Legal monopoliyalar.
Ular qonuniy asosda vujudga kelgan monopoliyalar bo’lib,
quyidagi shakllarni o’z ichiga oladi:
a) patent tizimi. Patent hukumat tomonidan qilingan ixtiro uchun faqat ixtirochiga
beriladigan guvohnoma, hujjat bo’lib, undan ixtirochi o’z ixtiyoriga ko’ra foydalanadi. Patent
deb, ovchilik, savdo bilan shug’ullanish huquqini beradigan hujjatga ham aytiladi;
b) mualliflik huquqi, unga muvofiq faqat mualliflar o’z asarlarini ma’lum bir davr yoki
bir umrga sotish, ko’paytirish huquqini olishadi;
v) savdo belgilari, nishonlari, maxsus rasmlari, nomi, simvol-belgilar bo’lib, ular tovar,
xizmat yoki firmaning boshqalardan ajralib turishini ta’minlaydi. Ro’yxatdan o’tkazilgan savdo
nishonlaridan raqiblarning foydalanishi taqiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |