Likvidlik darajasi turlicha barcha pul
vositalarini muayyan nisbatlarda yaxlit pul massasini tashkil etishi, pul kompleksi,
boshqacha aytganda pul agregati
1
deyiladi.
Pul agregati likvidlik darajasi absolyut bo’lgan (100%) naqd puldan boshlab, borgan sari
likvidligi kamayib boruvchi pul vositalaridan tashkil topadi.
Likvidlik deganda tez realizatsiya qilish imkoniyatiga ega bo’lish tushuniladi. Likvidlik
darajasi turlicha bo’lishining o’zi pulning kelib chiqishiga sabab bo’lgan:
1.
U yoki bu tovarni sotib olmoqchi bo’lganlarni cheklanganligi.
2.
Shu tovarning ishlatilishi sohasi cheklanganligi.
3.
Sotish mumkin bo’lgan vaqtning cheklanganligi (tovar ma’lum vaqt ichida sotilmasa,
sifati buziladi, modadan qoladi va h.k.).
Eng yuqori darajada realizatsiya qilish qobiliyatiga ega bo’lgan tovar pulga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |