversa  bo‘ladi,  lekin  amalda  buning  iloji  yo‘q.  Bunga  qator 

obyektiv va subyektiv sabablar, mavjud sharoit salbiy ta’sir ko‘rsatadi.  

 

Psixologiya,  pedagogika  bo‘yicha  o‘quv  va  ilmiy  adabiyotlarda 



dars  o‘tish  metodini  tanlashga  ta’sir  qiluvchi  juda  ko‘p  omillar 

ko‘rsatiladi.  

 

 

 



 

 

 



 

 



 

 

 



91 

 

O‘qitishning  har  bir  metodi  o‘quv  jarayonida  ma’lum  bir 



funksiyani  bajaradi.  Shu  jarayonda  avval  ko‘rsatib  o‘tganimizdek,  bir 

necha metodlar birgalikda qo‘llaniladi. Chunki ularning biri ikkinchisini 

taqozo qiladi,  biri ikkinchisi bilan bog‘lanib ketadi. Lekin biz u yoki bu 

mavzuni  o‘rganar  ekanmiz,  ustun  darajada  rol  o‘ynaydigan  metodni 

tanlab  olishimiz  zarur.  Bu  masalaga  bag‘ishlangan  adabiyotlarda 

metodlarni  tanlab  olishga  ta’sir  ko‘rsatuvchi  omillar,  ya’ni  metodlarni 

tanlash  mezonlari  ko‘rsatilgan    adabiyotlar    talaygina.  “Mеtоdikа 

prеpоdаvаniya  ekоnоmichеskiх  distsiplin”  kitobi  mualliflarining 

fikricha ta’lim metodini tanlash yoki aniqlashning oltita umumiy shart-

sharoitlarini ajratib ko‘rsatish mumkin.

51

    


 

 

 



 

 

Bular: 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

1. O‘qitishning qonuniyatlari va tamoyillari; 



 

 

 



 

2.  Fanning  mazmuni  va  o‘rganish  metodi,  jumladan,  uning 

predmeti va mavzulari; 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

3. O‘qitishning maqsadi va vazifalari;   

 

 

 



 

 

4. Talabalarning o‘quv imkoniyatlari (yoshi, tayyorgarlik darajasi, 



guruhning xususiyatlari);    

 

 



 

 

 



 

 

 



5. Tashqi sharoitlar (geografik, ishlab chiqarish, atrof-muhit);  

 

6. O‘qituvchilarning imkoniyatlari.  



Rossiyalik  olimlarning  fikricha  metodlarni  quyidagi  jadvalda 

ko‘rsatilgan omillarning ahamiyatidan kelib chiqib dars o‘tishda qo‘llаsh 

uchun tanlangani maqsadga muvofiq.

52

 



Turli-tuman omillarning dars o‘tish metodini tanlashdagi o‘rinlarini 

ierarxik  tarzda  joylashtiradigan  bo‘lsak,  ko‘pchilik  psixologlar  va 

pedagog  olimlarning  fikricha,  birinchi  o‘rinda  ta’limning  maqsadi 

turadi.  Aynan  dars  o‘tish  maqsadida  biz  nimaga  erishishimiz  lozimligi 

ifodalanadi,  erishishimiz  zarur  bo‘lgan  natija  belgilanadi.  Ikkinchi 

o‘rinda ta’limning motivatsiya darajasi turadi. 

  Mavzuni o‘rganish uchun 


Download 4,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   541




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish