Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot


Mulk — bu turli-tuman ob’ektlarning sub’ektga mansubligini bildiradi



Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/509
Sana14.01.2022
Hajmi1,81 Mb.
#364937
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   509
Bog'liq
2 5402090271544446822

Mulk — bu turli-tuman ob’ektlarning sub’ektga mansubligini bildiradi. 
Bu 
mansublik esa aynan boshqa sub’ektlarga nisbatan ekanligi tufayli yuz beradi. 
 Bu erda mulk bir tomondan, insonning narsalarga munosabati tarzida, ikkinchi tomondan, 
boshqa kishilarga nisbatan munosabat tarzida yuzaga chiqyapti. Narsa meniki, bu bilan hamma 
gap aytildi. «Meniki» deyish bilan mulkka nisbatan o’zining boshqalarga va boshqalarning 
o’ziga nisbatan munosabatini ifodaladi: mazkur narsa sizniki ham, bizniki ham emas, balki 
unikidir. 
 
Mulk odamlar o’rtasidagi munosabatlardan tashqarida emas. 
 
Mulk huquqiy kategoriya sifatida kishilarning narsalarga munosabati, ya’ni mulk 
sub’ektining ob’ektiga nisbatan munosabati nuqtai nazaridan o’rganilsa, iqtisodiyot nazariyasi 
esa odamlar o’rtasidagi munosabat, ya’ni sub’ektlar o’rtasidagi ob’ektga bo’lgan munosabat 
nuqtai nazaridan o’rganadi. 
 Mulk vujudga kelgandan odamlar o’rtasidagi mulkiy munosabatlarni tartibga solish 
ob’ektiv zaruriyat bo’lib, uni ma’lum qonun-qoidalar orqali amalga oshirilgan. 
 Yuz ming yillar davomida mulkiy munosabatlarni tartibga solishda biror boylikka egalik 
qilish, uni boshqarishda yuridik aktlar katta ahamiyatga ega bo’lgan. Masalan, Eshnuni, 
Xammurapi qonunlarini ko’rsatish mumkin. 
 Shunday qilib, mulk iqtisodiy va huquqiy kategoriya sifatida bir butunlikdan iborat 
bo’lib, har ikki jihatdan bir-biri bilan chambarchas bog’liq. Mulkchilik huquqi va iqtisodiy 
mazmuni o’zaro bog’liq, bir-birini taqozo qiladi. Shu sababli mulkchilik bir vaqtda ham iqtisodiy 
kategoriya ham huquqiy kategoriya. Bu birlikda hal qiluvchi rolni mulkchilikni iqtisodiy tomoni 
egallaydi. Agar mulk iqtisodiy jihatdan ro’yobga chiqarilmasa, ya’ni ishlab chiqarishda 
foydalanilmasa yoki mulk egasiga daromad keltirmasa bunda u huquqiy kategoriya sifatida 
qoladi.  
 Agar birov Vatan nima, u nimadan boshlanadi, degan savol bersa, unga iqtisodiy nuqtai 
nazardan oddiygina qilib, «Vatan — bu mulk, u har bir insonning mulkidan, uning mulkiga 
bo’lgan munosabatidan boshlanadi» deb aytish mumkin. 
 
Umuman olganda, qonunlar mulkchilik munosabatlarini yaratmaydi. Aksincha, 
jamiyatdagi real tarkib topgan munosabatlarni mustahkamlaydi, xolos. Mulkchilik yuridik 
jihatdan ob’ektiv tarzda tarkib topgan o’zlashtirish munosabatlarini sub’ektiv ifodalanishi, 
boshqacha aytganda bu munosabatlarni jamiyat tomonidan mustahkamlash zaruriyatining 
namoyon bo’lishi.  
  
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilik ishlab chiqarishning moddiy omili bilan 
mehnat omilini, ya’ni ishlab chiqarish omillarining tengligini ta’minlaydi. Bu omillar esa ishlab 
chiqarish jarayonida biri ikkinchisisiz faoliyat yurita olmaydi. 
 
Xo’jalik aloqalarining keng doirasi huquqiy munosabatlar xarakterini oladi. Bu 
munosabat qatnashchilari yuridik huquq va majburiyatlarni eltuvchi sifatida gavdalanadi. Xar 
qanday mulkning asosiy xususiyati: 
 1) uning albatta kimgadir tegishli bo’lishi; 
 2) egasining mulkni asrab-avaylashga, undan samarali foydalanishga intilishidir. 
 
Mulkchilik munosabatlarining sub’ektlari (fuqaro, oila, korxona, firma, tashkilot, 
muassasa va boshqalar) mulkiy huquq va majburiyatlarning sub’ekti sifatida jismoniy va yuridik 


 
 
shaxslarga bo’linadi. Jismoniy shaxs — fuqarolardan iborat bo’lsa, yuridik shaxs esa korxona, 
firma, muassasa, tashkilot, qolaversa, davlat bo’lib, xo’jalik aloqalarida mustaqil bir butun holda 
o’z nomidan faoliyat yuritadi. 
 Mulkchilikni har tomonlama o’rganish uchta bosh sotsial-iqtisodiy masalani aniqlashga 
imkon beradi: 
 
1. Iqtisodiy hukmronlik kim (qaysi xo’jalik yurituvchi sub’ekt) 
ning qo’lida. Ishlab chiqarish omillari va natijasi qanday o’zlashtiriladi? 
 2. Qanday iqtisodiy aloqalar, o’zlashtirish, resurslardan samarali foydalanish imkonini 
yaratadi? 
 3. Xo’jalik faoliyati yuritishdan olinadigan daromad kimga tegishli bo’ladi? 
 Bularga muvofiq ravishda mulkchilik iqtisodiy munosabatlarning yagona tizimi sifatida: 
 a) ishlab chiqarish omillarini va natijalarini o’zlashtirish; 
 b)  iqtisodiy  resurslardan  xo’jalik yuritishda foydalanish; 
 v) mulkchilikni iqtisodiy realizatsiya qilish amalga oshiriladi. 
 O’zlashtirish  o’zining  ildizi bilan ishlab chiqarish jarayoniga kirib boradi. Chunki har 
qanday ishlab chiqarish o’z ma’nosi bilan tabiat ne’matlari va energiyasini o’zlashtirishdir. 
Boshqacha aytganda, tabiat ne’matlarini ehtiyojlarni qondirishga moslashtirishdir. 
 Ishlab chiqarish omillarini o’zlashtirish moddiy va mehnat resurslari ishlab chiqarish 
sohibining mulkiga aylangandan so’ng yuz beradi. Ishlab chiqarish jarayonida omillar birikib, 
mahsulotlar yaratiladi, xizmatlar ko’rsatiladi. Mana shu omillarning o’zlashtirilishiga qarab 
ishlab chiqarish natijalari o’zlashtiriladi. Ishlab chiqarish natijalarini o’zlashtirish yaratilgan 
mahsulot va xizmatlarni, ularni sotishdan kelgan daromad kimning mulkiga aylanishini bildiradi. 
Resurslar kimning mulki bo’lishiga qarab natija ham resurs egasiniki bo’ladi. Bu qoida egalik 
qilish, foydalanish va tasarruf etish, yaxlit holda bir sub’ekt ixtiyorida bo’lganda yuz beradi. 
Agarda mulkka egalik va mulkdan foydalanish ajralgan holda bo’lsa, natijani o’zlashtirish 
mulkdor va mulkni ishlatuvchi o’rtasida yuz beradi. Bu erda shunday xulosaga kelish mumkinki, 
o’zlashtirish ishlab chiqarishsiz bo’lmaydi, ishlab chiqarish esa doimo ma’lum mulk doirasida 
yuz beradi. 
 Iqtisodiy resurslar egalarining o’zlari yaratuvchilik faoliyati bilan shug’ullanishlari yoki 
ma’lum shartlar bilan o’z mulklarini xo’jalik yuritish uchun boshqalarga berib turishlari 
mumkin. Bunda mulk egalari bilan uni ishlatib turish uchun olgan kishilar o’rtasida mulkdan 
xo’jalik yuritishda foydalanishga oid munosabatlar vujudga keladi. Ijaraga oluvchi, ya’ni mulkni 
vaqtincha ishlatib turishga oluvchi, birovning mulkiga vaqtincha egalik qilish va foydalanish 
imkoniga ega bo’ladi. Birovning mulkidan foydalanib turgani uchun egasiga olgan daromadining 
bir qismini kelishgan muddat va shart bo’yicha beradi. Masalan, birovning avtomobili bor, undan 
yo’lovchilarga xizmat ko’rsatishda foydalaniladi deylik. Mashinani ishlatib 500 ming so’m 
daromad olish mumkin. Agar avtomobilni mulk egasining o’zi ishlatsa, daromadning hammasini 
o’zi oladi. Agarda uni ijaraga bersa, ya’ni avtomobilni ishlatish o’zga qo’lga o’tsa, 500 ming 
so’m daromadni shart bo’yicha 100 ming so’mini mashina egasi, 400 ming so’mini ijarachi 
o’zlashtiradi. Mulkchilik o’zlashtirishning iqtisodiy usullarini anglatadi. Davlat ham o’z mulkini 
huquqiy shaxslarga, chet el firmalariga ma’lum bir muddatga, ma’lum shart bilan, sanoat 
korxonalari yoki er uchastkalarini ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanishiga berishi 
mumkin. 
 O’zlashtirish qarama-qarshi tomon, begonalashtirish, ya’ni boshqaning ixtiyoriga o’tish 
bilan to’g’ridan-to’g’ri birgalikda yuz beradi. Masalan, resurslarni bir tabaqa o’zlashtirsa, 
ikkinchisi muvofiq ravishda undan mahrum bo’ladi. Mulkchilik o’zlashtirishni g’ayri iqtisodiy 
usullarini ham ifodalashi mumkin. Bunda boylik mulk egasidan zo’rlik bilan tortib olinishi yoki 
uning o’z egasi tomonidan ixtiyoriy ravishda umummilliy maqsad yo’lida savob-xayriya ishlari 
uchun boshqa sub’ektlarga berilishi mumkin. 
 Mol-mulkni zo’rlik bilan tortib olish 

Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   509




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish