4-rasm.Umumiy naflilik: daromadga ko’ra risk qilishga munosabatni o’zgarishi
.
Ularning fikricha A va S guruhlari risk qilishni yoqtirishmaydi. V guruh esa risk qilishga
moyil. Ular daromad, boylikka hali o’rganib ulgurishmagan. Avval A guruhida edi, lekin ularda
S guruhga o’tish imkoni bor. Ular uncha ko’p emas. O’zlarining riskka moyilligi sababli A yoki
S guruhdagilar qatoriga tezda o’tib ketishadi. Bunda tanlov ratsionalligi riskka nisbatan mavjud
daromad, boylik , farovonlikka bog’liq.
Kutilayotgan naflilik kontseptsiyasiga qarama-qarshi boshqa dalillar ham bor. Lekin bu
kontseptsiya axborot etishmovchiligi, to’liq axborot olib bo’lmaydigan sharoitda ratsional
tanlovni baholashda asosiy kontseptsiya bo’lib qoladi.
Shunday qilib, aksari odamlar riskni yoqtirishmaydi uni iloji boricha kamaytirishga
harakat qilishadi.
Riskni kamaytirishni bir necha yo’llari bor. U sug’urtalash bo’lib, uning bir necha usullari
bor. Sug’urta katta talofotlarni kichik yo’qotishlar bilan almashtirish imkonini beradi. U kuyidagi
yo’llar bilan amalga oshiriladi.
1.Tavakkalchilik xatarini birlashtirish, umumlashtirish. Bu tavakkalchilik xatarini
pasaytirish usuli bo’lib, u qatnashchilar o’rtasida taqsimlanadi. Har bir qatnashchiga to’g’ri
keladigan zarar uncha katta bo’lmaydi. Turli jamoa, o’zaro yordam fondlari shu metodga
asoslanadi. Sug’urta kompaniyalari ham aynan ana shu metoddan foydalanadi.
2.Tavakkalchilik xatarini taqsimlash. Bu sug’urta usuli bo’lib, katta talofat, zarar
ehtimolini qoplash majburiyatini kompaniya o’z zimmasiga ololmagan sharoitda qo’llaniladi.
Masalan, korxona o’z faoliyatini yong’indan sug’urta qildirmoqchi. Korxona katta, bordiyu
yong’in bo’lsa, yo’qotishlar katta bo’lishi mumkin. Uni ustiga bunday korxonalar juda kam:
bitta, yoki ikkita.
Shuning uchun avvalgi tavakkalchilik xatarini birlashtirish metodidan foydalanib
bo’lmaydi. Bunda ular yirik sug’urta assotsiatsiyalariga murojaat qiladilar. Natijada tavakkal
qilib ko’rilishi mumkin bo’lgan zarar assotsiatsiya a’zolari o’rtasida taqsimlanadi.
3.Diversifikatsiya usuli. Bu usul iqtisodiy sub’ektlarni o’z moliyaviy mablag’larini turli
sohalarga qo’yishi orqali bir sohadagi zararlarini ikkinchi sohadagi foydalari bilan qoplashlarini
ko’zda tutadi. Masalan, turli kompaniyalarning aktsiyalarini sotib olish.
Sug’urtalashning umumiy printsipi shuki, siz ma’lum bir miqdorda joriy iste’moldan voz
kechib, kelgusida yuz berishi ehtimoli bo’lgan katta yo’qotishlardan o’zingizni mumkin qadar
himoyalaysiz. Yana shuni ham eslatib o’tish kerakki, ayrim faoliyat turlari xavf-xatarga sug’urta
qilinmaydi. Yadro urushi, ekologik katastrofalardan hech kim sug’urta qilmaydi. Lekin
sug’urtalanmaydigan risklar ham bor. Bu tadbirkorlik faoliyati, uni bir butun holda sug’urtalab
bo’lmaydi.
Tadbirkor asosiy o’z g’oyasini amalga oshirish jarayonida, o’z faoliyatining ayrim
tomonlarini sug’urtalaydi xolos. Masalan, duradgorlik bilan shug’ullansa yong’indan, ishchilarni
esa ishlab chiqarishda yuz berishi mumkin bo’lgan falokatdan sug’urta qildiradi va hokazo.
Lekin ma’lum bir tarmoqda korxona barpo etish g’oyasi, maqsadi va uni amalga oshirish baribir
tavakkalchilik xatari bilan bog’liqligicha qoladi. Shunday qilib, riskka asoslangan tadbirkorlik
bilan hamma ham shugullanavermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |