investitsiyalari va xorijiy investorlar faoliyatining kafolatlari to’g’risida»
gi qonun
O’zbekistonda ish olib borishni istovchi barcha ishbilarmonlar uchun qulay shart-sharoitlar
yaratadi.
Tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashda moliyaviy ko’mak alohida o’rin tutadi. Shu
maqsadda tashkil etilgan kichik va o’rta biznesni rivojlantirishga ko’maklashish jamg’armasi
«BIZNES FOND»
eng muhim moliyaviy vosita hisoblanadi. Bu fond mablag’lari byudjetdan
ajratilgan, davlat va munitsipal mol-mulklarni xususiylashtirishdan topilgan daromadlar va
huquqiy, jismoniy shaxslarning ixtiyoriy bergan mablag’laridan va boshqalardan tashkil topgan.
Fond ana shu mablag’lardan kichik tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun
qaratilgan dasturlar, loyihalarni va tadbirlarni moliyalashtiradi, imtiyozli kredit olishga
yordamlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |