a) mahalliy sudga murojaat qilasiz;
b) mahalla oqsoqoliga murojaat qilasiz;
v) bildirmaygina baqaterakni eydigan hasharot to’la idishni tashlaysiz;
g) qo’shni bilan teragini qirqsa, tovon tariqasida 2 chelak qulupnay berishga kelishasiz;
d) qulupnay etishtirishga «bor-e deb, qo’l siltaysiz»
3. Nima sababdan madaniyatli kishi tsivilizatsiyalashgan dunyoda birovni narsasini
o’g’irlamaydi?
a) jinoyat qilgani uchun jazolanishdan qo’rqadi;
b) jamiyatdagi urf-odatlarga bo’ysunadi;
v) bunga uning ichki axloqiy qarashlari yo’l bermaydi;
v) kelajakda amaldor bo’lish imkoni yo’qotiladi
4.Quyidagi keltirilgan vaziyatlarni tahlil qilib aytingchi, amalga oshirilgan faoliyat tufayli
«mulk huquqi» dastasining qaysi bir elementi realizatsiya qilinadi?
a)Fermer er uchastkasini ijaraga oldi, unda bug’doy etishtirib, davlatga sotdi.
b)Erkinjon “Neksiya” avtomobilini sotib oldi va unda dala hovlisiga qatnab turibdi.
v)Korxona o’zining tsexi binosini boshqa firmaga ijaraga berdi.
g)Tadbirkor Odiljon boshqa tadbirkordan uncha katta bo’lmagan ikkita xonani sotib oldi.
Bitta xonani buzib, ikkinchisini kengaytirib, ta’mirladi.
d)Xo’jalik sudi tadbirkor Raximovdan ishlatib turgan uskunasini qarzini to’lamagani
uchun, qarz evaziga olib qo’yishga qaror qildi.
e)Fuqaro Akbarova o’zi yashab turgan uyini o’g’illariga vasiyat qildi.
j)Davlat korxonasi birovning bog’idan avtomobil yo’li o’tkazdi. Bunda uning egasiga
qirqilgan daraxtlar uchun kompensatsiya to’lanmadi.
z)Avtomobilning egasi undan foydalanmay, avtostoyankaga qo’yib qo’ygan. O’rtoqlari
undan avtomobilidan foydalanishga ruxsat so’rashsa bermadi.
i)Uyidagi mulkini o’g’irlab ketishgani uchun fuqaro militsiyaga murojaat qildi.
k)Sud korxonani tozalanmagan oqavasini anhorga tashlagani uchun jarima soldi.
l)Fuqaro mulk qilib olgan er uchastkasiga ishlov berdi. Kelajakda uni sotmoqchi emas.
5.Quyidagi jadval raqamlariga e’tibor bering. Unda mamlakatimizda 2002-2003 yillarda
iqtisodiyotni erkinlashtirishni chuqurlashtirishni amalga oshirish jarayoni aks etgan. Berilgan
raqamlar asosida tashkil etidgan nodavlat korxonalari hajmida aktsionerlik jamiyatlari, xususiy
korxonalar va boshqa turdagi korxonalar ulushini hisoblang.
Undan qanday xulosa chiqarish mumkin? Mulkchilik nuqtai nazaridan qarasak, korxona
maqomi mahsulot ishlab chiqarish turlarini tanlashda rol o’ynaydimi? Mulkni davlat tasarrufidan
chiqarish bilan xususiylashtirishni farqi bormi? Iqtisodiyotni erkinlashtirishnichi?
Do'stlaringiz bilan baham: